KIRISh
Respublikamiz elektrlashgan temir yo‘llarining tortuvchi nimstansiyalari o‘zgaruvchan tok temir yo‘l elektr tortuvchi, notortuvchi, sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa iste'molchilarni kompleks energo ta'minlash vazifasini bajaradi.
Har qanday elektr energetika tizimini hisoblashda, loyihalashda, ishlatishda ularda uchraydigan shikastlanish va normal rejimni buzilishi (nonormal rejim) sodir bo‘lishi mumkin. Nonormal jarayon ko‘p hollarda elektr tizimlarining ayrim qismlarida tokning me'yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning haddan ziyod pasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Elektr tizimlaridagi shikastlanish va nonormal ish rejimlar ularni avariya holatiga keltirishi mumkin.
Bundan esa elektr energiyani ishlab chiqaruvchi, uzatuvchi, taqsimlovchi uskunalar zarar ko‘rishi, elektr energiyaning sifatining buzilishi hisobiga iste'molchilarning ishlab chiqarish mahsulotining hajmi kamayishi va sifati buzulishi mumkin.
Avariyaning kelib chiqishiga ko‘p hollarda energiya ishlab chiqaruvchi yoki taqsimlovchi uskunalarning ayrim kamchiliklari, loyiha xatoliklari, montaj va foydalanishdagi nosozliklar asosiy o‘rinni egallaydi. Iste'molchilarni uzluksiz sifatli elektr energiya bilan ta'minlash uchun elektr tizimining shikastlangan qismini tez uzib tashlash zarur.
Eng og‘ir shikasilanishlardan qiska tutashuvlar (KZ) ulardan esa uch fazali qiska tutashuvlar hisoblanadi. Elektr sistemaning har qanday qismida sodir bo‘ladigan qisqa tutashuv qolgan boshqa uchastkalarning holatiga ta'sir etishi mumkin, shuning uchun qisqa tutashuv bo‘lgan sxema uchastkasini o‘chirib ajratish juda qisqa vaqt, ya'ni 0.10,01 sekund ichida amalga oshirilishi lozim. Elektr sistemani saqlashda maxsus sxemalar, avtomat ravishda ishlovchi releli himoya uskunalari yoki saqlagichlar ishlatiladi. Releli himoyaning asosiy vazifasi uch fazali elektr tizimlarini qisqa tutashuv hamda o‘ta yuklanish toklaridan, elementlarining nonormal ish rejilaridan muhofaza qilish, shikastlangan qismini avtomatik tarzda boshqa shikastlanmagan qismlaridan uzib ajratish hisoblanadi.
Releli himoya elektr avtomatikasining asosiy turi bo‘lib, energetika tizimidagi barcha elementlarning holatlarini uzluksiz tekshirib, nazorat qilib boradi. Energetika tizimilaridagi shikastlanishni rele himoyasi aniqlaydi va tizimning shikast ko‘rgan qismini maxsus katta tokga mo‘ljallangan o‘chirgichlariga ta'sir etib o‘chiradi. Energetika tizimida nonormal sharoit vujudga kelganda himoya uni aniqlaydi va bu holatning tavsifiga qarab, normal sharoitni tiklash uchun kerakli bo‘lgan chora tadbirlarni qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga xabar beradi.
Releli himoya alohida avtonom qurilma sifatida elektr sistemaning elementlari va sxemalariga kiritiladi. Himoya tizimi qisqa tutashuv yoki boshqa normal bo‘lmagan ish jarayoniga qarab aniqlangan elementni o‘chirish uchun uning uzuvchi uskunasiga ta'sir etadi.
Elektrlashgan temir yo‘l 1-toifali iste'molchilar turkumiga kiradi. Uning ta'minoti buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Shuning uchun tortuvchi nimstansiyalarni energosistemadan ta'minlanish sxemalari elektr ta'minotni yuqori ishonchli va uzluksizligini ta'minlash lozim.
Tortuvchi nimstansiyalar 110 kV kuchlanishli tashqi energosistemadan ta'minlanib, kuchlanishni kontakt tarmoqlarni oziqlash uchun kerak bo‘lgan 27,5 kV gacha yoki boshqa ist'molchilarga kerak bo‘lgan 38,5 kV ga yoki boshqa kuchlanishga o‘zgartirib beradi va ta'minlaydi (1.1-rasm). Ushbu o‘zgartirish vazifasini tortuvchi nimstansiyaning eng asosiy elementi bo‘lgan pasaytiruvchi kuch transformatoridir. Uni uzluksiz ishonchli ishlashini har doim ta'minlab turish kerak. Jumladan, bu vazifani transformatorning releli himoyalari bajaradi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu bitiruv malakaviy ishning mavzusi: “Tortuvchi nimstansiya transformatorlarining himoyalash turlari va ularni tanlash” deb olindi va u kirish, asosiy qism, iqtisodiy qism, mehnat muhofazasi, xulosalar va adabiyot qismlaridan tashkil topdi. Asosiy qism qisqacha nazariy ma'lumotlardan va BMI mavzusiga mos hisobiy qismdan iborat.Bitiruv malakaviy ishida iqtisodiy va mehnatni muhofaza qilish qismlari topshiriqlari
bajarildi.