Mundarija I. Bob. Kirish



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə15/17
tarix21.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133564
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Changlatish. Bu usul bilan qishloq xo’jalik mahsulotlari, don va don mahsulotlari hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash omborxonalarga ishlov berishda keng qo’llaniladi. Ishlov beriladigan maxsus apparatlar changlatgichlar yordamida kukun holidagi preparatlarni sepib chiqiladi. Kukunsimon preparatlar odatda zararkunandaning nerv va mushak tizimiga ta’sir etadi. Kukunsimon preparatlar dust deb ataladi.
Changlatish usuli mamlakatimizda don mahsulotlari uchun qo’llanilmaydi. Kukunsimon preparatlar faqatgina qishloq xo’jaligida urug’lik fondlarini zararsizlantirishda ishlatiladi.
Sepish (nam ishlov berish). Bu usul bilan qishloq xo’jalik mahsulotlari, don va don mahsulotlari hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash omborxonalarga ishlov berishda keng qo’llaniladi zararsizlantiriladigan yuzaga maxsus sepuvchi apparatlar yordamida zaharli moddalar juda ham mayda tomchi holida sepib chiqiladi. Sepish uchun eritma yoki emulsiya holidagi suyuq moddalardan foydalaniladi. Bu usul nam dezinfeksiya deb ataladi. Bu usul bilan asosan omborlar va unga yondosh territoriyalar, kema, vagon va boshqa transport vositalarini dezinfeksiyalashda yoki zararsizlantirishda qo’llaniladi. Nam dezinfeksiyalash uchun kontakt ta’sir etuvchi zaharlardan foydalaniladi.
Aerozollar. Bu usul bilan qishloq xo’jalik mahsulotlari, don va don mahsulotlari hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash omborxonalarga ishlov berishda keng qo’llaniladi. Bunday usul bilan dezinfeksiyalash yoki zararsizlantirishda maxsus hosil qilingan tuman va tutunlardan foydalaniladi.
Fumigatsiya. Bu usulda dezinfeksiyalash yoki zararsizlantirish uchun zaharli bug’lar va gazlardan foydalaniladi. Fumigatsiya hozirgi kunda deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida don va don mahsulotlarini saqlovchi hamda qayta ishlovchi omborlar, korxonalar, un zavodlari va boshqa tarmoqlarni dezinfeksiya yoki zararsizlantirishda qo’llaniladigan asosiy usullardan biri hisoblanadi.
Fumigatsiya jarayonida bug’lar va gazlar o’zaro havo bilan aralashib, har qanday bo’shliqqa kirib boradi hamda 100 foiz dezinfeksiyalashga yoki zararsizlantirishga erishiladi. Ammo, bu usulni qo’llashdan yuqori samaradorlikka erishish uchun dezinfeksiya qilinadigan obyektni yetarlicha germetik ta’minlash hamda zaruriy shartsharoitlarni hisobga olishga to’g’ri keladi.
Fumigatsiya jarayonining samaradorligi hamda uni amalga oshirish texnikasi fumigantning qator xossalari va xususiyatlariga asoslanib aniqlanadi: uchuvchanligi, bug’lanish tezligi, fumigantning havodagi diffuziyasi, fumigant bug’i yoki gazining havoga nisbatan zichligi, portlash yoki yonishga moyilligi, sorbsiya va adsorbsiya xususiyatlari, metall va boshqa materiallarga ta’siri, degazatsiya sharoiti va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin