Mundarija kirish 3 I bob. Yaponiya madaniyatida din va adabiyot



Yüklə 57,81 Kb.
səhifə7/14
tarix06.03.2023
ölçüsü57,81 Kb.
#86905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
3.Yaponiya madnitaining shaklnanish davr

Buddizm. O‘rta asrlarda buddizmning mavqeyi yuqori bo‘ldi. Buddizm bu davrda madaniy hayotning barcha tomonini qamrab oldi. Buni xalq amaliy san’atida dzen rassomchiligi va haykalataroshligining paydo bo‘lganidan, harbiy tabaqa vakillarining axloq kodeksi - Busido dagi qonun me’yorlaridan, aholi orasida moddiy madaniyatida qator o‘zgarishlar sodir bo‘lganligidan bilib olishimiz mumkin. Heyyan davrida (VIII-XII) buddizm aristokratlarning tayanchi va qudrat manbai hisoblangan52. Kamakura (XII-XIV) va Muromachi (XIV-XVI) davrida ham bu holat davom etdi. XI-XII asrlarga kelib bir qancha buddizm diniy maktablari vujudga keldi. Bular: Musaffo yer, Niteren va Dzen53 bo‘lib, madaniy hayotda sodir bo‘lgan qator o‘zgarishlarda bu maktablarning ahamiyati yuqori bo‘ldi.
Musaffo yer maktabi. Bu maktabning rivoji XIII asrdan boshlangan. Yaponiyada bu maktabning asoschisi Honen (1133-1212) bo‘lib, uning namoyondalari “ifloslangan yer”dan farqli bo‘lgan “musaffo yer” mavjudligini targ‘ib qilishgan54. Bunga ko‘ra, inson olami va undan tashqaridagi 8 ta do‘zaxdan boshlab, xudo doirasigacha bo‘lgan barcha dunyolar ifloslangan yerni tashkil etadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, mussafo yer mavjud bo‘lib, u yerda butun insoniyatni qutqarishga qasamyod qilgan Budda Amida hukmronlik qiladi. Unga sig‘inish orqali ruhiy taskinlikka erishish, (g‘arbiy jannatda tug‘ilishga erishish) mumkinligi aytiladi. Shu sababli, Budda Amida ulug‘lanadi. Musaffo yer maktabi go‘yalariga ko‘ra, insonlar yashayotgan olam tubanlik va ehtiroslar botqog‘iga botib ketgan, bundan qutulishning yo‘li ibodatlar va “yo‘qotilgan yer madhiyasi”ni aytish orqali erishiladi. Musaffo yer maktabi o‘z g‘oyalarini faqat so‘z va pand-nasihatlar bilan yoymadi, bunda ular san’atning haykaltaroshlik sohasidan foydalanishdi. Musaffo yer maktabi haykaltaroshlik va tasviriy san’atda o‘zining yorqin izini qoldirgan. Haykaltaroshlikda ezgulik va yovuzlik mavzusini aks ettiruvchi ilohalarni tasvirlash bu maktabning bosh maqsadi bo‘lgan.
Niteren maktabi ham XIII asrdan rivojlandi55. Bu maktabning nomi uning asoschisi bo‘lgan Niteren (1222-1282) nomi bilan bog‘liq. Bu maktab boshqa buddaviylik maktablaridan o‘zining murosasizligi bilan ajralib turadi. Bunga sabab maktabning tashkil topishi Yaponiyada ichki ziddiyatlar va tashqi xavf xatarlar (Mo‘g‘ullar bosqini 1274-1281) yuz bergan vaqtga to‘g‘ri kelib, bu ziddiyatlar qutulishda haloskor Niteren maktabining ilohi Botxisatvaning timsoli hisoblangan56. Bu maktabning tayanchi nilufar guli sutrasi57 unga o‘qilgan duolar hisoblanib, o‘rta asr tasviriy san’atidagi nilufar guli sutrasiga bag‘ishlab yaratilgan rasm va haykaltarsholik na’munalari Niteren maktabining asosiy mavzu obyekti hisoblangan.
Dzen buddaviylik o‘rta asr yapon tarixida muhim ro‘l o‘ynagan. Bu mazhab mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Dzen buddizm Yaponiyada XI asrda paydo bo‘ldi. Bu mazhab Xitoyda ta’lim olgan yapon ruhoniylari tomonidan olib kirildi58. Dzen so‘zi sanskritcha “dxiyana” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu atama Xitoyda “ch’an” yaponlarda “dzen” deb aytilgan. Dzen buddizm maxayanadagi eng yirik mazhablardan biri bo‘lib, unga ko‘ra, “buddaviylik mohiyatini qalbni yoritishga olib keluvchi, o‘z ichki ongini idrok etish” asosiy g‘oya hisoblanadi. XII asrdan boshlab dzen buddizm Yaponiyada gullab yashnadi. Dzen buddizm yapon madaniyatida asosiy o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, dzen buddizm harbiy tabaqa vakillari orasida alohida shuhrat qozondi, buni samuraylarning vijdon kodeksi bo‘lmish – Bushidoda ko‘rishimiz mumkin. Ayni shu axloq kodeksi harbiy etiket va o‘ziga xos harbiy madaniyatni yaratilishiga sabab bo‘ldi. Yaponiyada dzen maktabining bosh g‘oyasi esa, diniy uyg‘onish kishida ma‘naviy hislatlar va o‘zlikni anglashga erishish hisoblanadi.
Yapon haykaltaroshligining eng yorqin na’munalari dzen buddizm asosida yaratilgan. Dzen buddizm siyosiy hayotda ham ulkan ta’sirlar ko‘rsatdi. Syogunlik boshqaruvini mustahkamlanishida buddizm yetakchi ro‘l o‘ynadi. Buddizm nafaqat iyerarxiyani mustahkamlagan, balki adabiyot va san’at sohasini ham boyitgan. Dzen buddizmning adabiyotdagi ko‘rinishi “gosan bungaku”59 hisoblanadi.
Shu o‘rinda o‘rta asrda Yaponiyada dinning madaniy hayotdagi o‘rnini qiyosiy jihatdan Markaziy Osiyoning o‘rta asrdagi tarixi bilan solishtirsak, bu davrda bizning diyorimizda islomiy madaniyat shakllanib rivoj topgan edi. Islomiy madaniyatning eng yorqin namunalari me’morchilikda namoyon bo‘lgan. Tasviriy san’atda esa miniaturada60 janri rivoj topdi.

Yüklə 57,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin