III. X U L O S A Xulosa qilib shuni aytish mumkinkiy O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, olijanoblik, insonparvarlik, odamgarchilik, aql-idrokli bo‘lish, odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, so‘zamollik, xushso‘zlilik, ilmli bo‘lish kabi oliyjanob hislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo‘lib kelgan, chunki komil insonning manaviyati yuksak bo‘ladi, yuksak manaviyatga ega bo‘lgan kishi esa o‘z xalqining o‘tmish tarixi, urf-odati, qadriyati va an’analari, madaniyatini chuqur biladi, unga rioya qiladi. E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta.
Ayniqsa, qo‘g‘irchoq teatri maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash vositasi sifatida qaralayotganligi bugungi kunda ko‘pchilik MTM tarbiyachi –pedagoglariga ham ayon emas.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. T.2008 y.
I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.2001
Jakbarov M. Komil inson g’oyasi. T.2018.
Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish yo’llari. T.2014
Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. Qarshi.: Nasaf. 2015.
Saydahmedov N. YAngi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). - T.: Moliya, 2003.
Ta’limning faol usullari. Uslubiy tavsiyalar. TVPQTMOI. T.2014.
To’raqulov E., Rahimov S. “Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim tarbiya haqida” T.: O’qituvchi, 1993.
P.YUsupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T., 2018 y.
M. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., 2010 y.
N. Djamilova va O.U.Xasanboeva “Pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi” T., 2009y