Mundarija: I bob. Maxsulot tannarxi tushunchasi, o’rtacha xarajatlat turlari va ularni aniqlash tartibi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/7
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160889
1   2   3   4   5   6   7
Raqobatning dinamik modellari

XULOSA

  • Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Raqobatda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan xarajatlarga koʻproq fonda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar i. ch. va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli Raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
  • Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar Raqobat kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R. ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R. ga boʻlinadi. Halol Raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar b-n olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom Raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol Raqobatni tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. Raqobatdan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin