Mundarija bet Kirish



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə5/9
tarix16.06.2023
ölçüsü372,5 Kb.
#131189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XX – asrning 50 – 3

§2. Ozbekistonda xalq talimi hamda fan sohasida sovet siyosati va milliy ziyolilar (20- yillar ikkinchi yarmi 50-yillar boshlari).
O’zbekiston va butun O’rta Osiyo mahalliy xalqlari oktyabr to’ntarilishidan so’nggi o’n yillikda o’z boshidan nihoyatda og’ir jabru sitamlar, zulm va musibatlarni kechirdi. Ma’lumki mintaqaning aksariyat mahalliy ziyolilari milliy demokratik ruhda 1917 yil noyabrda ta’sis etilgan muxtoriyatni kelajakka bo’lgan yuksak ishonch va orzu – umid bilan qo’llab – quvvatladilar hamda milliy davlat mustaqilligi uchun kuchlar nisbatining tengsiz bo’lishiga qaramasdan mardonavor kurash olib bordilar1. Biroq mag’lub bo’lishdi. Chunki bolshevizm siyosatiga milliy ziyolilarni hokimiyat tepasiga kelish yoki mustaqil ish yuritishi also to’g’ri kelmas edi. Shu davrdan boshlab bu siyosat ustuvor yo’nalishga aylandi.
Yangi hokimiyat va yangi ijtimoiy tuzumning qaror topishi jarayoni milliy vatanparvar, siyosiy hamda ijtimoiy tashkilotlar emigratsiya, oppozitsion ruhdagi ming – minglab ziyolilarning quvg’in va badarg’a qilish tazyiqi vositasida amalga oshirildi. Musulmon ruhoniylari, mahalliy aholining o’ziga to’q qatlami hamda an’anaviy o’quv muassasalari bo’lishi maktablar, madrasalar, masjidlar va boshqalar ham yangi hokimiyat va yangi ijtimoiy tuzumning ko’zlagan, siyosiy yo’naltirilgan iskanjasidan chetda qolmadilar2. Yangi hokimiyatga sodiq munosabatda bo’lgan va hatto uni faol qo’llab – quvvatlagan, lekin mahalliy aholining eng muhim milliy manfaatlarini iloji boricha himoya qilishga harakat qilgan siyosiy faol ziyolilarning anchagina qismi ham qatag’on qilib yuborildi.
Buning uchun turli havoi sabablar, uydirma “xatolar” to’qilib,
_________________________
1. Jadidchilik: “Islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash”. Davriy tuplam 1. Toshkent, “Universitet”, 1999 yil. 152-173 betlar.
2. zakiy Validiy “Uyushmagan millat”. Tuplam, Toshkent, 1992 yil, 1-son. 21-22 betlar.
o’zbek ziyolilarining bo’yniga ayb sifatida qo’yildi. Masalan, Xalq
maorifi komissari Rahim Inog’omov nomi bilan bog’liq va “inog’omchilik” nomini olgan guruh o’z millatini, maorif va madaniyat sohalaridagi huquqini himoya qilgani, milliy kadrlarning davlat boshqaruvida ishtirok talab qilgani uchun reaksion millatchilar sifatida ayblandilar. “18-lar guruhi”, “qosimovchilar” deb nom olgan mavqe huddi shular jumlasidandir.
Yana boshqa bir misol tariqasida, davlat va savdo – sanoat boshqaruv apparatini, eng avvalo ish yuritish faoliyatini o’zbeklashtirish bo’yicha Markaziy Komissiya tashkil etish haqidagi O’zbekiston Ijroiya Qo’mitasi Prezidentimizning 1928 yil yanvar qaroridan1 ilhomlangan Xalq Maorifi Komissarligining faol vakili T.Tojiboyevning 1993 yil yozgan kitobi ommaviy mutoaladan olib tashlanganligini kurish mumkin.
Muallif jumladan shunday yozadi: “O’zbekiston sharoitida o’zbek tilining davlat tili bo’lganligi vajidan, respublikada barcha iqtisodiy va siyosiy faoliyat jarayonlari shu tilda amalga oshirilayotgani sababli tilning ko’pchilik aholi istimolida bo’lishi tufayli aniq va to’la ayonki, bu til, ozchilik millatlarni tashkil qiluvchi maktablarning barchasida o’tilishi shartdir.” Keyinchalik T.Tojiboyev o’zining ushbu fikrlari uchun “burjua millatchisi sifatida” ayiblanib qatag’on qilindi. Bu siyosat 30-yillarda nihoyatda keskinlashdi. qatag’onlar bilan birga madaniy, xususan, maorif sohasida milliy kadrlarni kamsitish siyosati olib borildi. Hokimiyat organlari sovet maktablari tarmoqlari va boshqa o’quv muassasalarni tashkil etish, ayniqsa, mahalliy millat yoshlari va bolalar uchun juda kam miqdorda mablag’ ajratib keldilar. Ittifoq markaziy hokimiyatni mahalliy aholining ijyimoiy, shu jumladan, maorif va fan (sohasida) borasidagi muammolarni keng tarzda hal qilishga xayrihohlik bildirmadi. Bunga
_________________________
1. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachilik davrida. Toshkent, “Sharq” 2000 yil.
millat farzandlarining, ayniqsa qishloq bolalarining o’qishga kam jalb etish holati yorqin misol bo’la oladi. Mahalliy aholi vakillari texnikum va oliy o’quv yurtlari talabalari umumiy miqdorining masalan O’rta Osiyo davlat universiteti va O’zbekiston davlat universiteti talabalarining uchdan bir qismidan ham kamrog’ini tashkil etgan tibbiyot va industrial institutlaridagi ahvol esa bundan ham battarroq bo’lgan. Faqat qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha o’quv yurtlarida mahalliy millat yoshlari, o’quvchilar umumiy miqdorining yarimigina tashkil etgan xolos. Yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, mahalliy millat o’quvchilari va talabalari ularga tegishli bo’lmagan sabablarga ko’ra, shu jumladan, davlat tomonidan oziq – ovqat uchun beriladigan mablag’ning bekor qilinishi natijasida boshqa millatlarga mansub o’quvchilarga qaraganda ikki barobar qismi o’tolmay qolgan.1
Shu bilan birga mahalliy mutaxassislarni o’rta maxsus va ayniqsa oliy o’quv yurtlariga jalb qilishga yetarli e’tibor berilmagan edi. O’rta Osiyodagi eng katta oliy dargoh hisoblangan O’rta Osiyo davlat unversitetining tashkil topganiga 20 yilga yaqin vaqt o’tgan bo’lsada, 197 professor – o’qituvchining tarkibida 136 rus, 3 ukrain, 19 yahudiy va hatto bir amerikalik o’quvchi bo’lgan holda, mahalliy millatlardan faqat 18 o’zbek, 2 qozoq va 1 qirg’iz vakili bo’lgan.
Mazkur unversitetining 90 nafar ilmiy darajaga ega bo’lgan o’qituvchilari orasida faqat T.Qori-Niyozov – professori 6 nafar dotsent – Zohirov, Islomov, Muqimov, Rustamov, Sarimsoqov, Shamsiyev va dotsent vazifasini bajaruvchi S.Azimovlar bor edi xolos. Tosh Mining 249 o’qituvchilaridan atigi 46 nafari mahalliy aholi vakillaridan edi.1
Ittifoq siyosiy rahbariyati respublikada rus tilining majburiy o’rganish haqidagi qarori (1938 yil 13 fevral)da ayniqsa xalq maorifi
_________________
1. O’zbekiston Sovet mustabid tuzumi davrida. Toshkent “Sharq” 2000 yil
sohasida ruslashtirish jarayonini keskin kuchaytirishga oid o’z qat’iyatini ochiq – oydin ifoda etdi. Aynan, o’z maqsadiga erishish uchun 1940 yili Ittifoq markazining qarori bilan respublikada lotin alifbosidan kirillitsaga o’tildi. Bu yo’lda milliy ziyoli vakillarining hech qanday e’tirozi nazarga olinmadi.
Buning ustiga 1937-1938 yillardagi ommaviy qatag’onlardan so’ng bolshevistik sovet tuzumining til siyosati bobida olib borayotgan tadbirlariga qarshi kayfiyatdagilar ham churq etmaslikka majbur bo’ldilar. Bundan foydalangan hokimyat vakillari Ittifoq markazi siyosatini amalga oshirishda hatto zo’r tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatdilar. 1939 yilda Xalq maorifi Komissarligi hisobotnomalarida O’zbekiston allomalarining ayrim asarlarida sovet hokimiyatining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yutuqlariga berilgan tanqidiy baholar sifatida ta’kidlab o’tiladiki “bir qator nashrga tayyor ishlarda zararli g’oyalarning mavjud bo’lganligi tufayli ular yo’qotib yuborildi.”1
Qoraqalpog’istonning O’zbekistonning tarkibiga kirganidan salkam bir yil o’tgach, Avtanom XKS va viloyat partiya komiteti tomonidan 1938 yil martida “QASSR Xalq Maorifi Komissarligi tizimida zararkunandalik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha tadbirlar haqida” qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda “xalq dushmanlari xorijiy davlatlar josuslari, burjua millatchilari Aliyev, Alimov, Rizayev, Kumnev, Kvachev, Ahmedovlar o’zlarining xalq maorifi” Komis- sarligidagi gumashtalari To’rayev S, To’rayev T, Sullyev va boshqalar vositasida xalq maorifi sohasiga katta zarar yetkazdilar. Bu xalq dushmanlari “qoraqalpoq xalqini buyuk rus xalqi madaniyatidan ajratib olmoqchi bo’ldilar, ular maktablarda mahalliy aholi farzandlari rus tilini o’rganish imkoniyatidan mahrum etdilar, ular maktab yoshiga yetgan bolalarning ko’pchiligini saboqsiz qilib qo’ydilar”.1
_________________________
1.D.Alimova, M.Ishoqov,F.Qosimov, D.Ziyoyeva “O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar”. Davriy to’plami №2 Toshkent, “Sharq”, 1999 yil 169-170 betlar.
Ko’rinib turibdiki, 30- yillar oxirida hukumat maktab va o’quv yurtlarida o’tkaziladigan fanlar turi haqidagi ko’rsatmalarida hamda rus tilining O’zbekiston xalq ta’limi tizimida asosiy tayanch bo’lib qolishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solgan.
Shu bilan birga O’zbekistonda jamiyat rivojlanishining taqozosi, qolaversa, mafkuraviy nuqtai nazardan ham umum ta’lim maktablari sohasi o’rta va oliy o’quv yurtlarini kengaytirib, iqtisod, fan va madaniyatning sohalari uchun mahalliy aholi orasidan mutaxassislar yetishtirishga majburiy zarurat tug’ilgan. Bu o’rinda chuqur mamnuniyat va ehtirom bilan ta’kidlab o’tish lozimki, sovet hukumatining dastlabki o’n yilliklarida o’zlarining milliy vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari, ijodlari bilan sub’yektiv xarakterga ega bo’lgan jiddiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodir.
O’zbekiston mahalliy aholisining ko’p millatli ziyolilari namoyonda-
lar M. Abdurashidxonov,1 A. Avlonov, C. Abdulg’afforov, K. Avezov, A. Alimov, Oybek.T. Qori-Niyoziy, A.Nurumbetov, A.Shukuriy va boshqalar maktablar, o’quv yurtlari, ilmiy muassasalar tashkil etish va mahalliy millat yoshlarini jalb etish hamda o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa uslubiy adabiyotlar yaratishga ulkan hissa qo’shganlar. Zero, 20-yillarning oxiri 30-yillarda faoliyat ko’rsatgan milliy madaniyat namoyondalarining sa’y-harakatlari va tashabbuslari bilan respublikada bir qator o’quv yurtlari (O’z. D.U, Davlat pedagogika institutlari, viloyat markazi va Qo’qon shahrida o’quvchilar institutlari) tashkil etildi.
O’zbek madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti qayta tashkil etilib, uning negizida ikkita tashkil mustaqil instituti O’zbek tili va adabiyoti ilmiy instituti va o’zbek dastur – uslubiy instituti (1933yil,
oktyabr), O’zbek eksperimental tibbiyot institutlari (1934 yil avgust)
_________________________
1.D.Alimova, M.Is’hoqova va boshqalar.”O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar” Toshkent, Davriy to’plam №2 “Sharq”, 1999 yil 171-bet.
tashkil etildi. Shu bilan birga idoralar va tashkilotlar hamda boshqa muassasalarda o’zbek tili o’qitilishining mukammallashtirishni va yaxshilanishi bo’yicha muhim chora – tadbirlar qabul qilindi.
Bu esa xalq maorifi va fan sohasining rivojlanishida mahalliy aholi ziyolilarining ishtirok etish uchun muhim zamin yaratishga imkoniyat eshiklarini ochib berdi va nafaqat O’bekistonda,balki butun O’rta Osiyoda milliy qadriyatlarni saqlab qolishga omil yaratdi. Toshkent va Samarqandning xalq – xo’jaligi uchun mutaxassislar tayyorlashda yirik maktablarga aylanganligi alohida xususiyat baxsh etgan, binobarin, Buxorodagi “Mir arab” madrasasi butun O’rta Osiyoda yagona diniy musulmon o’quv yurtiga aylanib qoldi.
30-yillar O’zbekistonda milliy ziyolilarning sa’y – harakatlari bilan o’rta maxsus maktablari va oliy o’quv yurtlari uchun ko’pgina fan sohalariga oid qimmatli va noyob darsliklar, o’quv qo’llanmalari yozish, yo’lga qo’yildi. “O’qituvchi”(учителъ) nashriyoti tashkil etildi va 1938 yildan boshlab Qoraqalpog’istonda o’quvchilar va o’qituvchilar uchun o’quv adabiyotlari aynan respublikaning o’zida nashr etila boshlandi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi arafasida va butun urush davomida hamda undan keyingi bir necha yillar davomida muayyan sabablarga ko’ra O’zbekiston madaniy hayoti va maorif tarmoqlari sohasida jiddiy siljishlar deyarli ko’zga tashlanmadi yohud u yoki bu tadbirlar amalga oshirilgan bo’lsa-da, ularning mukammal intixosiga yetkazish borasida ma’lum qiyinchiliklarga duchor qilindi.
1944-1945 o’quv yillarida 160 mingga yaqin maktab yoshidagi bolalar o’qishga jalb etilmay qoldi. O’quv jarayonida maktabdan ketib qolgan yoki qatnashmagan o’quvchilarning umumiy soni 137,5 mingga yetdi. Shunday qilib, 300 mingga yaqin yoki maktab yoshidagi bolalarning 30 foizi maktabga jalb etilmay qoldi. Ko’pgina maktablarda davomat faqat 40-50 foizgina tashkil etgan, ba’zi tumanlarda maktablar umuman yopib tashlangan.1
40- yillarning oxiri va 50- yillarning boshi ziyolilar uchun yangi qatag’onlar, ulug’ davlatchilik – shovunistik quvg’inlar hamda tahqirlar girdobi davri bo’ldi. (Tarixchilarning hisob – kitoblariga qaraganda, 1924 yildan 1953 yilga qadar (urush yillari bundan mustasno) sobiq ittifoqdan 20 miliondan ortiq kishi bu qatag’onlar qurboni bo’ldi).2 Shuning uchun ham partiya – sovet organlari mahalliy aholining milliy oilaviy – maishiy an’analar va urf- odatlarini hisobga olgan holda mahalliy aholi vakillari ishini yo’lga qo’yish borasidagi o’zlarining uquvsizlik va loqaydlik ayblanib aholi-
ning o’ziga to’nkab qo’ya qoldilar. Masalan mahalliy millatga mansub qizlarning maktablardan badarg’a etilishi sabablarini milliy va tashkiliy muammolarda emas, balki “boy – feodal hamda maishiy bid’atlar tasirining oqibatlari”da deb uqtirdilar. Xalq maorifi va oliy maktab tizimida respublika miqyosida 1932 yildan boshlanib 20 yil davom etgan qishloq joylarida boshlang’ich majburiy umumta’lim, shaharlarda esa yetti yillik ta’lim tadbirining amalga oshirilishi xalq maorifi va oliy maktab tizimidagi eng muhim siljishlardan biri bo’ldi. Faqat 1957 yilning sentabriga kelib O`zbekiston hukumati “Toshkent shahrida hamda viloyat markazlarida yetti yillik ta’limdan” o`rta ta’lim (o`n yillik) tizimga o`tishini besh yillikning oxiriga kelib yakunlash va buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib keyingi besh yillikda joriy etilishiga erishish qishloq joylarida esa 1952/1953 o`quv yilidan boshlab yetti yillik majburiy ta’limni kiritish haqida
qaror qabul qilindi.


_______________________
1. D.Alimova.”O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar” Toshkent, Davriy to’plam №2 “Sharq”, 1999 yil 171-bet.
2. D.A.Alimova,A.A.Palovanov “O’zbekiston mustabit sovet tuzumi davrida siyosiy va mafkuraviy ta’zyiq oqibatlari” (1917-1990yillar) Toshkent. “O’zbekiston”, 2000 yil
48-49 betlar.
Ijtimoiy – gumanitar fanlar ichida 40-yillarda va 50 – yillarning boshlarida tolalitar tartibning tazyiqi hamda ulug’ davlatchilik kamsitilishiga eng ko’p uchragan sohalardan va filologiya fanlarini ko’rsatib o’tish ayni muddao bo’lur edi. Shuning uchun ham mazkur sabablarga ko’ra ushbu fan sohalari aniq chegaralab qo’yilgan doirada rivoj topdi.
30-yillar oxirida taniqli o’zbek olimi tarixchi Po’lat Soliyev adabiyotchi va faylasuf Abdurauf Fitrat va qator olimlarning qatag’on qilinishidan so’ng O’zbekistondan tarixiy – siyosiy tadqiqotlar endi buyurtma asosida belgilangan mavzularga bag’ishlanib sinfiy xususiyat kasb eta boshladi hamda hukmdor mafkura qobig’iga o’ralashib qoldi.1 Bunda, albatta O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan
respublika oliy o’quv yurtlarida va ilmiy muassasalarida ishlab o’z
asarlarini nashr ettirgan yirik tarixchi olimlarning ma’lum darajada ta’siri bo’ldi. Ularning bevosita ishtirokida Stalinchilik ruhi bilan sug’orilgan “VKL(b) tarixi qisqa kursi”ga moslashtirilgan “O’zbekiston xalqlari tarixi” kabi tarixiy asarlarning yozilishiga asos solindi. Mazkur asarning tuzatilgan ikki jildi keyinroq 1947 va 1950 yillarda nashrdan chiqdi.
O’zbekiston O’rta Osiyoning boshqa respublikalarida ijtimoiy - gumanitar fanlar va madaniyatning rivojlanishi faoliyatida VKL(b) ning 1946 yil 14-avgustdagi “Звезда” va “Лениград” jurnallari haqida, 1946 yil 26- avgustdagi “Drammatik teatrlar va ularning faoliyatining yaxshilanishi bo’yicha tadbirlar haqida”gi 1 qarorlaridan kelib chiqib amalga oshirilgan qator mafkuraviy kompaniyalarning o’tkazilishi jarayoni natijasida keskin o’zgarishlar qilinib, jiddiy burilishlar yasaldi. Bu qarorlar O’ODU va O’z DU dargohlarida tayyorlanayotgan tarixchilarning yosh avlodi ilmiy va mafkuraviy
____________________
1. D.Alimova va boshqalar “O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar” Davriy to’plam №2, Toshkent “Sharq”, 1999 yil, 178-bet
dunyoqarashlariga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Lekin ayrim o’zbek tarixchisi olimlarining 50-yillarning boshlarida milliylik va milliy tarixchilikka qarshi ochiq chiqishlari bejiz amalga oshmagan. Biroq tarix, adabiyot sohasida ijod etgan olimlarimiz mehnatini bira to’la yo’qqa chiqarib yuborish ham insofdan bo’lmasa kerak. Zero xalq maorifi, ilm – fan, madaniyat xususan 20-50 yillar tarixi ham Vatanimiz tarixining o’zviy qismidir. Binobarin o’tmish tariximizga to’g’ri baho berish, uni haqqoniy aks ettirish, unga xolisona yondashish har bir tarixchining muqaddas burchidir.


Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin