II BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY HARAKATLI
O‘YINLARNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
.Harakatli o’yinlar turlari
Chunki u shaxsning tarbiyasi va shakllanishiga umumiy ta’sir ko'rsatadi. Shu bois o‘yin doimo pedagoglar, psixologlar, faylasuflar, san’atshunoslar, tibbiyot odimlari va boshqalarning diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Bolaning o'sishi va rivojlanishi bilan o'yinlarning mazmuni o'zgaradi: o ‘yin faoliyatidastlabki bosqichlarda oddiy xarakterda bo‘lsa, keyinchalik u boyib boradi. Iqtisodiyotda va mehnat jarayonidagi o'zgarishlar o'yinlarning mazmuniga ta ’sir ko'rsatadi. Bunda eski o'yinlar qayta ishlab chiqiladi va yangilari paydo bo'ladi. Harakatli o'yinlarning mazmuni va tarbiyaviy jihatlarini hisobga olgan holda ularniquyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Jamoaviy o'yinlar.
2. Umumiy ishtirokchilar o'yini.
3. Yolg'iz (yakka) tartibdagi o'yinlar.
4. Juft bo'lib o'ynash va h.k.
Bunday harakatni tashkil qilish va o'tkazishda qatnashchilaming yoshi, jinsi va jismoniy jihatdan tayyorgarligig alohida e ’tibor beriladi. Ayniqsa, chaqqonlik, tezlik, kuchlilik, epchillik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni talab etuvchi jihatlarda o'yinchilarni tanlash, guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda, o'yinlarningo'zaro hamkorlik, o'rtoqlik, do'stlik, jamoa uchun jonbozlik ko'rsatish kabi his-tuyg'ular va insoniy fazilatlarni tarbiyalashdagi mohiyatiga ham alohida e’tibor qaratish kerak.7 Shu tariqa yoshlarning tabiiy harakatlari maxsus jismoniy mashqlar va milliy harakatli o'yinlar orqali tarbiyalanib, ularning rivojlanishi va takomillashishiga xizmat qiladi. Deyarli barcha harakatli o'yinlar aqliy, estetik, mehnat va axloqiy tarbiya bilan uzviy bog'langan bo'ladi. Shu asosda bolalar nutqini o'stirish, til boyligini kengaytirish, ruhiy emotsional holatlarni (zukkolik, quvnoqlik, shodlik, xursandchilik va h.k) rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Onglilik, ko'rish, eshitish, his etish kabi tuyg'ularni rivojlantirishga xizmat qiladigan o'yinlar bugun ko'pchilikni tashkil etadi. Masalan, tunda oy yorug'ida “Oq suyak” o'yinini yoshlar va katta yoshdagi kishilar aralashib o'ynashgan. Bunda ko'z yumuq holda uzoqqa otilgan suyakning yerga tushishini eshitish, his etish talab etiladi. Suyakni topib manzilga yetkazishda tezlik, epchillik va kuch zarur bo'ladi. Chunki suyakni raqiblar tortib olishi mumkin.
“Ovchilar”, “G'ozlar”, “Kartoshka ekish”, turli estafetali o'yinlarda hatto harakatlar yugurish, yiqilishlar, to'p tushirib qo'yish va uni ushlab olish kabi holatlar raqiblarning zavqini oshirsa, jamoa a ’zolarining jahlini qo'zg'aydi. Tomoshabinlarda esa ko'tarinki kayfiyatni yuzaga keltiradi. “Oq terakmi, ko'k terak” , “G'ozlar” kabi o'yinlardagi qo'shiq, she’rlaming kuylanishi va aytilishi o'yinchilarda nutqni o'stirish, tomoq yo llarini chiniqtirishda o'ziga xos tarbiyaviy jihatlar kasb etadi1. Harakatli o'yinlarning eng muhim va ustuvor tomonlari shundaki, o'yin joylari ma’lum chegara bilan belgilanadi hamda o'yin qoidalariga to'liq rioya qilishni talab etadi. O'yin qoidalarini bilib-bilmay buzganlarga jarima yoki shartli jazolar beriladi. O'yinlarning tartibli, mazmunli va qiziqarli bo'lib o'tishida, o'qituvchi va faol o'quvchilarning roli g'oyat kattadir. O'yinlarni o'tishini nazorat qilishda hakamlar (faol o'quvchilar yoki jismonan ojiz bolalar) adolatli ish olib borishlari kerak bo'ladi. Bu holatni milliy harakatli o'yinlarning pedagogik jarayonlardagi ibratli tadbirlaridan biri deyish mumkin. 8
Ko‘rgazmali, ya’ni didaktik tamoyillar (prinsip) va usullar, harakatli o'yinlarni o'rganish, ularni o‘tkazishda ko‘p qo'llaniladi. Maydon yoki o‘yin joylarini chizib ko'rsatish, qoidalarni qo'llar bilan ifodalash, o'yinchilarning texnik harakatlarini chizishda (rasm-sxema) ifodalashlar muhim ahamiyatga ega. Jadvallar, chizmalar (sxema), slaydlar, videotasvirlar va boshqa texnik vositalardan foydalanishda harakatli o'yinlarning ijrosi to'liq aks ettiriladi. Bu holatlarni bo'lajak jismoniy tarbiya o ‘qituvchilari izchil va mukammal egallashlari lozim bo'ladi. O'yinlarning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini mazmuniy jihatdan o'rganish va tahlil qilish ularni o‘quvchi-yoshlar, talabalar va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida tashkil qilishda ana shu maqsadlarni belgilab beradi. Shu sababdan talabalar kurs, diplom (bitiruv) ishlarini tayyorlashda milliy harakatli o'yinlarni chuqurroq o'rganish, ularning tarbiyaviy jihatlariga ko'proq e ’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |