Mundarija betlar kirish



Yüklə 361,74 Kb.
səhifə9/11
tarix02.06.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#123473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
bitiruv ishi MNSN

5-rasm. Chet el mamlakatlarida moliyaviy hisobot tarkibi15

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, taqsimlanmagan foyda to’g’risidagi hisobot va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni o’z ichiga oladi. Bizning mamlakatimizda ham xalqaro standartga moslashtirish ishlari turkumidan ilgari alohida hisobot shakli sifatida kiritilgan


«Asosiy vositalarning harakati to’g’risida»gi hisobot moliyaviy hisobot ucuhn zaruriy bo’lgan shakllar ichidan chiqarib tashlandi.
Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari o’zaro bog’liq bo’lib, faqat bundan «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot mustasnodir.
Moliyaviy hisobot shakllarining asosiy yakuniy ko’rsatkichlari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning sof foyda summasi, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning xuddi shunday nomdagi ko’rsatkichiga teng bo’lishi lozim.
Aks holda moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining mosligi va haqqoniyligiga putur yetadi. Shuningdek, xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning yakuniy o’zlik kapitali summasi buxgalteriya balansining yakuniy xususiy kapital summasiga teng kelishi lozim.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllarining tuzilishi bizning mamlakatimizda qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllaridan farq qiladi.
Bizning mamlakatimizda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar ularning ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan kelib chiqqan holda, eng avvalo, uzoq muddatli aktivlar va keyin joriy aktivlar joylashtirilgan bo’lsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar likvidlilik darajasiga qarab joylashtirilgan. Shuningdek, balansning passiv qismida majburiyatlar muddatlarini hisobga olgan holda joylashtirilgan.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan shakli ko’rsatkichlari bizning mamlakatimizdagidan farq qiladi. Ushbu hisobot shaklida moliyaviy natijalar faoliyat turlari–asosiy, moliyaviy va investitsion faoliyat bo’yicha aniqlanadi.
Mamlakatimizda esa moliyaviy natija asosiy va moliyaviy faoliyat bo’yicha aniqlanadi. Shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu hisobot shakli turli nomlar bilan ataladi. Jumladan, «Foyda va zararlar to’g’risida»gi hisobot deb ham nomlanadi. Ammo ular mazmun jihatdan bir-biriga juda ham yaqin.
Hozirda mamlakatimizda amalda bo’lgan “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot” shakli bir muncha kamchiliklarga ega. Deyarli barcha korxonalarda odatda Umumxo’jalik faoliyat foydasi va Soliq to’langunga qadar foyda bir xil bo’ladi, bunga sabab Favqulodda foyda va zarar bandlarida o’zgarish kuzatilmasligidir. Bunday hollarda, soliq to’lgangunga qadar foyda ko’rsatkichini olib tashlab, favqulodda foyda va zarar bandlarini umumxo’jalik faoliyat foydasi ko’rsatkichida hisobga olib ketish maqsadga muvofiqroq bo’ladi. Ana shunda korxona soliq solish bazasi sifatida umumxo’jalik faoliyat foydasi ko’rsatkichiga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilsa bo’ladi.
Тaqsimlanmagan foyda to’g’risidagi hisobot mamlakatimizda qo’llanilmaydi. Ushbu hisobot shaklini tuzish juda oddiy, shu bilan birgalikda uning ko’rsatkichlari xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy mustahkamligini belgilab beradi.
Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida qaysi xo’jalik yurituvchi subyektda taqsimlanmagan foyda mavjud bo’lsa va uning summasi uzluksiz ravishda o’sib borsa, bu har xil moliyaviy xarakterdagi risklar uchun mustahkam zaxira jamg’armasining mavjudligini ko’rsatadi.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot shaklida mamlakatimizdan farqli o’laroq uzoq muddatli moddiy aktivlar to’g’risida ham ma’lumotlar mavjud bo’ladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot shakli bizning mamlakatimizdagidan unchalik katta farq qilmaydi. Ammo xo’jalik yurituvchi su’yekt faoliyati uchun o’ta muhim hisoblanadi. Uni tuzishda bevosita va bilvosita usullar qo’llaniladi.
Хo’jalik su’yektlari faoliyatining pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda to’g’ri va egri usullarning qo’llanilishi bir-birini to’ldirib boradi hamda hisobot davrida korxonani pul mablag’lari oqimining harakati haqidagi real holatini ko’rsatib beradi.
Тo’g’ri va egri usullarining qo’llanilishi bir natijaga olib keladi va buxgalteriya hisobining xalqaro standarti bo’yicha Qo’mita ikki usulni ham tan oladi, ammo to’g’ri usulni qo’llanilishi tavsiya qiladi.
Тo’g’ri va egri usullarning qo’llanish bilan tuzilgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotlari orasidagi farq, faqat operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini aks

XULOSA
1-BOB BO`YICHA XULOSA


1- bobga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy salohiyati va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetakchi bo‘lib, foydalanuvchilarning turli toifalari: ta’sischi, aktsiyador, kreditor, investor, mol etkazib beruvchilar va boshqalar manfaatlarini qamrab oladi. Bunda foydalanuvchilarning har bir toifasi korxona moliyaviy holatini baholashda o‘z manfaatlaridan kelib chiqadi va o‘z mezonlariga amal qiladi. Bugungi kunda tahlilning asosi bo‘lgan moliyaviy hisobot korxonalar faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan kerakli ma’lumotlarni etkazib berish, to‘g‘ri va mukammal boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatda moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o‘z navbatida uchta guruhga bo‘linadi:
• korxona boshqaruvchilari;
• moliyaviy manfaatdor shaxslar;
• moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan shaxslar. Demak, 1-guruh ichki foydalanuvchiga va 2, 3-guruhlar tashqi foydalanuvchiga bo‘linadi.
Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko‘rsatkichlar qiziqtiradi:
1. Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi;
2. Korxonaning likvidligi;
3. O‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi;
4. Aktivlarning aylanish tezligi;
5. Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabelligi;
6. Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda;
7. To‘langan dividendlarning hissasi (agar aktsionerlik kompaniyasi bo‘lsa).
Chunki axborotdan foydalanuvchilar o‘z manfaatini ko‘zlagan holda u yoki bu axborot manbalaridan foydalanadilar. Masalan, soliq organlari soliqqa tortish uchun moliyaviy hisobot, deklaratsiya va tekshiruv ma’lumotlaridan foydalanadilar, xaridor ham mahsulot narxining asoslanish darajasi haqidagi ma`lumotni moliyaviy hisobotdan oladilar.
Hisobot orqali sifat, miqdor va qiymat ko`rsatkichlari yordamida subyektning faoliyatiga tavsif beriladi. Tasdiqlangan shakllardagi buxgalteriya hisobotida sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ishlab chiqarish xarajati, subyektning mulki, moliyaviy holati va xo`jalik faoliyatining natijalari bo`yicha ma`lumotlar ma`lum tizizmda aks ettiriladi.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlashimiz mumkinki, foydalanuvchilar ommasining hamda ma`lumotlar qamrovining kengligi moliyaviy hisobotning ahamiyati bozor iqtisodiyoti sharoitida naqadar yuksak ekanligini ko`rsatib beradi. ettirgan bo’limida o’z aksini topadi.
2-bob yakunida shuni ta`kidlashimiz mumkinki, moliyaviy hisobot shakllarini tuzish amaliyoti O`zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonunidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat bo‘lishi shart:

  • buxgalteriya balansi – 1-shakl;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot – 2-shakl;

  • pul oqimi to‘g‘risida hisobot – 4-shakl;

  • xususiy kapital to‘g‘risida hisobot – 5-shakl;

  • eslatmalar, hisoblar va izohlar.

Moliyaviy hisobotda korxona hisob yuritish siyosatini aks ettirish paytida quyidagilarga alohida e’tiborni qaratishi lozim:

    • daromadning aks ettirilishi;

    • konsolidatsiya tamoyillari;

    • faoliyat turlarining uyg‘unligi;

    • qo‘shma faoliyat;

    • moddiy va nomoddiy aktivlarni va ularning eskirishini aks ettirish;

    • jalb qilingan mablag‘lar qiymatini kapitalizatsiya qilish;

    • kapital qo‘yilmalar;

    • investitsion mulk;

    • moliyaviy investitsiyalar hamda moliyaviy aktivlar;

    • ijara;

    • tadqiqotlar va rivojlanish bilan bog‘liq harajatlar;

    • tovar-moddiy zahiralar;

    • soliqlar hamda muddati kechiqtirilgan soliqlar;

    • zahiralar;

    • ishchi va xizmatchilarni asrab turish xarajatlari;

    • chet el valyutasini o‘tkazish;

    • inflyatsiya hisobi;

    • hukumat subsidiyalari.

Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi, imzolar muxr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda tuzatish va o‘chirishlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli ta’kidlar qilinadi, moliyaviy hisobotga imzo chekkan shaxslar tuzatish sanasini ko‘rsatgan holda ularni tasdiqlaydilar.
mantiqiy hamda ijodiy fikrlash, muammmoni tez va oson usullar orqali hal qilish, masalaga amaliy tomondan yondashish kabi qobiliyatlarning ham namoyon bo`lishiga turtki beradi.

Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin