Mundarija kirish 3 I bob. Yaponiya madaniyatida din va adabiyot



Yüklə 57,81 Kb.
səhifə5/14
tarix06.03.2023
ölçüsü57,81 Kb.
#86905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3.Yaponiya madnitaining shaklnanish davr

Haykaltaroshlik. O‘rta asrlarda (XII-XVI) Yaponiyada feodal jamiyat qaror topishi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotida o‘zgarishlar yuz berishi bilan bir qatorda madaniy hayotda ham o‘zgarishlar bo‘lgani ko‘zga tashlanadi. Buddizmning ahamiyati bu davrda oshishi ham yapon xalqi amaliy san’atida muhim ro‘l o‘ynadi36. Haykaltaroshlikning rivojida buddizm yetakchi ro‘l o‘ynaganligi tarixdan ma’lum, o‘rta asrlarda haykaltaroshligida, xususan, Kamakura davrida bu san’atda har bir qahramonning haykalini yaratish davomida unda dramatik ruh va ma’naviy dunyosini aks ettirish muhim hisoblangan. Eng asosiy jihati shundaki, bu davr haykaltaroshligida madaniy erkinlik alomatlari mavjudligini bilishimiz mumkin. Yapon haykaltaoshlik madaniyatiga asos buddizm hisoblanib, bu din Heyyan davrida zodagonlarning tayanchi bo‘lgan va bu davr “aristokratik madaniyat” gullagan davr hisoblangan.
XII asrda Tayra va Minamoto xonadonlari o‘rtasida urushlar chog‘ida ham ko‘plab ibodatxonalar va ulardagi haykallar vayron bo‘ldi. Keying yillarda esa bu yodgorliklarni qayta yaratish ishlari amalga oshirildi. Nara davrida yaratilgan haykallar va ibodatxonalar o‘rta asr haykaltaroshligi rivoji uchun ideal vazifasini bajargan. Todaiji ibodatxonasi va Kofukuji monastirlari fikrimiz dalili bo‘la oladi37. Buyuk san’at asarlari ham mohir haykaltaroshlar tayyorlaydigan maktab ham Nara shahrida joylashgan edi. O‘rta asr haykaltaroshlik san’atida yapon xalqining ilk diniy tasavvur elementlaridan foydalanildi. Mohir haykaltaroshlar Narada yashagan bo‘lishsa, keyinchalik Kyotoga ko‘chib kelishdi. Shundan keyin XII-XIII asrlarda Kyoto buyuk haykaltaroshlari bilan shuhrat qozondi. Haykaltaroshlik va tasviriy san’atda yetakchi bo‘lgan maktablardan biri Dzyotyo maktabi edi. Bu yerda so‘nggi Heyyan davriga oid ko‘plab tasviriy san’at asarlari, qadimiy yapon xudolarining haykallari (6 qo‘lli iloha Fukukenjaku-Kanon) va boshqalar yaratilgan bo‘lib, keyingi namunalar ham shular asosida yaratilgan. Bu davr haykaltaroshlik san’atida Nara davri an’analari asos qilib olindi. Haykal yasashdagi materiallar: tuproq, metal, tosh va lakdan foydalanildi. XV asrda bronzadan ko‘plab yodgorliklar yaratildi. Kristallardan esa haykallarning ko‘zini “jonli ko‘z” shakliga keltirish uchun foydalanilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bir qancha haykaltaroshlik maktablari faoliyat yuritgan bo‘lib shulardan biri Kei maktabi hisoblanadi va bu yerda bir qancha haykaltaroshlar yetishib chiqishdi. Bu maktabni asoschilaridan biri Raijo (1044-1119) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u haykaltarosh Jokkouning shogirdi hisoblanadi. XII-XIII asrda yashagan haykaltaroshlardan biri Kokei (1175-1200) Kei maktabida hunarmandlar jamoasini tuzib yetakchilik qiladi va Kofukuji ibodatxonasining qayta ta’mirlanishida ham ishtirok etgan. Bu maktabning yana taniqli haykaltaroshlaridan Kokeining o‘g‘li Unkei, shogirdlari: Kaikei va Joukeilar hisoblanadi. Ulardan keyin yetishib chiqqan haykaltaroshlar Unkeining o‘g‘illari: Tankei, Koun, Koben va Kosholar bo‘lishdi38. Unkei Kei maktabini Kyotoga ko‘chirdi. Buning natijasida Kyotolik haykaltaroshlar Naradan kelgan iste’dodli haykaltaroshlar bilan birgalikda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu hodisa haykaltaroshlik sohasi uchun innovatsion yutuq bo‘ldi desa aslo xato bo‘lmaydi. Kokeining haykaltaroshlik sohasida yaratgan namunalari 1189-yil Kofukujidagi sakkiz burchakli zal hisoblanadi. Bu zaldagi asosiy tasvir Fukukenjaku-Kanon haykali hisoblanadi. Fukukenjaku-Kanonning asl nusxasi 746-yilda Narada yaratilgan va 1180-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘lgach, qayta tiklangan39. Kaikei ham o‘rta asrning mashhur haykaltaroshlaridan bo‘lib, Unkei bilan birgalikda san’at asarlari yaratgan. Unkei ham Kaikei ham taqvodor buddist bo‘lishgan, shu sababli buddaviylik ilohasi Amida qiyofasini yaratishda qatnashgan dastlabki haykaltaroshlardan hisoblanadi. Shuningdek, Kaikei Musaffo yer maktabida ta’lim bergan, shu sabali unga “Anami dobutsu” deb nom berishadi. Kaikei ijodidagi eng ko‘zga ko‘ringan asar bu 1201-yilda Todaiji ibodatxonasida yaratgan Sinto xudosi Hachiman haykali hisoblanadi. Jokei ham Kaikei kabi iste’dodli haykaltaroshlardan bo‘lgan. U yaratgan rohib Yuima haykali XII asr loydan yasalgan haykallar ichida eng noyobi hisoblanadi. Joukeining badiiy mahorati Yuimani keksa ahvolda bo‘lsaham baqquvat, sog‘lomlik hislatlarini mujassamlashtirib tasvirlagan. Unkeining ikki yosh o‘g‘illari Kosho va Kobenlar ham o‘z davriga monand haykallar bunyod etishgan. Kosho tomonidan rohib Kuuya haykali, Koben tomonidan esa, fonus tutgan iblis haykali yaratilgan. O‘rta asrning noyob yodgorliklaridan Sanjugendo mehrobi hisoblanib, bu yerda yaratilgan boxtisatva haykallari haykaltarosh Tankeining mahorati na’munasi hisoblanadi. Tankei (1173-1256) Kei maktabining faxriy haykaltaroshi Unkeining o‘g‘li bo‘lgan. U Sanjugendoda haykallar yaratibgina qolmay bu majmuaning loyihasini tuzishda ham boshchilik qilgan. XIII asr haykaltaroshligining rivoji bevosita yuqorida ta’kidlaganimizdek, Nara davri haykaltaroshlik an’analarini asos qilib olinganligidir. XIII asr haykaltaroshligidagi yutuqlardan biri deb 1252-yilda qurilgan Kotokuen ibodatxonasidagi ulkan bronza haykal – daibutsu40 Amida Neirai (11,5 m) haykalini misol keltirishimiz mumkin. Bu kabi yodgorliklar o‘rta asr haykaltaroshligining konsepsiyasi asosida yaratilgan deb aytish mumkin. XII-XIII asrda Yaponiyaga Xitoy Sun sulolasi davrida Dzen buddizmning kirib kelishi jamiyatda harbiy qatlam vakillarining asosiy mafkurasiga aylanish bilan bir qatorda, mamlakat milliy madaniyatida ham o‘z aksini topdi41. Dzen buddizm monastir ansambllari qurilishi bilan bir qatorda bu oqimning keng yoyilishi uchun ko‘plab haykallar yaratildi. Shu davrda yaratilgan haykallar: rohib Essai, Bukko Kokusi haykallari bir din doirasida yaratilgan bo‘lsada xarakterli tomoni bu haykallardagi estetik tasvir, real hayot manzarasi, ichki erkinlik kabi sifatlar aks ettirilgan. Haykaltaroshlikdagi yana bir xarakterli jihati shuki, savodsiz jangchi samuraylarning haykallarini yaratish bo‘ldi. Ularning qiyofasini dovyurak jangchi, o‘limdan qo‘rqmaslik, mag‘rurlik kabi sifatlar bilan tasvirlashgan. Ularning tasviri ikona shaklida yaratilgan. Shu bilan birga yuqori tabaqa vakillari ham haykaltaroshlikda aks eta boshladi. Bu oqsuyaklarning portretli haykali hisoblanadi. Bu usuldagi na’munalardan XIII asrda yaratilgan Minamoto Yoritomo va Hodzyo Tokiyorilarning portretli haykallari hisoblanadi. Bu tasvirlarda harbiy sarkardalarga xos vazminlik, farmonbardorlik xislatlari sezilib turadi. Shunday na’munalardan yana biri harbiy boshliq Uesugi Sigefuraning portretli haykali (Meigetsuen ibodatxonasi) hisoblanadi. Bu tasvirda harbiy shaxs tasviri sinto ilohalariga tutash tarzda vazminlik holati asosiy mavzu hisoblangan. Sinto haykallarida o‘rta asr tasvir mavzusi vazminlik, hotirjamlik, ozodlik bo‘lgan. Sinto haykallarida asosiy qahramon erkak qiyofasida tasvirlangan. Misol uchun, Hachiman haykali tasviri oddiy qiyofada aks ettirilgan.
XIII-XIV asr yapon haykaltaroshligida haykallar janrli xaraktrerga ega bo‘ldi. Buddizm va Sintoizm panteonlarida ikonali tasvirlardan buni bilishimiz mumkin. Bu davrning mashhur haykallaridan biri Sanjugendo ibodatxonasida (Kyoto XIII) keksa voiz Basu Sen’in haykali hisoblanadi. bu haykaldagi yorqinlik, bezaklardagi o‘ziga xos ahamiyatga egadir. O‘rta asr haykallari tasvirida badiiylik bilan bir qatorda falsafiylik ham ifodalangan.
XV asrdan boshlab yapon haykaltaroshligida rivojlanish bimuncha to‘xtadi. Mamlakatda notinchlik bo‘lishi, dinning mavqeyi pasayishi, oqsuyaklar hokimiyat tepasiga kelishi kabi sabablarni ko‘rsatish mumkin. Kamakura davrining so‘ngida monastirlarda budda haykallarini yasash buyurtmalari ham qisqardi. XV-XVI asr Muromachi davridan boshlab yapon milliy teatrlarining vujudga kelishi, haykaltaroshlikda yangi o‘zgarishga sabab bo‘ldi42. Bunga ko‘ra haykaltaroshlar endi haykallar emas, teatr aktyorlari uchun niqoblar yasaydigan bo‘lishdi. Bu xalq amaliy san’atining ma’naviy madaniyat bilan qorishishi hisoblanadi. haykaltaroshlarning badiiy mahorati shunda ma’lum bo‘ldiki, ular yasagan niqoblar aktyorlarning estetik qiyofasini yanada boyitgan, ya’ni niqoblarni ayol aktyorlar ham erkak aktyorlar ham taqishi mumkin bo‘lgan va bu orqali erkaklar rolini ayollar, ayollar rolini esa erkaklar ijro etishi teatr sohasida yangilik bo‘lgan43.
Xulosa qilib aytganda, O‘rta asr yapon tasviriy san’áti o‘ziga xos yangi jihatlar bilan rivojlanib boyib brogan. Bu davrning tasviriy san’atdagi muhim yangiligi Xitoy tasviriy san’at elementlari asosida milliy yapon rassomchilik uslubi “yamato-e” vujudga kelganligidir. Shu bilan birga “emakimono” va “kakemono” kabi yangi janrlarni yaratilishiga turtki bo‘ldi. Aynan emakimono rassomchilik janri o‘zida ham san’át ham adabiyotni aks ettirishi bu tasviriy san’atning noyob ixtirosi deyish mumkin.




    1. Yüklə 57,81 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin