Glossariy Avtotrof - organizmlarning fotosintez yoki xemosintez yo‘llari bilan xavo va tuproqdagi anorganik moddalardan foydalanib oziqlanishi.
Areal – hayvonlarning tarqalish territoriyalari(yakka, tutash, bir-biriga ustmaust tushadigan areallar farq qilinadi.
Biogeotsenoz - YEr yuzasi ma’lum xududidagi bir xil tabiat elementlarining yig‘indisi; muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar va zamburug‘lar hamda ayrim sodda xayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi.
Biomassa - tirik organizmlarning ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi og‘irlik yoki energiya birliklarida ifodalangan umumiy vazni
Biosfera - hozirgi davrda yashab, faollik ko‘rsatib turgan organizmlar tarqalgan qobiq.
Biotik aloqalar - biotsenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o‘zaro munosabatlari.
Geterotrof - tayyor organik moddalar hisobiga xayot kechiruvchi organizmlar, ularga barcha hayvonlar, tekinxo‘r o‘simlik turlari, zamburug‘lar hamda ko‘pchilik mikroorganizmlar kiradi.
Gelmintologiya – parazit chuvalchanglarni o‘rganadi.
Gomoyoterm - tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda tana xarorati doimiy bo‘lgan (issik qonli) hayvonlar.
Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi.
Konsumentlar - fotosintez yoki xemosintez yo‘li bilan to‘plangan tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchi organizmlar yig‘indisi .
Ozuqa zanjiri - biri ikkinchisiga ozuqa bo‘ladigan organizmlarning ketma - ket keladigan zanjir .
Embriologiya - hayvonlarning embrional rivojlanishi tadqiq qiladi.
Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi.
Xulosa
1. Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini pasaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. Shuning uchun o`simliklarni ulardan himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
2. Qishloq xo`jalik ekinlarini hasharotlardan to`g`ri himoya qilish, mahsulotlarni saqlab qolishni, ularning tarqalishi, zarar keltirish me`yorini, bioekologiyasini bilish katta amaliy ahamiyatga ega.
3. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda qishloq xo`jalik entomologiyasining roli kattadir. Uning asosiy vazifasi hosilni zararkunandalardan va ularning ta`siridan saqlashdir. Ayniqsa hozirgi vaqtda o`simliklarning zararkunandalarga chidamliligi, navning xossalari, agrotexnik darajasi, almashlab ekish, agrobiologik omillar va kurash choralarini o`rganish talabidir.
4. Har yili zararkunanda hasharotlar qishloq xo`jaligiga katta zarar etkazmoqda. Ularga qarshi kurashilmaganda hosilning asosiy qismi 50-60 hattoki undan ham ko`p miqdorda nobud bo`ladi. Amaliyotda bir yoki ikki turni yo`qotganda ham hosildorlikni oshirgan bo`ladi.
Ularga qarshi ananaviy kimoviy va agrotexnik kurash serxarajat va ko’pincha kam samaralidir. Bundan tashqari qo’llanilgan kimyoviy moddalar tuproqda yig’iladi va buning oqibatida ko’plab foydali organizmlar nobud bo’ladi, biotsenotik aloqalar buziladi, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar va insonlar zaharlanadi.
Begona o’tlarga qarshi mexanik va agrotexnik usullarni qator holatlarda masalan pichanzorlar, yaylovlar va boshqa kam ishlatiladiga yerlarda qo’llash iqtisodiy samara bermaydi. Ba’zi holatlarda esa begona o’tlar bevosita dorivor o’simliklar bilan yonma-yon o’sadi va bu ularga qarshi ananaviy usullarning birortasini ham qo’llashga imkon bermaydi.