Korporativ iqtisodiyot
Aralash iqtisodiyot
Mezonlar
Yirik ishlab chiqarish manfaatlari himoya qilish
Tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha shart-sharoitlar yaratish
Davlat dasturlarining maqsadga yo`naltirilganligi
Asosiy ustuvorliklarni belgilab olish
Taktik usullardan ustun ravishda foydalanish
Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari
Ahamiyatsiz darajada
Davlat sektorining iqtisodiyotdagi ulush
Ko`rsatilgan mezinlarga muvofiq keluvchi davlatlar
2-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-rasm).
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimiariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bolishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, modemizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.
2.2. Bozor iqtisodiyotining afzalligi va zaif tomonlari
Bozor iqtisodiyotining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog’liqdir. Bozor iqtisodiyotining afzalliklarini quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |