Nazorat qilish
Rag`batlantirish
Vositachilik
Tejamkorlik
Integratsiyalash
Bozor subyektlaring manfaatlarini ro`yobga chiqarish
Iqtisodiyotni sog`lamlashtirish
Narxni tashkil etish
3-rasm. Bozor vazifalari
Bozor turli xil vazifalami bajarsada, ular o‘zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini kо‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo’llaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy-texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Dostları ilə paylaş: |