Mundarija kirish 3 I bob. Yaponiya madaniyatida din va adabiyot


YAPON MODDIY VA MA’NAVIY MADANIYATI



Yüklə 57,81 Kb.
səhifə4/14
tarix06.03.2023
ölçüsü57,81 Kb.
#86905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3.Yaponiya madnitaining shaklnanish davr

YAPON MODDIY VA MA’NAVIY MADANIYATI.
2.1. xalq amaliy san’ati
Tasviriy san’at. Yaponlarda dastlab o‘z tasviriy san’at uslubi bo‘lmagan, tasviriy san’atning rivojlanishida qog‘oz, ipak va kanopli matolarning yaratilishi turtki bo‘lgan25. Buddizmning kirib kelishi ham yapon tasviriy san’atiga o‘z hissasini qo‘shgan. Shunday ekan, buddizm Hindistondan Xitoyga, undan Koreyaga nihoyat Yaponiyaga kirib kelishi rassomchilik va haykaltaroshlikni vujudga keltirgan. Xitoyda tasviriy san’atda hukmdor tasvirini chizish urf bo‘lgan. Yaponiyada ham bu an’ana “oqsuyaklar tasviri”ni jilolash bilan o‘z o‘rnini topgan. IX asrda imperator Semmyo davridan sulolaviy tasvirlarni chizish an’anaga aylandi. O‘rta asr yapon rassomchiligida Xitoy tasviriy san’atining barcha elementlarini ko‘rishimiz mumkin. X asrdan boshlab yapon musavvirlarining asosiy tasvir uslubi: yapon manzaralari, xalq urf odatlarini o‘ziga xos tarzda tasvirlash bo‘ldi. Ushbu tasviriy ijod usuli – “yamato-e”(やまと 絵) deb nomlandi26. Bu usulda tabiat manzaralari, odamlar hayoti tasvirlangan. Yamato-e atamasidagi “yamato” so‘zi yaponlarning buyuk yo‘lboshchisi –Yamato Nakatomi nomidan olingan bo‘lib, “e” – rasm degan ma’noni anglatadi. Yamato-e deb nomlanishiga sabab, tasviriy san’at Xitoydan o‘zlashtirilgan va Xitoy tasviriy san’at uslubi “kara-e” deb nomlangan, kara-e atamasidan farqlanishi uchun yamato-e deb nom berishgan 27. Yamato-e usulida dastlab yaponcha manzaralarni tasvirlash yetakchilik qilgan bo‘lsa, keyinchalik bu usulda Budda tasvirini ifodalash yetakchi o‘rinni egalladi. Bunga yorqin misol qilib, Udzida 1053-yilda qurilgan Amida ibodatxonasi (hozirgi kunda Hoodo ibodatxonasi) tushirilgan tasvirlar; “Amida yurakdan ishonuvchilar uchun osmondan tushishi” kabi tasvirlarni misol keltirishimiz mumkin. Bu tasvirda oqsuyaklar o‘rnini diniy mavzu egallagan. Yamato-e rassomchiligi zodagonlar hayotida muhim ro‘l o‘ynagan. Yamato-e rasmlari ikki tomonga suriladigan pardevorlar va chiroyli pardalarga tushirilgan. Bunda asosan zodagonlarning mehmonlar tashrif buyuradigan xonalari devor va pardalariga, uyning ayvoniga rasmlar chizilgan, bu holat ularning hashamatli hayot kechirishini anglatgan. Yamato-e tasvir usulida yaratilgan badiiy tasvir vositalariga biz “Genji monogatari” asari orqali ham guvoh bo‘lamiz. Yamato-e tasvir usulida keyinchalik tsukinami-e tasviriy san’at janri paydo bo‘ldi. Bu rassomchilik yo‘nalishida tasvir obyektlari: tabiat belgilari, yilning ramziy belgilari, gullagan olcha daraxti – sakura, oy tasviri, yil yakunidagi marosimlar, sevimli ranglar marosimi, ruhlarni haydash kabilar hisoblangan. Asosiy mavzuda inson turadi, shu bilan birga yapon rassomchiligida tasvir obyektlari serqirraligi bilan o‘rta asr Xitoy rassomchiligidagi mavzu obyektlari: gullar, qushlar, tog‘ va suvlardan farq qilgan. O‘rta asrning badiiy durdonasi bo‘lmish “Genji monogatari”dagi tasvirlangan rasmlarni kuzatadigan bo‘lsak, “sovuq kuz shamoli”, “gullar aro bazm” kabi tabiat hodisalari rang tasvirlar orqali asar qiymatini oshirgan. O‘rta asr tasvirlaridagi mavzularda inson va tabiatning uyg‘unlashgan holatini aks ettirish urf bo‘lgan. Bu mavzu Heyyan davrida asosiy tasvir mavzusi hisoblanib, keyingi davrda ham bu an’ana rivojlanib borgan. Jingoji ibodatxonasi pardalaridagi tasvirlar shu mavzuda yaratilgan Kamakura davrining noyob yodgorligi hisoblanadi.
O‘rta asr rassomchiligida “Emakimono”28 ≪絵巻物≫usulidagi tasviriy san’at namunalari ko‘plab uchraydi. Emakimono usulidagi rasmlar yamato-e yo‘nalishida yaratilgan gorizontal o‘ram shaklidagi rasmlar hisoblanadi. Emakimono kabi gorizontal uzunlikdagi tasviriy san’at namunalari Xitoyliklarda uchramagan29. Bu shaklda yaratilgan rasmlarni yapon xalqi amaliy san’atining ixtirosi deb atash mumkin. Emakimono rasmlari o‘ziga xos bo‘lib, bu yo‘nalishdagi tasvirlar rangli qog‘ozlarga chizilib, rasm ichida “vaka”30 janriga oig she’rlar ham yozib qo‘yilgan. She’rlar rasmga yanada estetik go‘zallik baxsh etgan31. Ko‘pincha emakimono rasmlariga hikoyalardan namunalar ham yozilgan, shu xususiyati bilan, emakimono tasvirlari rasmli hikoya deb ham aytilgan. Matnlar rasmlar orasiga iyerogliflar orqali yozilgani sababli emakimono deb atalgan. “Genji monogatari” asaridagi voqealar ham emakimono usulidagi rasmlar yaratilishiga asos bo‘lgan. Rasmdagi obrazlarni kuzatish orqali ham undagi badiiy g‘oya va emotsional atmosferani tushunish mumkin. Asardagi rasmlarda zodagonlar yorqin rangda tasvirlangan, tasvirga berilgan izohlar o‘ziga xos xusnixat shaklida yozilgani asarning badiiy qiymatini yanada boyitgan. Emakimono rasmlari ichida yana e’tiborga sazovor bo‘lgan rasmlardan biri- “Sisigan-engi-emaki” va “Bandainagon-emaki” hisoblanadi. Birinchi rasmda Sisigan tog‘idagi kenglikda olamonning sholi ombori xo‘jayini tomon yopirilib kelishi holati tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchi rasmda esa, hayajon bilan markaziy darvoza (Otemon) tomon yugurib kelayotgan amaldor va shaharliklar holati tasvirlangan. Bu ikki rasmda betakror go‘zallik va o‘ziga xoslikka guvoh bo‘lamiz. “Genji monogatari”dagi tasvirlardagi yorqin ranglar asardagi obrazlar kayfiyatini ifodalash uchun ishlatilgan. Asarda faqat zodagonlar hayotidan tashqari, ular bilan bir qatorda oddiy insonlar ham tasvirlangan. Asardagi rasmlar Yaponiya tarixidagi XI-XII asrlardagi zodagonlar jamiyatining inqirozga yuz tutishi haqidagi voqealardan darak beradi, masalan, zodagonlar hukmronligining tugashi, feodal va harbiy tabaqalarning paydo bo‘lishi va kuchayishi, sobiq-imperator hokimiyatining o‘rnatilishi Tayra va Minamoto xonadonlari o‘rtasidagi janglarni aytishimiz mumkin.
Dzen rassomchiligi. O‘rta asr tasviriy san’atdagi yangi yo‘nalishlardan biri Dzen rassomchiligi hisoblanadi32. Dzen rassomchiligida tabiat manzaralari, odamlar jamoasi, buddaviylik ibodatxonasi, turli landshaft tasvirlari hisoblanadi33. Dzen rassomchiligida tasvirlardan asosiy maqsad hayot haqiqatini turli ranglar va manzaralar orqali ochib berish hisoblangan. Dzen rassomchiligidagi ijodkorlar Dzen kohinlarining ichidan yetishib chiqdi. Shulardan biri serqirra, nodir rassom Kichizan Mincho (1352-1431) hisoblanadi. Mincho Ichki yapon dengizi tutashgan Honshyu oroli yaqinidagi, Avaji orolida bosh kohin bo‘lgan. Uning asosiy faoliyati Kyotoda Kofukujida o‘tgan. Bu yerda uning dzen buddaviylikdagi mahorati namoyon bo‘la boshlaydi, buni u yaratgan 2 asaridan bilishimiz mumkin. Ulardan biri “Buddaning tarixiy o‘limi” sahnasi tasviri bo‘lib, Mincho tomonidan g‘ayritabiiy usulda yaratilgan. Ikkinchisi esa “Ennining rasmiy portreti” hisoblanadi. Buddaning tarixiy o‘limi sahnasi (1408) rasm sirtida sharhlar ham yozilgan. Bu ikkala rasm an’anaviy usulda yaratilgan bo‘lib, toat ibodat vaqtida foydalanilgan Minchoning Enni tasviri Kyotoda Manjuji tomonidan yaratilgan bo‘lib, Mincho ijodida o‘xshashliklar ko‘zga tashlanadi. Mincho yaratgan yana bir o‘ziga xos tasvir bu 1421-yilda buddizm mavzusida yaratilgan “Tatchu” (oq libosli) hisoblanadi. Bu rasmda ichki ma’naviy go‘zallik g‘oyasi ilgari surilgan.
Kakemono. Kakemono (かけ物) o‘rta asrda paydo bo‘lgan ko‘rgazmali rasm usuli hisoblanadi34. Kakemono usuli ham Dzen buddaviylik asosida vujudga kelgan. Kakemono osib qo‘yiladigan yig‘ma sur’at bo‘lib, uni tayyorlashda qog‘oz, ipak, bo‘yoq va yog‘ochdan foydalanilgan. Kakemonoda qog‘oz to‘rtburchak shaklga keltirilib ipak ip bilan mahkamlangan35. Bu rasmni devorga osib qo‘yish mumkin bo‘lgan va yog‘och yordamida to‘g‘irlangan. Kakemono rassomchiligida asosan qora rangli bo‘yoqdan foydalanilgan. Qora bo‘yoqlar yaponcha “sumi” deb nomlanib, uni tayyorlashda qarag‘ay shox-shabbalarini yoqib uni qora kuyasidan tayyorlangan. Kakemono rassomchiligining rasmiy ko‘rinishi, Heyyan davri buddizm musavvirlari ijodida ko‘ringan bo‘lib, keyinchalik ilk feodalizm davrdan boshlab Dzen buddizm rassomlari tomonidan choy marosimlarida kakemono mavzusini tasvirlash urf bo‘la boshlagan. Kakemono rassomchiligida tasvir obrazli tarzda bo‘lgan. Misol uchun “Bunkan” rasmida gullagan daraxt shoxi tog‘ ustida turgan holati yasvirlangan. Kakemono usulida yaratilgan rasmlardan biri Mincho tomonidan yaratilgan 1413-yildagi “tog‘ daryosi yonidagi uy” tasviri o‘ziga xos landshaft manzarasi bilan kakemono janrining noyob namunasi hisoblangan. Minchoning “oq libosli” boxtisatva rasmi ham kakemono janrining yuqori qiymatga ega namunasi hisoblanadi. Boxtisatva ayol ko‘rinishida qoyatosh ustida o‘tirgan holati, uning kiyimidagi oq rang, uning nigohlaridagi ma’naviy olam, tasvirdagi badiiylik qiymatini ochib bergan. O‘rta asr yapon tasviriy san’atinidagi mashhur janrlarni O‘rta Osiyo tasviriy san’ati bilan taqqoslasak, Mavorounnahrda bu paytga kelib, miniatura janri rivojlandi. Miniatura janrida bo‘yoqlardan mohirona foydalanish orqali serjilo tasvirlar yaratildi. Bu janrda shuhrat qozongan Kamoliddin Behzod, Bahouddin Naqshband, Mirrak Naqqosh, Mahmud Muzahhib kabi rassomlar o‘z ijod namunalarida o‘rta asrning ijtimoiy, siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotiga oid jarayonlarni mahorat bilan tasvirlagan. Bu davrda yapon va O‘rta Osiyo tasviriy san’atidagi farqlar turlicha bo‘lib, yaponlarda diniy mavzu va unga bag‘ishlangan namunalar yetakchilik qilgan bo‘lsa, O‘rta Osiyoda esa tasviriy san’atida esa, tabiat mavzusi va arab harflari orqali so‘z sehrini tasvirlash urf bo‘lgan.

Yüklə 57,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin