INTEGRATIV TALIMNING MAZMUN, MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI.
1.2. Ta'limni integrallashning hozirgi zamon muammolari. Boshlang‘ich maktabgacha ta’lim muassasasita’lim-tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang’ich ta’limni integratsiyalash masalasiga keyingi paytda bir qancha yondashishlar bo‘ldi: darsni ikki fan o’qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni bir o’qituvchi tomonidan o’tilishidan to integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang‘ich ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirishgacha. Bunga maktabgacha ta’lim muassasasiham, didaktika va metodika ham tayyor emas.
Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Bular boshqa turdagi bilimlami jipslashtiruvchi asosiy vazifani o’z zimmasiga oladi.
Bunday yondashish anchadan beri ma’lum va chet el maktabgacha ta’lim muassasasilari tajribasida hal etilgan. Bunda so‘z faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o’tta va tugallovchi bo‘g’inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g’oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan. Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko’rsatdiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlami rivojlantirish uchun asos bo’luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o’quv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo’nalishga ega bo’lgan integratsiyalangan fanlar jahon hamjamiyatida bolalarda atrof-muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to‘g’risida habar beradi.
Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo‘llaniladi. Birinchisi, bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. Shu masaladagi 1988-yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba yakunlariga bag’ishlangan tadqiqot-foydali manba ko‘pgina xorijiy mamlakatlar boshlang’ich maktabgacha ta’lim muassasasilarining o’ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo’yicha ta’lim bo‘lib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suhbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o’simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir.Boshlang‘ich maktabgacha ta’lim muassasasida integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g’in vazifasini o’qituvchining o’zi bajaradi. U bolalarni arifmetikaga, yozishga, tabiiy ko’pgina boshiang’ich tushunchalar va yana ko‘pgina narsalarga o’rgatadi. O’z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi.
Boshlang’ich sinflarda bir o’qituvchining dars berishini integratsiyaning bir usuli, deb hisoblasak ham bo‘ladi.Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin. Muammoning mohiyati shundaki, usullaming biridan yuz o’girib, ikkinchisida barcha darajada o’qituvchilarning (psixologik va fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishdir. Masalaning bunday qo‘yilishi integratsiyaning turli ta’lim pog’onalarida turli xususiyatlarga egaligidir. Boshlang‘ich maktabgacha ta’lim muassasasida integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq.
Ta’limning keyingi pog’onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. Y.M.Kolegin va O.L.Aleksinko integratsiyaning salbiy omillarini quyidagicha ko’rsatib berishadi:
- o’quv predmetlarining chegaralangan soni-olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni ko’rinishini, qismlarining o’zaro bog’liqligini aks ettirish bilan to’ldirish mumkin.
- juda muhim bo‘lgan o ‘qish, yozish va sanoq ko’nikmalarini shakllantirish zarurati.
Bu narsalar xuddi fanlarga bo‘linib o‘qitishni talab qiladiganga o’xshaydi. Lekin o’qish va matematikaga o’qitishning an’anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o’qish fan sifatida o’z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo’yicha materiallarni ham oladi. Matematika arifmetika, algebra va geometrik materiallarini o’z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko’nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat.beradi.Robert Karlosning aytishicha, boshlang’ich maktabgacha ta’lim muassasasifaqat o‘qish, yozish va sanashni o’zgartibgina qolmasdan, bundan ham muhimroq va kattaroq masalani amalga oshirishi kerak. Chunki har bir bola shakllantirish davrida uning intellektual faolligini rag’batlantirish, tabiiy qobiliyati singari uning keyingi muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir. Integratsiyalangan kurslarni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va qiziq bo‘lishi uchun bayon qilishning qiyinligini bartaraf etishning yo’llari amaliyotda tekshirilgan eng ma’qul uslublarni ishlab chiqishda hamda o’qituvchilar tayyorlashning maxsus tizimidadir.