Mundarija kirish 3 I bob. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni 5


Kuch sifatlari va ularni yosh voleybolchilar tayyorlashdagi o’rni



Yüklə 280,5 Kb.
səhifə11/12
tarix02.06.2023
ölçüsü280,5 Kb.
#123105
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishiiiiiii

2.3 Kuch sifatlari va ularni yosh voleybolchilar tayyorlashdagi o’rni
Yosh voleybolchilarda tezlik-kuch sifatini turli og’irliklar bilan rivojlantirish aslo ijobiy natija bermaydi. Shuning uchun dastlabki shug’ullanayotgan bolalarda tezlik-kuch sifatini noan`anaviy - nostandart mashqlar yordamida rivojlantirish juda muhimdir [16].
Nazorat va tajriba guruhlarida tadqiqot boshlanishi va yakunida qayd etilgan ko’rsatkichlar 7-jadvalda berilgan.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, nazorat va tajriba guruhlarida kuzatilgan natijalar dinamikasi tanlangan mavzuning bosh maqsadi, tadqiqotning asosiy g’oyasi va uning oldiga qo’yilgan ilmiy faraz to’la-to’kis ijobiy hal etilganligini isbot qildi. Chunonchi, qo’l-qorin-bel mushaklari kuchi tadqiqot guruhidagi voleybolchilarda nazorat guruhidagiga nisbatan 5,8 kg ga o’sdi. Nazorat guruhidagi voleybolchilarda ushbu farq faqatgina 8,1 kg ga teng bo’ldi. Ya`ni nazorat guruhida ushbu ko’rsatkich tadqiqot boshida 53,2 kg ni tashkil etgan bo’lsa, tadqiqot yakunida 56,3 kg gacha oshdi.
7-jadval
Yosh voleybolchidarda tezlik-kuch sifatining pedagogik tadqiqot davomida o’zgarishi (n = N -10; T -10)
Test mashqlari Guruh Ko’rsatkichlar
Tadqiqot boshida Tadqiqot oxirida
Gavda kuchi, kg N 53,2±2,6 56,3±3,2
T 53,9±1,9 59,7±2,8
Turnikda tortilish N 5,2±0,8 6,3±1D
T 5,4±0,7 3,8±1,7
Brusyada qo’llarni bukish-yozish N 4,8±0,§ 6,0*1,4
T 4,9±0,7 7,2±1,8
Gorizontal holatdan qo’llarni bukish-yozish (30 s) N 8,2±1,4 9,2±2,0
T 8,0±1,7 11,3±2,2
N - nazorat guruhi;
T – tajriba guruhi;
n – tekshiriluvchilar soni.
Tadqiqot guruhida bu ko’rsatkichlar 53,9 va 59,7 kg miqdorida qayd etildi. Qo’llarni bukuvchi mushaklar kuchi taddiqot guruhida 3,4 martaga ortgan bo’lsa, nazorat. guruhida faqatgina 1,1 martaga teng bo’ldi, xolos.
Qo’llarni yozuvchi mushaklar kuchi: nazorat guruhida 4,8-•6,0 marta; tadqiqot guruhida 4,9-7,2 marta miqdorda o’z ifodasini topdi.
Qo’llarga tayanib gorizontal yotgan holatda qo’llarni bukish-yozish soni: 8,2-9,2; 8,0-11,3 martaga teng bo’ldi.
Qayd etilgan ko’rsatkichlar dinamikasidan ko’rinib turibdiki, tajriba guruhidagi bolalarning tezlik-kuch sifatini belgilovchi barcha natijalar nazorat guruhidagi yosh voleybolchilarnikidan nihoyatda yuksak darajada o’zgarganligidan darak bermoqda. Ushbu vaziyat yana bir bor tajriba guruhi mashg’ulotlari davomida qo’llanilgan nostandart maxsus mashqlar tezlik-kuch sifatini rivojlantirishda o’ta samarali ekanligini isbotlayapti. Shu bilan bir qatorda tajriba guruhida qayd etilgan kuch sifati boshqa sport turi bilan shug’ullanuvchi shu yoshdagi bolalar kuchidan ancha kam rivojlanganligi ma`lum bo’ldi. R.A. Piloyanni (1991) fikriga ko’ra, hatto 8-9 yoshli bolalarda tezkor kuch sifatlari nisbatan o’sgan bo’lar ekan. 11-12 yoshli sportchilar mashg’ulotida tezlik-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmini bemalol ko’paytirish tavsiya etiladi. 13-14 yoshli sportchilarda esa, chidamkorlik, 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezlik-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq deb ta`kidlangan.
Ma`lumki, malakali voleybolchilarni tayyorlashda bel, qorin, qo’l va oyoq mushaklariga xos tezlik-kuch sifati nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu borada portlovchi kuch (tezlik-kuch) hal qiluvchi xususiyatga egadir. Bizning tadqiqotimizda ishtirok etgan yosh voleybolchilarda eguvchi va yozuvchi mushaklar kuchining sezilarli farq, asosida kam rivojlanganligi shu bolalarning bog’cha yoshidan boshlab tezlik-kuch mashqlari bilan juda kam shug’ullanganligidan dalolat beradi.
Binobarin, olingan tadqiqot natijalari yosh voleybolchilarning o’quv-mashg’ulotlarda kuch va tezlik-kuch mashqlari hajmini orttirish chorasini ko’rish taqozo etiladi. Aytish zarurki, bunday mashqlar hajmini oshirish faqatgana standart mashqlar hisobiga bo’lmasdan, balki ko’proq nostandart maxsus mashqlarni musobaqa tariqasida qo’llash yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, dastlab o’rgatish bosqichida yosh voleybolchilar tarkibidan tezroq iste`dodli voleybolchi tayyorlash maqsadida kuchni rivojlantirishga oid mashqlarni zo’rma-zo’raki qo’llash ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishi diqqat markazida bo’lishi kerak.
Demak, tezlik-kuchga oid mashqlar bolalarning jismoniy funktsional imkoniyatlariga mos bo’lishi darkor.
Voleybolda o’yin malakalarini (to’p kiritish, uzatish, zarba berish, to’siq qo’yish) sakrab samarali ijro etish har bir o’yin ko’rinishini yoki butun o’yin taqdirini belgilaydi. Demak, shu sifat qancha yuqori rivojlangan bo’lsa shuncha to’p kiritish imkoniyati ortadi. Shuning uchun sakrovchanlik va tezkor sakrovchanlik sifatlarini voleybolga xos xususiyatga moslashtirib rivojlantirish nafaqat sport mahoratini takomillashtirish guruhlarida katta rol o’ynaydi, balki bunday ixtisoslashtirilgan sifatlarni dastlabki o’rgatish bosqichidanoq boshlab shakllantira borish muhim ahamiyat kashf etadi [21]. Yuqorida qayd etilgan nazariy g’oyalar va uslubiy mulohazalar mazkur bitiruv malakaviy ish bo’yicha yosh voleybolchilar ishtirokida pedagogik tajriba o’tkazishga da`vat etib olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, yosh voleybolchi bolalardan iborat nazorat va tajriba guruhlariga sakrovchanlik sifatiga oid ko’rsatkichlar pedagogik tadqiqotdan avval deyarli bir xil darajada ekanligi kuzatildi (8-jadval). Jumladan, joydan turib vertikal sakrash nazorat guruhidagi bolalarda o’rtacha 33,4±2,2 sm ni tashkil etgan bo’lsa, tajriba guruhida ushbu ko’rsatkich 32,4±2,6 sm ga teng bo’ldi.
8-jadval
10-11 yoshli voleybolchilardan iborat nazorat (n) va tajriba (t) guruhlarida sakrovchanlik sifati 1 oylik pedagogik tadqiqot,
N-n=10; T-n=10
Me`yoriy mashq Tajribadan oldin Tajribadan so’ng
n t n t
Joydan turib vertikal sakrash (sm) 33,4 ±2,2 32,8 + 2,6 35,2 ±2,3 39,3±3,2
Joydan turib uzunlikka sakrash, (sm) 170,4±3,3 171,0±3,6 176,2 ± 3,2 181,2±2,8
Joydan turib uzunlikka sakrash sifati nazorat guruhida 170,4+3,7 sm, tajriba guruhida 171,6±3,6 sm ga teng ekanliga kuzatildi. E`tiborga loyiq joyi shundaki, gandbol bo’yicha ishlab chiqilgan BO’SM dasturida shu yoshdagi bolalarda joydan turib uzunlikka sakrash ko’rsatkichi o’rtacha 175 sm ga teng deb meyoriy mezon qabul qilingan. Aniqrog’i 10 yoshli bolalarda - 170 sm, 12-yoshli bolalarda esa 180 sm deb belgilangan. Afsuski ushbu mualliflar tomonidan joydan turib yoki kelib vertikal sakrash sifatlari me`yor sifatida taqdim etilmagan
Yosh voleybolchi bolalarda joydan turib vertikal sakrash 40-42 sm miqdorida me`yor qilib olingan. Joydan turib uzunlikka sakrash esa 180-186 sm qilib belgilangan [9].
R.S. Nasimov (1987) shu yoshdagi bolalar sakrovchanligini o’rganib, bu sifatni 39,3-46,5 sm ga teng ekanligini kuzatgan. Ko’rinib turibdiki, turli mualliflar ushbu sifatlarning rivojlanganlik darajasini turlicha baholaganlar.
Basketbolda, misol uchun, vertikal sakrash darajasi 10-11 yoshli bolalarda 30 sm deb belgilangan .



Yüklə 280,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin