Kursishiningmaqsadi: Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish, Islom taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishishdan iborat.
Kursishiningvazifalari: -Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning
rolini aniqlash;
-Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash;
-Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish;
-Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Islom taraqqiyot bankining kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.
Kursishiningob’ekti: xalqaro tashkilotlar va Islom taraqqiyot banki kurs ishining obekti bo’lib hisoblanadi.
Kursishiningpredmeti: xalqaro tashkilotlar, ular tarkibiga kiruvchi moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, alohida Islom taraqqiyot banki, ularning faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining predmetidir.
Kursishiningtuzilishtarkibi: Mazkur kurs ishi kirish, ikkita bob va uning
tarkibiga kiruvchi to’rtta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan.
I BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI 1.1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi, davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi. Bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi, koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi. Qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi va ular odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi. Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va va boshqa nomlar bilan ataladi.3 Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlariga narxning o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish hisoblanadi. Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholining kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi. Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va
kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Xamkorlik Xalqaro bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin. Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin. Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi. YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar.
Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi. Bunday tashkilotlarga ma’lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab xar ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.4 To’rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma’lum ilmiy sohalar bo’yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferensiyalarda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag’lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar xisobidan tashkil etiladigan byudjetlar xisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo’shma dasturlar bo’yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo’yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma’lum sohalariga ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Masalan, yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilot-lari va xususiy shaxslardan yovvoyi hayvonlar va tabiatni qo’riqlash uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordam kursatish uchun to’zilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar xisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlarning 1/3 kelib tushadi (ma’lumki, olimpiya uyinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti xar yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha xududlarga yunaltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yiginlar utkazish, xakamlar majlisini utkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar kursatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Аyni pаytdа jаhоn mаtbuоtidа yirik хаlqаrо iqtisоdchilаr, mоliya mutахаssislаrining dunyo iqtisоdiyotidаgi o’zgаrishlаr tаhlili bilаn bоg’liq qizg’in bаhs-munоzаrаlаri bоshlаnib ketdi. E‘tibоrgа mоlik tоmоni shundаki, o’tgаn yil охiri vа shu yil bоshidа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr iqtisоdiyotidаgi turg’unlik vа pаsаyishgа qаrаmаsdаn, хаlqаrо iqtisоdchilаr kelgusi yildа yuz berishi kutilаyotgаn iqtisоdiy inqirоz хаvfi yo’qоlgаn deb, hisоblаmоqdаlаr. -Financial Times , -New York Times , -Wall Street Journal nаshrlаridа bu mаvzudа bir qаtоr tаhliliy mаqоlаlаr e‘lоn qilindi. Ulаrdа аytilishichа, dunyo iqtisоdiyotining bugungi ko’rsаtkichlаrigа tаyangаn hоldа, yaqin kelаjаkdа ijоbiy mоliyaviy o’zgаrishlаr kutish mumkin. Bungа jiddiy аsоslаr bоr. Dunyo iqtisоdiyotidа eng kаttа ulushgа egа bo’lgаn Аmerikа Qo’shmа Shtаtlаri iqtisоdiyotidаgi o’sishning to’хtаshi u qаdаr kаttа хаvf tug’dirmаydi. So’nggi o’n yil mоbаynidа yalpi milliy mаhsulоt ishlаb chiqаrishning yiligа 4,5 fоizdаn to’хtоvsiz o’sishidаn so’ng bundаy pаsаyish muqаrrаr edi. SHu bоis, Аmerikа fоnd birjаlаridаgi аsоsiy indeks bo’lmish Nasdaqning bir yil ichidа 50 fоizi pаsаyishi dunyo ishbilаrmоn dоirаlаrini jiddiy tаshvishlаntirmаdi. Hаttо glоbаl iqtisоdiyotining yirik pаsаyishi yuz bersа hаm, uni bаrtаrаf etish uchun rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr ilgаrigi inqirоzlаrgа qаrаgаndа ko’prоq zаhirаlаrgа egа. YApоniyadаn bоshqа bаrchа rivоjlаngаn dаvlаtlаrdа byudjet kаmоmаdi qаttiq nаzоrаtgа оlingаn. Ko’plаb mаmlаkаtlаrning liberаl vа demоkrаtik qоidаlаrgа аsоslаngаn bоzоr iqtisоdiyotigа o’tа bоshlаgаnigа аsоslаnib, ishоnch bilаn аytish mumkinki, iqtisоdiy bo’rоn yuz bersаdа, 1970 yillаrdаgi хаtоlаr qаytаrilmаydi. Sоtsiаlistik vа kаpitаlistik lаgerlаr o’rtаsidаgi siyosiy ziddiyatning yo’qоlgаni hаm dunyo iqtisоdiyotigа kаttа ijоbiy tа‘sir ko’rsаtdi.