Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalami quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:
tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo'jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);
moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvehi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);
ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to‘plash, umumlashlirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilaming savdo-sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ulaming bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo’lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan. Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.