E stetik idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning ifodali tomonlarini, nozik
ranglarini ko’ra
bilish talab qilinadi.
SHuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuvchanlikning rivojlangan bo’lishini talab etadi.Kishi narsa va hodisalarga go’zallik mezoniga asoslangan holda, alohida qadr- qimmat bilan yondoshgandagina estetik kechinmalar paydo bo’ladi.
Estetik hislar fikrlash bilan bevosita bog’liqdir. Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi, busiz go’zallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas. Xayol faoliyat jarayonida shakllanadi. O’yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi. Dastlabki vaqtlarda xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta'sir etish natijasida yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa, ijodiy faollikning tashqi shakllaridan sekin-asta fikrlashga o’tadi. Bola rasm chizganda yoki o’ynaganda obrazni tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni idealida yaratadi.
Badiiy asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga o’xshash voqea yuz beradiki, bolalar asardagi qahramonlarga xayolan qo’shilib, ularning xatti-harakatlarida o’z xayollari bilan qatnasha boshlaydilar. Demak,- stetik kechinmalar murakkab hodisa bo’lib, hissiyotlar, ayol va fikrning faol ishlashini, o’z fikr va hissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj tug’ilishi kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi.
2. Estetik madaniyatni shakllantirish Bu borliqdagi va san’atdagi go'zallikni toiiqidrok etadigan va to'g'ri tushunadigan shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishga yo:naltirilgan jarayon. U o‘zida badiiy kechinmalar, qarashlar va e’tiqodlar tizimini aks ettiradi, haqiqiy estetik qadri yatlardan zavqlanishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga bu orqali bolalarda turmushning hamma tomonlaridagi go'zallik unsurlarini ilg‘ab olish, xunuklik, didsizlikka qarshi kurashga harakat qilishni tarbiyalaydi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. SHaxsning estetik xususiyatlari tug’ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, qiziqishlar, his-tuyg’ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga oshiriladi. Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo’shqin hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, xali ularning estetik tarbiyasi to’g’risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash kerak. Bola yaltiroq bo’yoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi.
Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o’ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo’shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo’lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas. shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g’amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta'siri paydo bo’ladi va hokazo.