Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari
Konstruksiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq - trubali, «truba ichida truba», zmeyevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g'lofli, blok-grafitli, shnekli va hokazo bo’lishi mumkin.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo’jaligining turli sohalarida eng keng tarqalgan va ko'p ishlatiladigan turidir (1-rasm).
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy,
ilg’or texnologiyasi - bu portlatib valsovka qilishdir. Bunda portlatuvchi zaryad
truba ichida, ya'ni uchida joylashtiriladi. So'ng esa zaryad kapsyul yordamida
portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo’nalishda deformatsiya
qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu
usuldagi birikma, razvalsovka usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq bo'ladi.
Portlatib payvandlash usulini trubalarni ta’mirlash uchun ham qo’llash mumkin.
Trubalarni teshikli panjaraga elektrogidravtik mahkamlash va biriktirish usuli ham
mavjud. Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga
quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin: to'g'ri oltiburchak cho'qqi va
qirralari yoki teng yonli uchburchak bo'ylab; konsentrik aylanalar bo'ylab; kvadrat
cho'qqi va tomonlari bo'ylab; shaxmatli ko’rinishda (bir va har xil ko'ndalang
qadamli).
Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish,
qurilmaning ixcham bo’lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir
qurilmaga iloji boricha ko’proq truba joylashtirishga harakat qilinadi.
Kimyo mashinasozligida to'gri oltiburchak tomonlari va cho’qqilarida trubalarni
joylashtirish keng tarqalgan.
1-rasm. Vertikal, bir yo'lli qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmasi.
1 - qobiq; 2 - teshikli panjara; 3 - isituvchi trubalar; 4 - patrubok; 5 - qopqoq; 6 - tayanch; 7 - bolt; 8 - qistirma; 9 - obechayka.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlarning yo'nalishi parallel yoki qarama - qarshi bo'ladi. Issiq eltkich qurilmaning yuqori qismidan trubalararo bo'shliqqa, sovuq eltkich esa pastki qismidan trubalar ichiga yuboriladi. Natijada, bug' issiqligini beradi va soviydi, ya'ni kondensatga aylanadi va pastga qarab harakatlanadi. Temperaturasi ortishi bilan sovuq eltkichning zichligi kamayadi va u yuqoriga qarab ko'tariladi. Agar suyuqliklar sarfi ko'p bo'lsa, ularning tezligi ham yuqori va issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo’ladi.
Suyuqliklarning qarama – qarshi yo'nalishida ularning tezliklari bir xilda
taqsimlanib, qurilmaning butun ko'ndalang kesimida issiqlik almashinishi o’zgarmas bo’ladi.[6]
Dostları ilə paylaş: |