Mundarija I. Bob. XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi


XIV-XV asr Temuriylar saltanati tashqi diplomatik aloqalari tarixida sulton Mironshoxning tutgan oʻrni va roli



Yüklə 70,29 Kb.
səhifə9/11
tarix21.10.2023
ölçüsü70,29 Kb.
#158492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mundarija I. Bob. XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlak

2.2. XIV-XV asr Temuriylar saltanati tashqi diplomatik aloqalari tarixida sulton Mironshoxning tutgan oʻrni va roli
Mironshoh Mirzo dunyoning zamondosh hukmdorlarining e'tiborini o`ziga jalb etibgina qolmay, balki jahon siyosiy hayotiga ham ta'sir ko`rsatdi. Ma'lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o`zi G`arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib - AmirTemurning kuchli tazyiqiga duchor bo`lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada birlashuvi tabiiy edi. Avvalambor Boyaziddan yengilib, o`z yer va mulklaridan mahrum bo`lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog`dagi o`rdugohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G`alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so`rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to`lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to`lashga va'da qiladilar. Bunday taklif Amir Temurga maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi. Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan o`zaro diplomatik yozishmalar olib borish bilan bir qatorda, bo`lajak to`qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga sovg`a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi. O`zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil, 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo`llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan yordam berish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar23. Mironshoh Mirzo o'z poytaxtini Ozarbayjonning Sultoniya shahariga o'rnatgan edi. U keyingi paytlarda maishatga berilib, tez-tez ovga chiqardi. 1396-yil kuzida navbatdagi ovda otdan yiqilib shikastlanadi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, ana shu jarohatdan song unda bir oz miyaning chalg'ish alomatlari vujudga kelgan. Ammo Klavixoning yozishicha, u Mironshohda hech qanday savdoyilik alomatini ko'rmagan. Aksincha Mironshox Kastiliyalik elchilarni oz zamonasining qonun-qoidalariga muvofiq tarzda qabul qilgan va qirolning sog'ligini soragan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, keyingi vaqtlarda Mironshoh ayshu ishratga berilib ketib, davlat ishlariga qaramay qoyadi. U shar’iy va no shar’iy xotinlar olishni kopaytiradi. Uzluksiz davom etgan bazmlar va har xil kongul ochar o'yinlar xazinaga sezilarli ravishda zarba beradi. Bundan tashqari, Sultoniya shaharida eng chiroyli va hashamatli binolardan birini buzdiradi. Shuningdek Tabriz shaharidagi mashhur tarixchi Rashididdinning maqbarasini buzdirib, marhumning suyaklarini yigdirib, shahardagi yahudiylar qabristoniga olib komishni buyuradi. Ozining bunday xatti-harakatiga tarixchi Rashididdinning yahudiy mazhabiga mansub ekanligini asosiy sabab qilib korsatdi.
Mironshoh oz haramidagi xotinlariga ham har xil tuhmat va bohtonlar qilib, jabr-zulmni haddan oshiradi. Nihoyat, 1399 yilda Mironshohning katta xotini Xonzoda begim eridan yashiriqcha Samarqandga-qaynotasi Temurning huzuriga borib, Mironshohning kirdikorlaridan shikoyat qiladi. Temur sevikli kelinidan bu ahvolni eshitib, kattik iztirobga tushadi. Usha davr tarixchilarining yozishicha, Temur bir hafta davomida yiglab, hech kimga korinish hech bermagan. Nihoyat, Temur mashhur etti yillik yurishga bel bog'lab, yol-yolakay, qoqqisdan Ozarbayjonga bostirib kiradi. Temur Sultoniyaga kirgach, darxol Mironshoh va uning hamtovoqlari - arkoni davlatini tutdirib, zindonga tashlatadi.
Ertasi kun Temur o'zining eng nufuzli kishilarini toplab, Mironshox masalasini ortaga tashlaydi. Ulug devonga yig'ilgan amaldorlardan Mironshoh va uning hamtovoqlariga berilajak jazo nimadan iborat bo'lishi kerakligini aytishlarini talab qiladi. Biroq yigilganlardan sado chiqmaydi. Nihoyat Temurning ozi Mironshoh va uning arkoni davlatiga o`lim jazosini e’lon kiladi. Temurning diniy rahnamosi, piri Sayid Baraka va ayrim amaldorlar bu hukmga qat’iyan qarshi turadilar. Lekin Temur oz sozida mahkam turavergach, amir Shoh Malik ornidan turib, «Oz oglingiz-ku, davlatpanoh»-deydi. Temur tortishib utirishni yoktirmasdi binobarin, g'azabi qaynab ketadi va ornidan turib, amir Shox Malikka g'azab bilan tikiladi. Shoh Malik esa yana «shahzoda sizning farzandi arjumandingiz erur, davlatpanox, qatl qildirsangiz Islom qilichiga farzandkushlik isnodi dog' bolib tushmogi muqarrardur»,- deydi. Temurning yanada g'azabi avjga chiqarkan, «Men ahkomi shariatda emas, o'z saltanatimda tartib ornatmog'im lozim!» - deydi. Shunda Sayid Baraka o'rnidan turib. - «Baribir, har bir ishdan Allox-taolo voqifdur, hukmdor»,- deydi. Shundan so'ng Temur ozi bir qarorga keladi-da, g'azabdan tushib oz orniga otirgach, kengash tugaganligini ma’lum qiladi.
Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrda G`arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqatlar-e`tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizigini ta`minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi24. Shu sababli g`arvda Mironshoh tez orada kotolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozonadi. Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III sharq bilan juda qiziqib qolgan edi25.
1402-yil bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidning kuch qudrati, boyligi va qo`shining sonini bilish hamda ular qo`l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma`lumotlar to`plash topshiriladi. Sharq va G`arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in`omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo`shib Amir Temur Muhammadqozi ismli vakilini ham Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 27-mayda Ispaniyadan jo`nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari samarqandda Amir Temur tomonidan tantanovor qabul qilinib ularga katta e`tibor va zo`r hurmat ko`rsatdilar. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo`ladilar. Amir Temurning Xitoyga yurishi munosabati bilan boshqa ko`pgina davlatlarning elchilari bilan bir qatrda Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 27-noyabrida Samarqanddan jo`natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-yilning mart otida qaytib keladi. Klavixoning safar tasavvurotlari “Buyuk Temur tarixi” va “Temur qarorgohi”, “Samarqanddan sayohat kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi.

XULOSA
Temuriylar, ayniqsa Amir Temur davri tashqi siyosiy aloqalari va diplomatiyasi hech bir mubolagʻasiz xalqaro munosabatlar tariximizning eng yorqin sahifalaridan deya olamiz. Sohibqiron Amir Temur ham oʻz navbatida qudratli saltanat shakllantirgach, oʻsha davrning deyarli barcha yirik davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol diplomatik aloqa oʻrnatgan. Turli davlatlarga shu jumladan, Gʻarbiy Yevropa davlatlariga oʻz elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga Gʻarbiy Yevropa hukmdorlari tomonidan yuborilgan elchilarini qabul qilgan. Amir Temur 1402-yilning bahorida Kastiliya va Leon qiroli (Ispaniya) qiroli Genrix III, 1402- yilning yozida Fransiya va Angliya hukmdorlari Karl VI va Genrix IV saroyiga elchilar yuborgan va bu davlatlar Amir Temur maktubida yoʻllagan takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilgani, oʻz navbatida, ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik va boshqa bir qator jami 20 dan ortiq xorijiy davlat elchilarini oʻz poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan koʻplab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Temuriylar diplomatiyasining oʻziga xos tomonlaridan biri u temuriy hukmdor oʻzining barcha murojaatlarida, hatto qat’iy talab shaklida yozilga nomalarida ham Sharq diplomatiyasiga rioya qilgan. Amir Temur Yevropa davlatlariga yuborgan elchilariga Qirollar bilan olib boriladigan muzokaralar uchun keng huquqlar bergani holda, ularga diniy masalalar yuzasidan fikrlashishni mutlaqo man etgan. Masalan: Amir Temurning 1402-yilda Farangiston (Fransiya) qiroli Karl VI ga yoʻllagan maktubida shunday satrlarni oʻqiymiz: “Buyuk hukmdorlar va doʻstlar oʻrtasidagi ulugʻ ishlar haqida bir-birlarini ogoh etish odatiga boʻysinib, mazkur arxiyepiskop Janni siz janoblarining huzuriga joʻnatsak, toki ul kishi bizning mamlakatimiz va hozirgi ahvolimiz, shuning birla, soʻnggi paytlarda bu oʻlkalarda sizning gʻanimlaringizga nisbatan sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida sizni xabardor etsinlar, batafsil soʻzlab bersinlar. Ul zotni ham sizning, ham bizning odamimiz tariqasinda tavsiya etmoqdamiz. Ul kishini diniy masalalardan tashqari boshqa barcha masalalarda ishonchli vakil deb tinglagʻaysiz”. Ushbu maktubdagi soʻnggi jumla bilan Amir Temur oʻzining musulmon imperiyasi hukmdori sifatida diniy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish niyati yoʻqligini bildirishi bilan bir qatorda, nasroniyni e’tiqodiga oid oʻz xizmatkorining bu sohada umuman hech qanday haq-huquqga ega emasligini ham alohida qayd etgan.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va Temuriylarning Gʻarb va Sharq davlatlari bilan diplomatik aloqalari juda yaxshi rivojlangan. Gʻarbiy Yevropaning bir qator davlatlari bilan savdo-sotiq munosabatlarida doimiy tarzda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, savdoda asosan shoyi, qimmatbaho madanlar, toshlar Gʻarb davlatlari hukmdorlari, zodagonlari va aholi tomonidan juda qadrlangan. Shu sababli Sharq va Gʻarb oʻrtasida savdo aloqalari rivojlangan. Fransiya, Angilya, Ispaniya va boshqa 20 ga yaqin Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan elchilik aloqalari ham rivojlangan. Elchilik aloqalarida ham asosan savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan. Chunki savdo-sotiq, mol ayirboshlash rivojlansa, davlatlar ham rivojlangan. Shu jihatdan ham Amir Temur bilan Gʻarb davlatlari Oʻrtasida diplomatik aloqalarni rivojlanganini koʻrishimiz mumkin


Yüklə 70,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin