INTEGRATIV TALIMNING MAZMUN, MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI.
1.3.Integralli ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan talablar. Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang’ich maktabgacha ta’lim muassasasidayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo’yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o’z munosabatlarini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktabgacha ta’lim muassasasibolasi predmet yoki voqealik hodisalarining bir necha tomondan ko’rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, adabiyotshunos so’z ustasi , rassom, musiqachi nuqta nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda fanlar ichidagi va fanlararo aloqalarni o’rnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslarga, tushunchalarga ko’p marotaba qaytishi , ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo’lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o’tkazish tartibga ega bo’lgan, tarkibiga shu o’quv faniga tegishli bo’lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o’quv predemetlari bilan bog’liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Dars ijodiy, erkin bo’lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma - ket , o’ziga xos o’tish metodikasiga ega bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazardan juda muhim bo‘lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktabgacha ta’lim muassasasi ta’limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Hozirgi zamon ilm berish tizimi yuqori darajada fan asoslarini o‘rnatishga, tafakkuri rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasilarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktabgacha ta’lim muassasasi bitiruvchisida bir ko‘rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilm-fanida esa iqtisodiy va siyosiy fanlari integratsiyasiga moyillik yuqori turadi.
Atrof - muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy ta’limning natijasi maktabgacha ta’lim muassasasita’limining birinchi bosqichiga bog‘liq yangi psixologik - pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasasibolalarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy ta’limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zlashtirish va yangilashga asos yaratadi.
Boshlang‘ich sinf bolalarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
Integrativ darslarni tashkil qilish orqali munozara qildirish, mustaqil tarzda ijodiy mulohaza yuritishga o‘rgatish, guruhlararo musobaqa, savol - javob tashkil qilish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quv jarayonida tinglovchilar faoliyatini faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya bolalarda dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishga o‘rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog‘lashga nazariy qoidalarni so‘zma - so‘z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uyg‘unligini anglashga, fikrlar rang - barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o‘z - o‘zini rivojlantirish yo‘larini tushunishga imkon yaratdi. Fanlararo aloqadorlik o‘quv-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy elementlari (mazmun, shakl, usul va vositalari) ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.