Mundarija: I. Bob. Ta'Lim jarayonini integrallashning nazariy asoslari


Integratsiya jarayonini o'rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari



Yüklə 84,94 Kb.
səhifə7/9
tarix27.02.2023
ölçüsü84,94 Kb.
#85733
1   2   3   4   5   6   7   8   9
INTEGRATIV TALIMNING MAZMUN, MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI.

2.2.Integratsiya jarayonini o'rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari.
Fanlararo bog'liqlik g'oyasiga keyinchalik juda ko'p pedagoglar yondoshib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo'shdilar. D.Lokk g'oyasiga ko'ra: “Ta'lim mazmuning aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to'ldirilishi kerak”.
I. V.Pestalossi o'zining didaktik maqolasida o'quv darsliklaridagi bog'liqlik masalasiga keng to'xtalib o'tar ekan: “Bir-biri bilan bog'liq fanlari ongiga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog'liqlik holatida ekanini angla” -deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto havfliligini ta'kidlaydi.O'tmish pedagogikasida didaktik ta'sirining ruhiy-pedagogik xususiyati hamda psixologikpedagogik bog'liqlik to'g'risida K.D.Ushenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan habar qilinayotgan bilim va g'oya dunyo va xayotga keng nigoh va yorituvchan holatda berilishi lozim”.Fanlararo bog'liqlik nazariyasining ishlab chiqishda K.D.Ushenskiy juda katta ta'sir ko'rsatdi.
II. Fanlararo aloqa va integrasiyaning maktabgacha ta’lim muassasasilarda o'qitish va tarbiyalashdagi ahamiyati juda ko'p pedagog olimlar tomonidan ko'rib chiqiladi.Integratsiya jarayoni o'rganishda I.Boguslovskiyning “Go'dakdan -olamga,
olamdan-go'dakka” maqolasining ahamiyati katta. Unda aytilishicha: Bolalarning atrof-muhitni his qilish, unga o'rganish va maktabgacha ta’lim muassasasi ta'limida bu muhitni turli fanlarga sun'iy ravishda bo'linishi turli hil qarama qarshiliklarga sabab bo'ladi.Bunga “Go'dakdan-olamga, olamdan-go'dakka”, tezisi misol bo'la oladi.Keyinchalik markazlashtirilgan fanlar o'ziga
bolaning ongini kengaytiruvchi mavzular paydo bo'ldi. Bola ulg'aygan sari uning dunyoqarashi kengayib, ongida oila maktabgacha ta’lim muassasasituman shahar mamlakat insoniyat koinot kabi tushunchalar paydo bo'la boshlaydi va ilm darajasi ham o'sib boradi.Bu holatda boshlang'ich maktabgacha ta’lim muassasasilarda asosiy o'rinda ikki fan yo'nalishi turishi ko'zda tutilgan.1. Tabiatshunoslik.2. Jamiyatshunoslik
Bu fanlar bolalarda atrof-muhit bilan tanishish, odamlar, jamiyat, tashkilotlar hamdao'zining vazifalari bilan tanishishga yo'l ochib beradi.
Gumanitar va tabiiy fanlar bo'lmish tarix, geografiya, tabiatshunoslikni bir-biri bilan chuqur va keng bog'liqliklari qayt etib o'tiladi.
Bu bilan boshlang'ich ta'lim maktabgacha ta’lim muassasasilarida o'z ichiga ko'p fanlarni mujassamlashtirgan bita fan –olamshunoslik (dunyoshunoslik) fanini o'qitish g'oyasi o'rtaga tashlanadi. Bu fan ta'limtarbiya yo'nalishida integrasiya yo'lini tugan asosiy fan hisoblanadi.Bunday holatda o'quv darslari integrasiyaga kirishib, o'zlarining xususiyatlarini yo'qotishadi yoki o'rta zvenoda qolib ketardi. Lekin o'zining mazmuni va jihatlari bilan umumlashgan.Integrativ manbada hamma fanlar rivojlanayotgan ijod mahsuli sifatida hal qilinishi, texnologik integrasiya asosga umumta'lim jarayoni kompyuterlashtirish yo'nalishiga o'tish, darsjarayonida hamma o'qituvchilar uchun aktiv bo'lgan usulda o'qitish usullarini va sintetikharakterga ega bo'lgan darslarhamda sun'iy ravishda barpo etilganmetopredmetlar (belgi, son, simvol) bo'lishi nazarda tutilgan.Shunday qili o'quv materiallarini integrasiyalashga bo'lgan intilish butun dunyo va bizningmaorif tizimimizda asosiy e'tiborda turgan muammolardan biridir.Hozirgi vaqtda ham integrasiya muammosiga alohida e'tibor qaratilmoqda.Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim muassasasilarda integrasiya deganda biz yangi aktiv pedagogik izlanishlarni, pedagogik jamoada ijodiy o'sishni, bolalarga foydali, bolalar ongiga singdirishningqulay usullarini qo'llash mahoratini tushunamiz.



Yüklə 84,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin