Mundarija № Mavzular


Ilmiy tadqiqot ishida qо‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi



Yüklə 102,32 Kb.
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü102,32 Kb.
#209159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'lmasov qobiljon 071 19 guruh talabasi referat

Ilmiy tadqiqot ishida qо‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Ushbu
tadqiqot ishida sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, qiyosiy tahlil va obyektga
yо‘naltirilgan dasturlashdan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot
natijalarining ilmiy ahamiyati bir martali parollarni generatsiyalash usulini ishlab
chiqish, unga asoslangan autentifikatsiya usullarini va algoritmlarini ishlab chiqish
hamda takomillashtirish bilan izohlanadi.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati axborot tizimlarida parolga bog‘liq


tahdidlarni minimallashtirish, taqsimlangan kalitlarni xavfsiz uzatish va saqlash
imkoniyati bilan izohlanadi.
Ilmiy tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Taklif qilingan bir martali parollarni
generatsiyalash usuli va dasturiy vositasi ushbu tadqiqot ishining yangiligi
hisoblanadi.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Mazkur tadqiqot ishi kirish, 3
ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. 
Ilmiy tadqiqot ishining umumiy hajmi 64 sahifani tashkil etadi.
 
Identifikatsiya va autentifikatsiya foydalanishni boshqarish jarayonida
dastlabki chegara hisoblanadi. Tizimning turli variantlarda amalga oshirilishida
ba’zi qurilmalar va mexanizmlar ham identifikatsiya, ham autentifikatsiya
qismtizimi komponentlari bo‘lishi mumkin. Shu sababli, identifikatsiya va
autentifikatsiya vositalarini birlashgan holda baholash lozim.
Identifikatsiya va autentifikatsiya vositalarini, odatda, autentifikatsiya
omillari bo‘yicha uchta turga ajratishadi [1].
1-tur. Qandaydir yashirin axborotni (masalan, parolni, maxfiy PIN-kodni,
klavishalar va iboralar kombinatsiyalarini) bilishga asoslangan vositalar 
something you know).
2-tur. Noyob qurilmadan, usuldan yoki ma’lumotlar naboridan (masalan,
smart kartalardan, raqamli sertifikatlardan) foydalanishga asoslangan vositalar
(something you have).
3-tur. Tirik organizmning fiziologik atributlariga (something you are)
masalan, ko‘z yoyi to‘rpardasiga yoki odatiy atributlarga (something you do)
masalan, imzoga asoslangan biometrik vositalar.
Ba’zi tasniflarda foydalanuvchi o‘rnashgan joyi (some where you are), bilan
bog‘liq axborotga asoslangan yana bir vositalar turini uchratish mumkin. Bunda
autentifikatsiya omili sifatida telefon nomeri (mamlakat, shahar, tuman kodi)
ishtirok etganligi sababli, bunday vositalarni, ko‘pincha, 2-turga (something you
have) tegishli deb hisoblashadi.
Agar tizimda turli tur autentifikatsiya omillarini birgalikda ishlatuvchi
vositalardan foydalanilsa, ko‘p omilli autentifikatsiya xususida gapirish mumkin.
Bunday tizimlarni ko‘p sathli himoyalash (defence in depth) kategoriyasiga tegishli
deb hisoblashadi. Shu sababli, bunday tizimlar faqat bitta tip qurilmalardan
foydalanuvchi tizimlarga nisbatan yuqori bardoshlikka ega. Hozirda ikki omilli
autentifikatsiya (two-factor authentication) keng tarqalgan. Masalan, zamonaviy
operatsion tizimlarni maxfiy PIN-kod va cmart-kartadan foydalanib sozlash
mumkin.


Yüklə 102,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin