2. Qiya yo'naltirilgan quduqlarning profilini loyihalashtirish Quduqning profilini loyihalashtirish-qiya yo'naltirilgan quduqni qurishni asosiy texnik qismi hisoblanadi. Quduq profilini loyihalash tirishning maqsadi-uning turini va shaklini tanlash, qiya yo'naltirilgan quduq stvolining o'qini traektoriyasini qurish va hisoblashdir. Quduqning profili tayinlanish maqsadiga va burg'ilash shartining geologik-texnik sharoitidan kelib chiqib tanlanadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. mavjud boMgan burg'ilash ishlarining texnik va texnologiyalarining holatiga asoslangan holda quduqni loyihaviy chuqurlikkacha har qanday murakkablikni sodir qilmasdan amalga oshirish;
2. minimal vaqt sarflab va vositalami qo'llash orqali quduqning qurilishini sifatli amalga oshirish;
3. minimal hajmdagi ishlami bajarib, quduqning belgilangan o'qidan berilgan yo'nalish bo'yicha to'g'ri og'dirishga erishish;
4. quduqning stvoli egrilanish radiusi orqali egrilantirilganda cgilishlar soni minimal bo'lishi kerak;
5. quduqning stvoli bo'yicha har xil BTOJsini va burg'ilash jarayonida mustahkamlash quvurlarini hamda ishlatish va yer osti ta’mirlash davrida yer osti jihozlari quduqqa tushirilganda erkin o'tishi ta'minlanishi kerak;
6. chuqurlik nasoslari va chuqurlik shtangali nasoslar yordamida quduqni uzoq muddat va avariyasiz, shikastlantirmasdan hamda bir vaqtda bir necha gorizontlami birgalikda ishlatishning imkoniyati bo'lishi kerak.
Qiya yo'naltirilgan quduqlami burg'ilashda qo'llaniladigan profillari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruh amaldagi oddiy egri chuqur profillami, bir tik tekislikda joylashgan; ikkinchi guruh esa - fazoviy ko'rinishdagi profit, fazoviy egri chiziqni tasvirlaydi. Qiya yonaltirilgan quduqlaming profili Oddiy turdagi quduqlaming profillari neft qazib olishda qollanilgan bolib, ulardan qiya yo‘naltirgan quduqlami burg’lashda ham maksimal foydalanish mumkin. Ulami platformali va burmali turdagi konlami burg’lashda qollash mumkin, quduqlami ixtiyoriy holda egrilanib ketishiga geologik sharoitlarning ta’sir qilish darajasi juda kichik boMadi. Geologik texnik jarayonlarga muvofiq qiya yo‘naltirilgan quduqlaming profili bittadan ko'p uchastkani olishga va zenit burchakni barqarorlashtirishga to‘g‘ri keladi. Agarda zenit burchakni olish uchastkasida qattiq jinsli qatlamlar mavjud boMsa, burg’i sekin o'tganda ishlami kamaytirish uchun og‘dirgichlar qollanilmasdan zenit burchakni olish uchun og‘dirishni amalga oshirish zarur. Konduktor tushirilgandan va sementlangandan keyin katta boMmagan uchastka zenit burchakni olishda barqarorlashtirishga og'dirmaydigan moslamalar qoMlanilmasdan hamda undan keyin esa ikkinchi uchastkadagi zenit burchakni olish maksimal ko‘rsatishda amalga oshiriladi. Undan keyingi uchastkani bur’ilash esa BTOJni markazlagich bilan birgalikda qoMlab amalga oshiriladi.
Oddiy turdagi profillarning hisobi Oddiy turdagi profillami hisoblashda stvolning maksimal zenit burchagini, gorizontal va tik uchastkasining uzunligini aniqlash hamda uning o'qini traektoriyasi bo'yicha quduqning stvolini umumiy uzunligi aniqlanadi. Profilni hisoblash uchun berilgan malumotlar - geologik qirqim: • tiklik bo‘yicha quduqning ustidan loyihaviy gorizontgacha bolgan quduqning chuqurligi; - quduqning tubini tiklikdan loyihaviy og’ishi; - qiya yo'naltirilgan quduqning loyihaviy azimuti; - qolaniladigan jamlanmani tanlashni aniqlash uchun quduqning konstruksiyasi. Quduqning profili oraliqlar bo‘yicha yuqoridan pastga qarab hisoblanadi. Konduktoming tushirish shartidan kelib chiqib, birinchi tik uchastkaning uzunligi o‘matiladi, nomustahkam bo'Igan zonalardan o‘tish va mustahkam tog‘ jinslarida qiya stvolni burg‘ilashni ta’minlash. bir reys davomida
5-6° dan kichik bo'lmagan zenit burchakni olishga erishish mumkinligi aniqlanadi. Ikkinchi uchastkani hisoblash uchun-zenit burchakni olish uchastkasini - talab qilingan stvolning egrilanish radiusini aniqlash, quduqning ishlatish usulini, og'dimvchi qurilmaning minimal ruxsat etilgan stvolining egrilanish radiusini burg'ilash jarayonida har xil jamlanmalarning elementlarini normal ishlatilishini ta’minlash hamda mustahkamlash quvurlar birikmasini belgilangan chuqurlikka o'tkazish ta’minlanadi. Chuqur yo'naltirilgan qiya quduqlarni va tiklikdan quduq tubi katta og'ishga ega bo'Igan quduqlarni loyihalashda burg'ilash tizmasini ko'taishda ilgakka beriladigan yuklanma tekshiruv hisobidan o'tkaziladi. Og‘diruvchi qurilmalarning va yo‘naltiruvchi og'dirgichlaming qiya stvolini burg'ilashga tayyorlashda noaniqligini hisobga olib tanlangan stvolning egrilantirish radiusini 5-10° ga oshirish kerak bo'ladi. Stvolni egrilantirish radiusini aniqlab, quduqning maksimal zenit burchagi hisoblanadi. Bunda loyihada hisoblangan quduq tubining og‘dirish ko'rsatkichiga erishiladi. Maksimal zenit burchakni tanlashda shuni e’tiborga olish kerakki, uning katta qiymatlarida quduqni qazishda, tutashtirishdagi murakkabliklar paydo bo'ladi. Stvolning zenit burchagini qiymati 50°-60° boMganda geofizik jihozlar o'zining massasini og‘irligi ta’sirida harakatlanishdan to‘xtaydi. Buning uchun maxsus qurilmalardan foydalanishga to'g'ri keladi. I-chi profilga mos bo'Igan quduq uchun hisobni quyidagicha tartibda olib boramiz. Neft konlarining ishlatishni ko‘p yillik tajribalari asosida zamonaviy burgMlash qurilmalari yordamida namunaviy qiya quduqlaming texnologiyasini ishlab chiqishga erishilgan. Amaliyotdan maMumki. quduqning yuqori uchastkasini burgMlash uchun burgMga o'qli yuklanma bcra oladigan burg’lash qurilmasida maxsus vositani o‘matish zarur boladi. Malum bolgan qurilmalar yordamida burgMga yuklanma berish odatda burg’lash tizmasining og’rligi ta’sirida amalga oshiriladi. Bundan tashqari burgMlash uskunalarda uzatish tizmasining mavjud boMmaganligi tufayli quduqning yuqori uchastkasini aniq oldindan belgilangan zenit burchak ostida burgMlashni imkoniyati bolmaydi. Quduqning yuqori uchastkasining uzunligi ko'p omillarga asosan quduqning chuqurligiga bogMiq boladi. Amalda quduqni burgMlash chuqurligi oshganda uning tik uchastkasini ham uzunligi o‘zgaradi. Amaliyotda qiya quduqlaming tik uchastkasining yuqori uzunligi konduktomi tushirish chuqurligiga muvofiq tanlanadi. Bunday holatda quduq konduktoming tagidan keyin egrilantiriladi. So'nggi yillarda konduktomi burgMlashda quduqni og‘dirish oraliq usulidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunday sharoitda quduqni og‘dirish jarayoni soddalashadi va zenit burchakni olish vaqti qisqaradi. Qiya yo'naltirilgan quduqning yuqori qismi quduq stvolining shaklidan minimal og'dirilgan holda burg'ilanishi kerak. Quduqning zenit burchakli egrilanish ehtimolligini kamaytirish maqsadida maxsus quduq tubi jamlanmasi qo'llaniladi. Asosan quduqning yuqori uchastkasini burg'ilashda unga texnik sharoitlar ta'sir qiladi. Quduqlami burg'ilash jarayonida egrilanishini keltirib chiqaradigan texnik shartlar burg'ilash asboblarining ostki jamlanmasining konstruktiv xususiyatlari bilan bog'liq hamda ishni noto'g'ri qoMlanishidir.
1. Quduqlar ekssentrik burab mahkamlangan jins parchalovchi yoki uzatmalaming burg'ilash jamlanmasi bilan burgMlanganda. Bunda asboblarning o'qlari mos kelmaganda quduqning devorini burg'ilash jadal olib boriladi. Bunday holatda ekssentrisitet kattaligi burg'ilash darajasi bilan aniqlanadi.
2. Quduq konstruksiyasiga mos kelmaydigan burg'ilash asboblaridan fovdalanilganda. asosan quduqning diametri almashganda egrilanish sodir bo'Iadi. Quduq burg'ilanganda stvolning kichik diametri ekssentrik holda burg'ilanishi mumkin.
3. Konstruksiyaga mos kelmaydigan burg'ilash asboblari qo'llanilganda quduq stvolini kengayishga olib keladi, natijada quduq stvolining yo‘nalishi talab qilingan yo'nalishga to'g'ri kelmaydi.
4. Quduqning stvolini egrilanishga olib keladigan texnik shartlarga quduqqa mos bo'lmagan burg'ilash asboblarining jamlanmasidan foydalanilganda (kalta turboburlardan), ko'ndalang o'lchamlari kichraytirilgan jamlanmalardan hamda o‘tmas bo'Igan jins parchalovchi asboblardan foydalanilganda ulaming konstruksiyasi tog' jinslariga mos kelmaganda.
Quduqning tik uchastkasini burg'ilashda burg'iga beriladigan kerakli yuklamani berish uchun OBQIardan foydalaniladi. Shuning uchun OBQIaming o'lchamlarini va sonini tanlashda diametr bo'yicha oraliq masofasini kamaytirish va quduq tubi jamlanmasining qattiqligi kuchaytiriladi. Tizmaning va quduqning devorini oralig'idagi masofani kamaytirishda, qattiq tog' jinslarini burg'ilashda quduqning egrilanishini bir xil darajada chegaraviy qiymatgacha saqlab qolish uchun o'qli yuklanma oshiriladi. Yumshoq tog' jinslarida diamertlar bo'yicha oraliq masofa kamaytirilganda sal’nik paydo bo'lishi va ushlanib qolishlar sodir bo'Iadi. Bunday sharoitda quduq burg'ilanganda quduqlarni yuvishda suv beruvchanligi kichik va optimal qovushqoqlikka ega bo'Igan yuqori sifatli burg'ilash eritmalari qo'llaniladi. Tizmaning pastki uchastkasiga markazlagich o'matilganda bir qator holatlarda burg'idan quduqning devoriga ishqalanadigan birinchi nuqtagacha bo'Igan masofa uzaytiriladi. Buning natijasida burg'ilash tizmasining ostki qismini bo'ylama egilishining deformatsiyasi kamaytiriladi. Burg'idan keyin markazlagichni o'matish masofasi hisoblash orqali va sanash yo'li bilan tekshiriladi. Quduqlarni burg'ilash jarayonida burg'iga nisbatan markazlagichning holatini boshqarish uchun burg'ilashda har xil uzunlikka ega bo'Igan OBQning to'rt qismli quvurlari mavjud bo'lishi kerak. Burg'ilash tizmasining ostki qismiga bir nechta markazlagichlar o'matilganda faqat quduqning yo'nalishini barqarorlashtirmasdan quduq tubi jamlanmasini ishini ham ishonchligi oshiriladi. Quduqning yuqori uchastkasini burglashda burglash quvurlar birikmasini tizimli ravishda aylantirib turish tavsiya qiiinadi. BurgMlashni tejamkorlik bilan olib borish uchun 10-20 ayl/dan tezlik bilan to‘xtovsiz aylantirib turish talab qiiinadi.