Bitiruvmalakaviyishining predmeti. Predmeti esa dars o‘tish uchunpedagogik texnologiyalarni tanlash, mavzuga moslashtirish va uni o‘rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va ularni qo‘llashdir.
Bitiruvmalakaviyishiningtarkibiytuzilishivahajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishidan shuningdek,bir qancha jadval va chizmalaro`rin olgan.
1.BOB. XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TUZISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI.
Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos bosqichma-bosqiсh o`tish yo`li tanlab olindi. Ana shu yo`l uzra barcha sohada bo`lgani kabi iqtisodiyotda ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobi tizimida ham tizim bozor iqtisodiyoti talablari hamda moliyaviy hisobotning jahon standartlariga javob berishi maqsadida yildan yilga hisob yurituvchilar va ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun aniqlik, qulaylik yaratib beruvchi yangiliklar va o’zgarishlar joriy qilinmoqda.
Iqtisodiyotda buxgalteriyaning o’rni va vazifasi aniq qilib belgilab olingan. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi 24 moddadan iborat qonuni buxgalteriya hisobining uchta asosiy vazifasini belgilab berdi:
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to'g'risidagi to'liq hamda aniq ma'lumotlarni shakllantirish;
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish;
Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish.
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyati qonuniy yo’lga qo’yilganligi, korxona faoliyati ijobiy yoki salbiy natija berayotganligi haqida ichki va tashqi foydalanuvchilarga ma’lumot berish maqsadida moliyaviy hisobotni taqdim etadi. Yuqorida keltirilgan qonunga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagi asosiy shakllarni o’z ichiga oladi.