Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


Yurak –kon tomir kasalligi bilan kasallangan bеmorlarni ob'еktiv tеkshirish: kuzdan kеchirish, palpatsiya. Yurak sohasini palpatsiyasi, diagnoz kuyish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə45/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Referat - Bezgak

14.Yurak –kon tomir kasalligi bilan kasallangan bеmorlarni ob'еktiv tеkshirish: kuzdan kеchirish, palpatsiya. Yurak sohasini palpatsiyasi, diagnoz kuyish .
Obyektiv tekshirish o’z ichiga umumiy ko’zdan kechirish, palpatsiya , perkussiya, auskultatsiya , puls va qon bosimini aniqlashni o’z ichiga oladi.


INSPECTIO.

Yurak sohasini ko’zdan kechirganda yurak bukriligi ko’zga tashlanadi(tug’ma va turmushda orttirilgan yurak poroklarida).Yurak cho’qqisi sohasida yurak faoliyatiga sinxron ravishda yuzaga keladigan ritmik pulsatsiya yurak turtki zarbi deyiladi. Yurak turtki zarbi sistola vaqtida yurak cho’qqisini ko’krak qafasiga ritmik ta’siri natijasida yuzaga keladi. Agar yurak cho’qqi sohasidagi ritmik bo’rtib chiqish aksincha ichkariga tortilsa manfiy yurak zarbi deb ataladi. Bu holat yopishqoq perikarditda, perikard va qo’shni a’zolar bilan bitishmalar yuzaga kelganda kuzatiladi. Agar ozg’in kishilarda tirtki zarbi qovurg’alar ortiga tog’ri kelsa , u ko’zga tashlanmaydi faqatgina sistola vaqtida ozgina tortilishi mumkin(turtki zarbi odatdagi joyidan birmuncha o’ngroqda va yuqoriroqda kuzatiladi). Yurak zarbi – yurak pulsatsiyasi, o’ng qorincha gipertrofiyasi natijasida yuzaga keladi va epigastral sohada ko’zga tashlanadi(epigastral pulsatsiya).


Tomirlarni ko’zdan kechirish. Chakka arteriyalarining bo’rtib chiqishi va ko’zga tashlanishi ateroskleroz va gipertoniya kasalliklari uchun xos. Bo’yin sohasida uyqu arteriyasining sistolik kengayishi va diastolik puchayishi aorta klapanlari yetishmovchiligida kuzatiladi(karotid raqsi) va ba’zida shunga mos ravishda bemor boshini chayqashi simptomi(Myusse simptomi ) kuzatilishi mumkin . Karotid raqsi ba’zida o’mrov osti,yelka, bilak arteriyalari va hatto arteriolalarning pulsatsiyasi bilan davom etadi( pulsatsiyali odam ) .
Kvink simptomi – tirnoqqa yengil bosib ko’riganda sistola vaqtida qizarish , diastola vaqtida oqarish kuzatilganda yuzaga keladi.
Stoks yoqasi – yuqori kavak venaning qisilishi tufayli bo’yin venalarining kengayishi va bo’yin sohasida shish kuzatilishi. Aorta yoyi anevrizmasida to’sh suyagi dastasi ortida pulsatsiya ko’zga tashlanadi(retrosternal pulsatsiya) Yurak sohasida tarqoq yurak pulsatsiyasi cho’qqi turtki zarbidan biroz ichkarida chap qorincha anevrizmasi hisobidan transmural infarkt holatlarida kuzatiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin