Mundarija II bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Yüklə 152,68 Kb.
səhifə15/19
tarix11.05.2023
ölçüsü152,68 Kb.
#111696
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi111

Birinchisi, bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shavqatsiz raqobat - bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tatibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib keladi;
Ikkinchisi, bozor tizimi rag’batlantiriladigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashuviga olib keladi. Eng yangi texnologiya:
juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni;
yirik bozorlar bo’lishini;
kampleksli, markazlashgan va qatiyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishi;
boy va i shonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi.
Jamiyat a‘zolari daromadlaridagi tengsizlikni kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi - bozor iqtisodiyotining navbatdagi ziddiyatidir.
Ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarni ishab chiqarish, bozorga taklif qilishga qodir emasligi - bu umumiy e‘tirof qilingan ziddiyatlaridan biridir. Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf etaolmasligi ham uning ziddiyatli tomonlarini bildiradi.
Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta‘minlashga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste‘molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o’zining iste‘molchining xohishiga ancha mos keluvchi resusrlarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.


3-savol . Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari
Bozor tushunchasi bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. “Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalari bir-biridan farq qiladi.
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyotiga shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi atijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi.

Yüklə 152,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin