Mundarija: I. Kiri sh II. Asosiy qism



Yüklə 107,33 Kb.
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü107,33 Kb.
#185945
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimida estetik tarbiya2

O’rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim o’zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo’lib qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo’lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog’liq bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to’g’ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo’lib qoladilar. Bolalarda go’zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta'sirli, faol tusda bo’ladi. Bu ayniqsa ular qo’g’irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon bo’ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo’shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o’zini qanday tutishni aytib turadilar, o’zlarini ular bilan birga o’ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo’lgan san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan. badiiy asarning ba'zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o’yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar. Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda quyilgan vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlikka intilish namoyon bo’la boshlaydi. Bolalar o’yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o’ynnlarida obrazlarning ifodali bo’lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo’ladi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to’qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o’zlarining va o’rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo’lib qoladilar. Kuzatayotgan san'at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o’qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko’ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o’z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go’zallikka, san'atga, badiiy va o’yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi. Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar xulqidagi yashirin sabablarni ular hali anglab yeta olmaydilar, bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom etadi, ammo ularning fikrlari hali aniq, barqaror emasligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirish dolzarb axamiyatga molik masalalardan biridir.
Tayyorlov guruxlarida bolalarni tasviriy faoliyat orqali turli ranglar jilosini his etishga, estetik qobiliyatlarini o‘stirishga, faol, chuqur fikrlashga va ko‘tarinki kayfiyatda ishlashga o‘rgatib borish muximdir. Tasviriy faoliyat (rasmda, loy ishi, applikatsiya) bolalarda nafaqat qiziqish uyg‘otadi, balki ularni o‘rab turgan olamni o‘z ishida aks ettirishda, olamni ko‘z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman har tomonlama shakllanishiga (estetik, aqliy, axloqiy) turtki bo‘ladi. SHunday qilib, - maktabgacha ta'lim yoshi davri tarbiyaviy ta'sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o’rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir. Tarbiyalanuvchilarni estetik tarbiyalash omillari va vositalari
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini xal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma'lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish,orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog’langandir.
YUqorida ko’rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi.
Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o’z ichiga oladi.
Bular quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
o’yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari
bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash;
san'at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va shunga o’xshashlarga o’rgatish metodikasi mukammal ishlab chiqilgan. Bola ijodining mazmuniga ta'sir etadigan asosiy vosita.
Bolani hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta'sir etuvchi narsa tevarakatrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir. Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish estetik idrok va hislarni rivojlantirish bilan bog’liq holda olib boriladi. Agar bola qishki tabiatning go’zalligini his eta olsa, u albatta shu go’zallikni rasmda, hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi qahramonlar bola tushunchasiga yaqin bo’lsa, bunday kitoblar bolalar o’yini uchun rasm chizish va loydan narsalar vasash uchun bitmas-tuganmas manba bo’lib xizmat qiladi.
Agar bolalar tilning go’zalligini, she'rning ritmini, ohangdorligini his eta olsalar, o’zlari ham kichkina she’rlar to’qib, qofiyalar tanlashga urinadilar. Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma'lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi ta’minlanadi.
Bolalarni ijodiy maqsad qo’yishga o’rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko’ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o’yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o’zlarining badiiy, ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. SHu orqali u bolalarning o’ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o’rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga xavas juda erta uyg’onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo’lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish- yasash va boshqa sohalardagi iste'dodning ilk kurtaklarini ko’rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o’stirishlariga, ularga to’g’ri rahbarlik qilishlariga bog’liq.
3- chizma



Saxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko‘p jihatdan estetik kamolotiga ta’sir o'tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog'liq. Bunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi.Bolalar shuningdek bizni o’rab turgan dunyoning eng muhim estetik tomonlari va xususiyatlarini ham egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal va cholg’u, undagi mavzuni xilmaxilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, musiqali ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beriladi, Bolalar xalq qo’shiqlari va raqslari, doira bo’lib qo’shiq aytish, klassik va zamonaviy musiqa asarlari bilan tanishadilar.


chizma

MTMni o’rab turgan go’zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi. Pedagogika tizimiga xos bo’lgan estetika va etikaning birligini oilada MTMlarda kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol qo’llash mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun tarbiyachi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, xushmuomala, badiiy didli bo’lishlari talab etiladi.
B olalarni o’rab turadigan chiroyli narsalarning o’zi bolaga hech narsa bermaydi, shuning uchun bolalarni ularni ko’rishga, qadrlashga, baholay bilishga
o’rgatish kerak.
Tarbiyachi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, yaxshilab joy-joyiga qo’yilgan mebelga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. Har bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko’rib chiqiladi. Eng muhimi, hamma narsalarni bolaiarda estetik zavqni qo’zg’ata oladigan qilib ko’rsatish kerak.
Bolalarda estetik zavq uyg’otish uchun ularga kuzatilayotgan narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bolalarning hislariga ta'sir etish uchun bu xali etarli emas. Eng muhimi, bu yerda kattalarning namunasidir.
T arbiyachining o’zi zavqlansa, ortiqcha so’zlarsiz go’zallikka
qiziqish uyg’ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila
oladi.
Bolalar tarbiyachidan «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» - deb so’rashadi, tarbiyachi istirohat bog’iga borib ko’ramiz deb javob beradi. Bog’ga borishganda
bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlarni, yo’lkalarni kuzatamiz».
Bog’ning eng xushmanzara joyiga kelganda bolalar to’xtab, jim atrofga nazar tashlashadi-da, nima uchun oltin kuzligini tushundik. CHunki burglar tillaga o’xshaydi. «Ana qizil barglar», deyishadi ular hayajon bilan. SHamol bo’lishi bilan barglar erga tushadi. Yo’lkalar esa gilamga o’xshaydi. Ko’chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz hozir sizlar bilan MTM ko’chasidan yurib o’tamiz. Sizlar diqqat bilan kuzatib boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko’rsa. savrdan keyin so’zlab beradi». SHuni ta'kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalarni shu ajoyibotni ko’ra bilishga, undan hayratlana olishga o’rgatish lozim, Tabiatning go'zalligini va ajoyibligini inson hayot go’zalligiga, san'at go’zalligi va ajoyibotiga ayiantiradi.
Jonajon tabiat - estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi.
MTMda bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san'atning har xil turlari va janrlaridan (musiqa, rassomchilik haykaltaroshlik xalq amaliy san'ati. adabiyot va hokazo) foydalaniladi.


Yüklə 107,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin