Mundarija: I. Kiri sh II. Asosiy qism


Estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar



Yüklə 107,33 Kb.
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü107,33 Kb.
#185945
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimida estetik tarbiya2

3. Estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar


Ma’naviy va axloqiy jihatdan yetuk, barkamol farzand voyaga yetkazish hamma davrlarda ham katta siyosiy mohiyat va ahamiyat kasb etib kelgan. Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot vaturmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi.
Yoshlarni kamolga yetkazish ta’lim tizimida axloqiy va estetik bilimlar orqali amalga oshadi, ularning ijtimoiylashuvi esa insonni bevosita hayotga va voqelikka yaqinlashtiradi. Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik madaniyatining, xususan axloqiy-estetik madaniyatning o‘zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan o‘sib kelayotgan yoshlarni estetik tarbiyasi muhim hisoblanadi.
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya oldida quyidagi vazifalar turadi:

  1. Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi go‘zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda, yaratuvchilik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilar xattiharakatida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklarni ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash, kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash.

  2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, qo‘shiq, rasm va boshqalar) yaratilgan san’at asarlarini ko‘rish, tushunish va sevishga o‘rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish; chiroylini xunuk-dan, g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish; ranglarni, shakl, tovushlarni birbiridan ajrata olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish.

  3. Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she’r o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin, hikoya qilib, rasm chizish, biror narsa yasash yoki qurish) ka-bilarda yanada faolroq harakat qilish va o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, mo‘ljalga olish, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo‘shqin kayfiyatni ko‘rsatuvchi hissiy sezgirlikni rivojlantirish va h.k.

Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi.
Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni, estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Bular quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari
bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash;
san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o‘xshashlarga o‘rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan.
Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bolani hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta’sir etuvchi narsa tevarakatrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir.
Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish estetik idrok va hislarni rivojlantirish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Agar bola qishki tabiatning go‘zalligini his eta olsa, u albatta shu go‘zallikni rasmda, hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi qahramonlar bola tushunchasiga yaqin bo‘lsa, bunday kitoblar bolalar o‘yini uchun kerakdir.
Bolalarga estetik zavq uyg‘otish uchun ularga kuzatilayotgan narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bola-larning hislariga ta’sir etish uchun bu hali yetarli emas. Eng muhimi, bu yerda kattalarning namunasidir.
Tarbiyachi-ning o‘zi zavqlansa, ortiqcha so‘zlarsiz go‘zallikka qiziqish uyg‘ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila oladi.
Bolalar tarbiyachidan «Nima uchun oltin kuz deyiladi?»- deb so‘rashadi, tarbiyachi istirohat bog‘iga borib ko‘ramiz, deb javob beradi. Bog‘ta borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlarni, yo‘lkalarni kuzatamiz». Bog‘ning eng xushmanzara joyiga kelganda bolalar to‘xtab, jim atrofga nazar tashlashadida, nima uchun oltin kuzligini tushundik. Chunki barglar tillaga o‘xshaydi. «Ana qizil barglar», deyi-shadi ular hayajon bilan. Shamol bo‘lishi bilan barglar yerga tushadi. yo‘lkalar esa gilamga o‘xshaydi.
Ko‘chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz hozir sizlar bilan bog‘cha ko‘chasidan yurib o‘tamiz. Sizlar diqqat bilan kuzatib boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko‘rsa, sayrdan keyin so‘zlab beradi».
Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalar-ni shu ajoyibotni ko‘ra bilishga, undan hayratlana olishga o‘rgatish lozim. Tabiatning go‘zalligini va ajoyibligini inson hayot go‘zalligiga, san’at go‘zalligi va ajoyibotiga aylantiradi. Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tevarak- atrofdagi tabiat go‘zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg‘ular va xayollarda saqlangan go‘zalligi bolalikda ayniqsa yorqin va chuqur idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.
Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rangbarangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg‘otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o‘rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko‘rib, atrofdagi go‘zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar.
Musiqa bolalarning kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badan tarbiyada yangray boshlaydi. Iilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va o‘yin vaqtlarida ashulalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhini ko‘taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida ijro etilgan ashula harakat ritmini uyg‘unlashtiradi, bolalarga mehnat quvonchini bag‘ishlaydi.
Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san’at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynai jahonda san’at ustalari va tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi.
Ashula aytib o‘yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan foydalaniladi, bu bolalarni ahloqiy-estetik tarbiyalash uchun g‘oyat qimmatli vositadir. Bolalar xalq kuylari va obrazlarini ijro etayotib, xalq tili va kuyining hamohangligini, ravonligini bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiyalaydi, musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni zamonaviy va klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. Ashula va raqsga tushishga o‘rgatishda faqat to‘g‘ri aytish va to‘g‘ri harakat qilishni emas, balki ifodali aytish va yengil, chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga o‘rgatiladi.
Bolalarning badiiy qobiliyatlarini tarbiyalash masalasi ularning ijodiy o‘sishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bolaga o‘rgatish, undagi ijodiy tashabbusni rivojlantirish ishi bir-biri bilan uzviy aloqada amalga oshirilishi lozim. Pedagog tarbiyaviy nuqtai nazardan yondashib, bola ijodining eng birinchi, hali to‘liq namoyon bo‘lmagan tomonini seza bilishi va baholay olishi kerak, bu bilan u boladagi kamolot yo‘lini to‘g‘ri belgilashi mumkin.
MTMda o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lishidadir. Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Demak, estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning nihoyatda kuchli ta‘sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi), shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko‘zi o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qilibgina qolmay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga quvonch bag‘ishlaydi. Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra rasmlarning ta’siri ayniqsa qatta bo‘ladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta- qayta o‘z o‘rtoqlariga, kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Qattalar mehnati, qahramonlik, shuningdek, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, do‘stlik, birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan mehribon bo‘lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir.

Yüklə 107,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin