INTEGRATIV TALIMNING MAZMUN, MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI.
2.3.Maktabgacha ta’lim muassasalarida integrativ ta`lim jarayonining uslubiy jihozlanishi. Hozirgi kunda lug’atlarda integratsiya so`zining uslubiy ma`nosi ko`rsatilmagan. Lekin hammaga ma`lum lotincha so`z “Integratio” tiklanish, to`ldirish, “integrir” - bir butun ikki ma`noda foydalanishga qabul qilingan.
1.Qandaydir qismlar elementlarni bir qilib birlashtirish.
2.Ikki yoki undan ko`p davlatlar bir turdagi ijtimoiy tuzimga ega bo`lgan bo`lsa, iqtisodiy yoxud madaniy jihatdan uyg’unlashtirish jarayoni.
Bir turdagi qism yoki elementlar mavjudligi va ularning bir maqsadga tabiiy bo`ysundirish imkoni va bir qator o`quv fanlari uslubidagi yaqinlik integratsiya atamasini aniqlashga asos beradi, ya`ni o`qitish, tarbiya qilish va o`quvchilarni ma`lum o`quv fanlarini o`zlashtirishni uyg’unlashtirish usullari haqidagi fan. Integratsiya-ni uslubiy hodisa sifatida tahlil qilib bergan «Qanday qilib integrirlangan darsni tashkillash mumkin?» nomli maqola mualliflari I.Kalojvari va L.Pechnikova ta`kidlashlaricha: «Integratsiyaning kelajagi porloq. Bu usul natijasida o`quvchilar ongida olamning faol va ko`p tomonli tasviri shakllanadi. O`quvchilar olgan bilimlarini amalda faol foydalanishga boshlashadi. Chunki bilimlari osonroq amaliyotga xos xususiyatlarni aniqlaydi, yangicha fikrlay boshlaydi, fanni tez o`zlashtiradi, uning boshqa fanlarga bo`lgan munosabatini ravshanlashtiradi».
Maktabgacha ta’lim muassasasida mavjud hamma fanlar o`ziga xos integratsion imkonga ega. Lekin ularning bir-biriga mos bo`lishi integrirlangan kurslarning samaradorligi ko`p sharoitlarga bog’liq. SHuning uchun yangi dastur yaratishdan oldin pedagoglar va uslubchilarga integratsiyaning imkoniyati va zaruriyati xulosa ishiga yordam beradigan vaziyatlarni hisobga olish kerak.
Buning uchun o`qituvchi sinf o`quvchilarining tayyorgarlik darajasini oldin tahlil qilishi, ularning ma`naviy xususiyatlarini, o`rganishga qiziqishlarini o`rganadi. O`quv faoliyatida mavjud bo`lgan qiyinchiliklar integratsiya usulidan foydalanish sabablaridan biri bo`lishi mumkin. Ba`zi o`quvchilarning bir fandagi muvaffaqiyati ikkinchi fandan olgan bilim va ko`nikmalariga bog’liq bo`lishi mumkin.
Masalan: o`quvchi savodli va tez matn ko`chirishga tez va to`g’ri o`qishi bog’liq. Lekin agar aniq bo`nday hamkorlik ko`rsatilmasa ham yoki umumiylik bo`lmasa bir fan rejasidagi mazmunga to`g’ri baho bersa o`qituvchi alohida dars berishini etarli emasligini ko`rish mumkin. Biz bilamizki, dunyo bir, u sanoqsiz ichki aloqalar bilan bog’langan, shuning uchun bitta muhim masalani, boshqa ko`pgina masalalarga tegmasdan echish qiyin. Shunga o`xshash solishtirishlar integratsiyaga asos bo`la oladi. Bir qator fanlarning dasturlarida