inson hayot muhitni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik
2.2.Insonning ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo`nalishlari Hozirgi paytda Respublikada istiqbolga, yani atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005 yilgacha mo`ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi butun faoliyati ana shu dastur asosida tashkil etilgan. Dasturda Respublika ekologik vaziyatini sog`lomlashtirish, yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalari kabilarda ekologik keskinlikka barham berish yo`llari belgilangan.
Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish. Qishloq o`rmon va boshqa xo`jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo`llash ustidan qattiq nazorat o`rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta`sir etadigan moddalar bilan ifloslantirilishini to`xtatish. Qishloq xo`jalik ekinlarini, eng avvalo, g`o`zani sug`orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Kollektor zovur suvlarini daryolar va suv omborlariga tashlashni tartibga solish va oqava suvlarni chiqarib yuborishni batamom to`xtatish zarur.
Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalangan holda mas`uliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang`ich xom-ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni o`rnatish lozim.
Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishini ta`minlangan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat`iy mezon asosida is`temol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish darkor.
Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish - dolzarb masala. U atrof-muhitni muhofaza qilishning bosh omilaridan biridir. Foydali qazilmalarni olish va qayta ishlash chog`ida katta isrofgarchiliklarga yo`l qo`yilmoqda. Boshlang`ich xom ashyodan to`liq foydalanmaslik hollari mavjud, eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim tsexlar, uchastkalar va butun boshli zavodlarni rekonstruktsiyalash asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida yanada to`liq va oqilona qazib olish muhim vazifa bo`lib turibdi. Atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan qaraganda, tog`-kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan erlarni qayta yaroqli holga keltirish muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta`minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslangan tarzda o`zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, erning namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim.
Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko`paytirish hisobiga boshlang`ich baza sifatida saqlab qolish kerak.
Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish yo`li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur.
Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda Jahon jamoatchiligi e`tiborini mintaqaning muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko`lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo bo`lib qolganligining ta`siri hozirning o`zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, benpoyon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta`sir ko`rsatayotganligini nazarda tutish lozim.
Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu muammolarni xal qilishga jalb etish -birinchi darajali vazifalardir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi yuqorida tilga olingan ta`sirchan chora-tadbirlarni ro`yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq oldingi tizimlardan yosh Respublikaga meros bo`lib qolgan ekologiya sohasidagi ko`pgina illatlar, kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. SHuningdek, keng ko`lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish, Respublika aholisi uchun, jismonan sog`lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.
XXI asrda insoniyat oldida o`ta muhim va ulkan muammolar paydo bo`ladi. Erda hayotning bo`lishi ularni xal qilishga bog`liq. Bu muammolar tabiiy muhitning o`zgarishi, biosferaning ifloslanishi, xom ashyo, energetika va oziq-ovqatlar krizislari bilan boliq.
O`zining yashashi uchun tabiiy muhitga moslashadigan hayvonlardan farqli o`laroq, inson o`zining yashashi uchun tabiatga faol aralashib, muhitni o`zgartiradi va u bilan munosabatda bo`lish uchun yangi shakllarni yaratadi.
O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish jamiyati 1962 yil mart oyida tashkil etilgan. Surxondaryo viloyat bo`limi 10 avgust 1962 yilda tuzilgan. 1978 yilda Gidrometeorologiya va tabiiy muhit nazorati Davlat qo`mitasi tuzilgan. 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga aylantirildi.
Agar erda odamlar soni bir necha million miqdorda qolsa edi, ularning yashashi uchun tabiatga ko`rsatgan zarari ham kam ta`sir qilgan bo`lardi. Biroq, bizning planetamizda eramizning uchinchi ming yilligiga aholining o`sishi demografik portlash darajasiga keldi: eramizdan avval 3.10.3 kishi bo`lgan bo`lsa, XII asrda 600X10.6 kishi 1976 yilda 4x10.9 kishi, 2000 yilga 6.10.9 kishi bo`ldi. Bunday holat kishilik jamiyatining yashash sharoitini va tabiatni o`zgartirishga keskin turtki bo`ladi.
Aholisi 1 mln. kishi bo`lgan zamonaviy shaharning massa va energiya almashinuvini ko`rib chiqamiz. SHaharning sutkalik umumiy chiqindisi 1000 tonnani, yiliga 183.10.6 tonnani tashkil etadi. Aholisi 3.10.6 va 11.10.6 kishi bo`lgan shaharlar ham bor. SHaharlarning ko`payishi va doimiy o`sib boruvchi shaharlar aholisi insoniyat va tabiat o`rtasidagi qarama-qarshilikning chuqurlashishiga olib keladi. Bu xavfsirashlar xom-ashyo (oxirgi 25 yilda odamlar butun insoniyat tarixi davomida ishlatilgan xom-ashyo miqdoriga teng xom ashyodan foydalanilgan), energetik resurslar (neft va gaz tugash arafasida, dunyoning yirik daryolarida qurilgan elektrostansiyalar energiyaga bo`lgan extiyojni qondira olmaydi), oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, oxirgi 100 yil ichida yeraholisi 2,6 marta, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi-atigi 2,2 marta oshdi, yersharida 500.10.6 kishi, shu jumladan 200.10.6 bola ochlikda kun kechiradi) tanqisligi bilan asoslangan.
Erda inson hukmronlik qilgan davrdan beri kishilarning nafas olishi uchun zarur bo`lgan kislorod ajratib chiqaradigan erning «o`pkasi» hisoblangan o`rmonning 2/3 qismi nobud qilindi. 200 turdagi hayvonlar va parrandalar qirib tashlandi, qishloq xo`jaligi uchun yaroqli bo`lgan 20% yermaydoni erroziyaga duchor bo`ldi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mineral va energetik resurslar, chuchuk suv va havoda kislorod tanqisligi sezilmoqda. Sanoat va transportning, energetikaning rivojlanishi, qishloq xo`jaligini sanoat asosiga o`tkazish va kimyolashtirish atrof-muhitni yangi, ilgari noma`lum bo`lgan moddalar bilan ifloslanishiga olib keladi. Bularning hammasi insonning, uning yashash muhiti bilan vujudga kelgan ekologik aloqasining buzilishi xavfini tug`diradi.
Huquqni saqlash chegaralari ichki va tashqiga bo`linadi. Huquqiy himoyalashning ichki chegaralari tabiiy dunyodan ijtimoiy dunyoga o`tgan tabiat elementlariga: foydali qazilmalar, suv havzalaridan olingan suv, qazilgan tuproq, otilgan hayvonlar, qushlar va boshqalar. SHu obektlar uchun insonning tabiat bilan aloqasi uziladi, ularni tovar moddiy boyliklarga o`tkazadi.
Huquqiy himoyaning tashqi chegaralari odamlar yashaydigan yertabiati, shu jumladan o`zida erning ta`sirini sezadigan va odamning yashash muhiti holatiga ta`sir ko`rsatadigan (masalan, erning sun`iy yo`ldoshlarini, kosmik havo kemalarini uchirish paytidagi hodisalar) yeratrofidagi bo`shliqni tashkil etadi.
Huquqiy himoyalashning tabiiy obektlari milliy, xalqaro, regional va globalga bo`linadi.
Tabiatni saqlash qonunchiligiga asosan saqlashning tabiiy obektlariga er, uning boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot dunyosi, atmosfera havosi kiradi. Bularning hammasi inson yashashi uchun tabiiy muhit bo`lgan biosferani tashkil etadi.
O`zbekistonda atrof-muhitni himoya qilishning huquqiy asoslari-tabiatni saqlash huquqiy me`yorlaridan, ya`ni qonunlardan va qonun moxiyatiga ega bo`lgan aktlardan iborat.
Atrof muhit holati yangi texnologiyalar va mashinalar yaratuvchilaridan ekologiya masalalariga e`tiborni talab qiladi. Har qanday texnik echim texnik va iqtisodiy shartlarnigina emas, balki ekologik aspektlarni ham hisobga olgan holda qabul qilinadi. Loyihaviy echimlar albatta ekologik ekspertizadan o`tkazilishi kerak, ya`ni yaratilayotgan texnologik jarayonlar, mashina-uskunalar va materiallar ularni joriy etishda xalq xo`jalik samarasi bilan birqatorda yuqori ekologik xavfsizlik darajasini ta`minlashi kerak.
Atrof muhitning huquqiy me`yorlari turlaridan biri - qonun kuchiga ega bo`lgan texnik me`yorlar va standartlardir (masalan, SanPin 0066-93. «Aholi punktlarida havo sifatini nazorat qilish qoidalari»; GOST 17,0. 04-90. «Sanoat korxonasining ekologik pasporti»).
Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi punktlarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar chegaraviy yo`l qo`yiladigan kontsentratsiyasining sanitariya me`yorlari tasdiqlangan, aholi punktlaridagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullari ishlab chiqilgan, turar joy uylar qurilishlarida yo`l qo`yiladigan shovqin darajasi qiymatlari, turar joy qurilishlari hududida infratovush va past chastotali shovqinning yo`l qo`yiladigan darajasi belgilangan. Gidrometerologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish bo`yicha davlat qo`mitasi quyidagilarni ishlab chiqqan: Havoni muhofazalash chora-tadbirlarini kelishish, ekspertizadan o`tkazish va loyihaviy echimlar bo`yicha atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga ruxsatnomalar berish to`g`nsidagi yo`riqnoma, korxonalarning atmosfera chiqindilaridagi zararli moddalar kontsentratsiyasini hisoblash metodikasi. «Noqulay meteorologik sharoitlarda chiqindilarni tartibga solish», atmosferaning ifloslanishini hisoblashning unifikatsiyalashgan dasturi (ekolog - 1992 yil. SNII proekt).
Respublikada tabiatni muhofazalash, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va qayta ishlab chiqarish bo`yicha butun mas`uliyat Davlat tabiatni muhofazalash qo`mitasiga yuklatiladi.
O`zbekiston tabiatni muhofazalash qo`mitasi qoshida atrofni muhofaza qilish muammolarini chuqur tahlil qilish va ularni hal etish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun olimlar, jamoat va davlat arboblaridan iborat jamoatchilik kengashi tashkil elilgan. Davlat qo`mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Atrof muhitning holati va foydalanish ustidan davlat nazorati, shu jumladan, tabiatni muhofazalash me`yorlarini buzuvchi sanoat obektlarini qurish va ishlatishni man etish huquqi berilgan;
Vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiatdan foydalanish sohasida yagona ilmiy-texnik siyosat ishlab chiqish va o`tkazish;
Ekologik me`yorlar, qoidalar va standartlarni tasdiqlash;
Yangi texnika va texnologiya, shuningdek korxonalar qurilish loyihalari va rekonstruktsiyasi bo`yicha davlat ekologik ekspertizasini o`tkazish;
Moddalarni atmosferaga chiqarishga, chiqindilarni yo`qolishiga, suvdan foydalanishga, atmosfera havosini ishlatishga, erlarni ajratishga, aholini ekologiya bo`yicha tarbiyalashga ruxsatnomalar berish;
Tabiatni muhofazalash bo`yicha xalqaro hamkorlikni rejalashtirish va amalga oshirish.
Tabiatni muhofaza qilish qonunini buzganlik uchun quyidagi choralarni qo`llash ko`zda tutilgan:
moddiy-tabiatni muhofaza qilish qonunini buzgan shaxslarga jarima solish;
ma`muriy - ogohlaniirish, yetkazilgan ziyonni bartaraf etish, ma`lum bir turdagi faoliyat bilan shug`ullanishdan maxrum etish;
jinoiy javobgarlik - O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi (1.4.8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish). Tabiatni muhofazalash qonunini buzganlik uchun javobgarlik tabiatni muhofaza qilish qonunini buzish oqibatlari va tabiiy muhitga zarar yetkazishdan iborat bo`lib, aybdorlarga nisbatan majburiy choralar ko`riladi.
Fan - texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof -muhitga bo’lgan munosabati ham o’zgarib, u tabiiy boyliklarni bugun kechagidan, ertaga bugungidan ko’proq miqdorda olishga harakat qiladi. Bu jarayon kuchaygan sari ming-ming yillar davomida barqaror bo’lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat murakkablashdi va tabiat falokat yokasiga kelib qoldi. Albatta, tabiiy boyliklardan foydalanish kerak, lekin ulardan ehtiyojga yarasha, me’yorida foydalanishni hamma joyda amalga oshirish, tabiatni izchillik bilan boyitib ayniqsa, o’simliklar va hayvonot dunyosini uning komponentlari (tashkil etuvchilari) o’rtasidagi o’zaro tabiiy munosabatni barqaror saqlab turish zarur.