2.2. Harakatli o'yinlarning rivojlanishi
Harakatli o'yinlarning asosiy mazmunini harakatlarning va o'yinchilar faoliyatining xilma-xilligi tashkil etadi. O'yinlarga to'g'ri rahbarlik qilinganda ular organizmning yurak- qon tomir, muskul va nafas olish tizimlariga ijobiy ta ’sir etadi. Harakatli o'yinlar funksional imkoniyatlarni oshiradi, harakatlarni bajarishda tananing katta va kichik muskullarini ishga soladi, bo'g'inlar harakatchanligini oshiradi. Harakatli o'yinlarning sog'lomlashtiruvchi ahamiyati haqida gapirilganda o'yinlarning qish va yoz fasllarida toza havoda o'tkazilishi juda ahamiyatlidir. Toza havoda o'tkaziladigan harakatli o'yinlar modda almashinuvini, organizmni yetarli kislorod bilan ta ’minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta ’kidlash lozimki, o'yin davomida holatlarning tez o'zgarishi, yuqori emotsionailik boshqaruvni qiyinlashtiradi. Shu sababii jismoniy harakatlarning optimalligini kuzatib borish lozim. Shug'ullanuvchilar organizmga moslashishi uchun muntazam mashg'ulotlardagi o'yinlarni sekin-asta oshirib borish kerak. Harakatli o'yinlar bolalar asab tizimiga ijobiy ta ’sir etishi lozim. Ma’lumki, aksariyat jismoniy tarbiya o'qituvchilari harakatli o'yinlarni ikkinchi darajali deb hisoblashadi. Shu tufayli sport o'yinlari, gimnastika, yengil atletika, kurash kabi darslarda harakatli o'yinlarni nomigagina (yuzaki) tashkil qilishadi.
Harakatli o'yinlar uchun alohida ajratilgan (dasturda) soatlarni ham boshqa turlarga qo'shib yuboradi. Shuningdek, milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy pedagogic xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berishmaydi, ayrimlar hatto eslamaydilar ham. Kuzatishiar, suhbatlar, rasmiy murojaatlarning natijalariga asoslanilsa, umumta’lim o'rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o'quv yurtlarida o'zbek xalq milliy o'yinlaridan yetarli darajada foydalanilmaydi. Chunki sof milliy o'yinlar to'plami hozirgacha ishlab chiqilmagan yoki ular nashrda tayyorlanmagan. Mavjud bo'lgan “Harakatli o'yinlar” to'plamlarida (adabiyot ro'yxatiga qarang) har xil millatlarga xos (tobe) bo'lgan o'yinlar ko'proq berilgan va shu bilan birgalikda ular aralash- quralash holda joylashtirilgan. Ta’kidlash lozimki, harakatli o'yinlar mazmunida barcha jismoniy sifatlar mujassamlangan bo‘lsa-da, ularni turkumlarga ajratishda umumiy mulohazalar berilgan. Shu sababdan keyingi nashrlarda to'plamlardagi milliy harakatli o'yinlarni har bir jismoniy sifatlarga (tezlik, epchillik, kuchlilik chidamlilik, egiluvchanlik va h.k) alohida ajratish lozim. Bu, o'z navbatida, o'yinlarni darslarning turlari (gimnastika, yengil atletika, kurash, sport o'yinlari) va sport mashg'ulotlarining mazmuniga moslashtirib, qo'llashda qulaylik yaratadi. Shu bilan, birga, o ‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligiga qarab o'yinlarni tashkil ilish imkoniyatlari yaratiladi.
E’tiborli tomonlardan yana biri shuki, tuman, shahar va viloyatlardagi malaka oshirish hamda qayta tayyorlash kurs-seminarlari, institutlarda milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini keng ko'lamda izohlab berish, tinglovchilarni yangi o'yinlarni yozib, ularni nashrga tayyorlash kabi faoliyatlarga jalb etish lozim. Milliy harakatli o'yinlarning jamiyat va davlat oldidagi ahamiyatini oshirish uchun aholining jismoniy tayyorgarliklarini yanada yaxshilash, o'quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini oshirish va boshqa sohalardagi tadbirlarda mazkur muammolarni keng targ'ib qilish zarur.
Bunda quyidagi imkoniyatlardan maqsadli foydalanish lozim bo'ladi, ya’ni:
- ta’lim muassasalari, tashkilotlar, mahalla hamda qishloq joylarida “Sport” devoriy gazetasi va boshqa nomdagi mahalliy matbuotlarda milliy harakatli o'yinlarning inson tarbiyasidagi afzalliklarini doimo yoritib borish; 9
- tuman, shahar radiolarida milliy o'yinlarning turlari shakllari va mazmuniga keng
o'rin berish;
- viloyatlar va markaziy gazetalar, jurnallar hamda rasmiy to'plamlar va teleradiolarda
milliy harakatli o'yinlar mazmunini yoritib borish;
- mutasaddi tashkilotlar, tegishli idoralar hamkorligida milliy harakatli o'yinlarning
to'plamlarini ko'proq chiqarish;
- Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar dasturida milliy o'yinlarga alohida o'rin
berish;
- ilmiy izlanishlar bilan shug'ullanuvchilar, magistrlar va talabalarga milliy harakatli o'yinlar bilan bog'liq dolzarb muammolarni mavzu qilib berish va h.k.
Xulosa shundayki, milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlari va ularni yanada takomillashtirish muammolari ilmiy-nazariyjihatdan chuqurroq o'rganishni talab etadi. Ularning natijalarini esa, matbuot, nashriyotlar orqali ommalashtirishni hayotning o'zi talab etadi.
XULOSA
Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosalar kelib chiqadi.
O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.
Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi.
Milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar.
Bizning fikrimizcha, milliy xarakatli o’yinlarni hamma fazilatlar, qobilyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va xarakat ko’nikma hamda malakalarining shakllanishida asosiy o’rinlarni egallaydi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o’yinlarining roli va o’rni nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi:
Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.
O’quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va ko’nikmalarni singdirish.
3. O’quvchilarda harakat malakalarini va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish.
Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.
Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do’stlik hissini madaniy hulq ko’nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash.
Turganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo’yicha muntazam mashg’ulotlarga barqaror qiziqish va ko’nikmalarini tarbiyalash.
O’quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolini tayyorlash.
Milliy o’yinlar 7-8 yoshli bollarga mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturidagi mashqlar bilan qo’shilib borilganda jismoniy sifatlar rivojlanishi aniqlandi.
Tajriba xalq milliy o’yinlarni jismoniy tarbiya darslariga kiritish uchun:
-ularni turkumlarga bo’lish;
-jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qarab tanlanishni;
-yilning fasllarida qo’llaniladigan o’yinlarni aniqlash zarurligini isbotladi;
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev bir necha bor ta`kidlaganidek, milliy qadriyatlarimizni, sharqona pedagogikani tiklash hozirgi kunning o`ta dolzrab vazifasidir.
Dostları ilə paylaş: |