O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI YAPONSHUNOSLIK FAKULTETI
“O‘rganilayotgan mintaqa tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi” fanidan
Kurs ishi
MAVZU: Yaponiya adabiyoti va madaniyati manbalari.
Bajaruvchi: 4-bosqich, yapon-ingliz guruhi talabalari
Misiriddinov Nurbek
Ilmiy rahbar: Alimova Laziza
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
Kirish 3
I BOB. Yaponiya madaniyatida din va adabiyot
1.1 Akihito imperatorligi 5
1.2 Yapon arxividagi ba’zi materillar……………………………………………..7
1.3. Kojiki va Nihon Shoki………………………………………………………..8
II BOB. Yapon arxiv shunoslik tarixi
2.1 Heian davri arxiv manbalari……….………………………………………….14
2.2 Genji haqida ertak………………….………………………………………….15
2.3 Kamakura davriga tegishli arxivlar...…………………………………………18
III BOB. O‘rta asr yapon arxiv shunoslik tarixi
3.1 Edo davriga tegishli arxivlar…………………………………………………..23
3.2 Shoheizaka Gakumonjo……………………………………………………….24
3.3 Momijiyama Bunko…………………………………………………………...25
3.4 Wagaku Kodan Shobun……………………………………………………….25
3.4 Igaku Kanbon……………………………………………………………..…..26
Xulosa 27
Adabiyotlar ro‘yxati 30
1.1 Yaponiya madaniyatida din va adabiyot
Sintoizm. Sinto1 dini o‘rta asrga kelib o‘zida buddizm va konfutsiylık an’analarini mujassamlashtirgan ko‘rinishga keldi2. Sintoizm asosan yapon xalqi an’analari, diniy marosimlari, bayramlarida namoyon bo‘ldi. Buddizmning dzen mazhabi o‘rta asrda rivojlanib, asosiy din darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsada, sintoizmning nufuzi XIII-XIV asrga kelibgına bir pog‘onaga ko‘tarildi. Sıntoızmnıng mavqeyı oshıshıda, Mo‘g‘ullarning (1274-1281-yillarda) Yaponiyaga qilgan yurishi chog‘ida, ularning yapon dengizida kamikadzega3 uchrab halok bo‘lishi voqeasi sabab bo‘ldi. Bu holatni yapon xalqi “sinto ilohalari Yaponiyani tashqi xavfdan qutqarishdi”-deb baholashdi. Chunki, kamikadze sintoizmdagi kamdan kam yuz beradigan tabiat hodisasi hisoblanadi. Kamakura syogunligi imperator Godaigo (1288-1339) hokimiyatini ag‘dargandan so‘ng, imperator Kemmu (1333-1336) qayta tiklanish siyosatini amalga oshirgach, sinto dini mamlakat siytosiy mafkurasining asosini tashkil etdi. Sinto dining mohiyati yana yangilanib, yapon xalqining kelib chiqishi va milliy o‘zligini asoslovchi ta’limot Gukanshoda o‘z aksini topdi4.
Sintoizmda xalq marosimlarining tartib-qoidalarini mujassamlashgan. Marosimlarda sinto xudosi “kami”5 ulug‘langan. Sintoizmda asosiy mavzu odamlar, xudolar, tabiat hisoblanib, ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik hisoblangan. Sintoizm madaniy hayotda ko‘proq me’morchilik va haykaltaroshlikda namoyon bo‘ldi. Me’morchilikda Sinto ziyoratgohlari va ibodatxonalarini qurish, haykaltaroshlikda esa sinto ilohalari –kami larning haykallarini, budda ma’budlari kabi tasvirlash urfga aylandi. Sinto ibodatxonalari “jinja” – deb nomlangan. Sintoizdagi diqqatga sazovor ilohlardan biri bu urush xudosi Hachiman hisoblanadi. Buni biz o‘rta asr sinto haykaltaroshligidagi asosiy mavzu obyekti uning tasviri bo‘lganligidan bilishimiz mumkin. Hachiman ham buddizmdagi Boxtisatva kabi xalq himoyachisi hisoblangan. U shuningdek, imperator xonadonidagi qarindoshlari o‘rtasidagi yaqinlikni ham nazorat qilgan6. Uning o‘rta asrga xos bo‘lgan ko‘rinishi budda rohiblari kabi bo‘lgan. Shu bilan birga, o‘rta asrga xos bir qancha sinto maktablari vujudga keldi.
Shulardan biri – Ryobu sinto (ikki xil ko‘rinish) hisoblanib, bu maktab qarashlari Shingon sinto maktabi kabi o‘xshash bo‘lgan. Bunga ko‘ra ichki muqaddas joy taizokai (bachadon-olami) va tashqi muqaddas joy kongokai (0 tashqi olam) kabi ikki xildagi shaklga ega diniy olam haqidagi g‘oyalar ilgari surilgan7.
Ikkinchi makatb Sanno sinto bo‘lib, uning g‘oyasi sanno ichijutsu (yagona haqiqat) hisoblangan. Sanno sinto maktabining qarashlarida Budda Shakyamuni va Amaterasu Omikamilardan panoh so‘ralgan.
Vatarai sinto XIII asrda sinto rohiblarining davomchilari bo‘lmish Vatarai oilasi tomonidan asos solingan. Vatarai sinto (tashqi ibodatxona)ga, ya’ni Amaterasuga ibodat qilish haqida ta’kidlanadi. Vatarai sintoda sintoizmning muqaddas 5 kitobi ulug‘lanadi.
Yuiitsu sinto. Bu maktab asoschisi Yoshida Kanetomo (1435-1511) hisoblanadi. Bu diniy maktabda sintoizmdagi honji suijaku8 g‘oyasiga qarshi chiqilib, sinto ilohasi kami ulug‘lanadi. Syogun Toyotomi Hidayoshining 1598-yilgi dafn marosimi Yiitsu sinto an’analari asosida amalga oshirilgan.
O‘rta asrda sintoizm xalq amaliy san’ati va ma’naviy madaniyatining boyishida asosiy rolni o‘ynadi. Sintoizm yapon xalqining milliy an’ana, bayram va marosimlaridagi mazmun-mohiyatni yangilab, ularda yangicha qiyofani shakllantirdi. Har bir madaniy na’munalarning mantiqiy va falsafiy jihatlarini ochib berdi.
Dostları ilə paylaş: |