Mundarija kirish 5 I bob. Badiiy matnning o‘rganilish tarixi 11


Badiiy matnlarning xususiyatlari



Yüklə 389,5 Kb.
səhifə8/18
tarix06.06.2023
ölçüsü389,5 Kb.
#125636
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Akramova Nilufardissertatsiyamm

1.3.Badiiy matnlarning xususiyatlari


Badiiy matnlarda ancha erkinlikka ruxsat beriladi, biz har bir voqeani yozuvchi ko‘rsatishni xohlagan tarafi bilan ko‘ramiz va his etamiz. Ba’zi so‘zlar salbiy bo‘yoqdorga aylanib qolishi mumkin yoki ba’zida ularning vazifasi umuman boshqacha bo‘lib ketishi mumkin. Aholi qo‘llaydigan so‘zlar turli matnlarda turlicha ma’noda keladi. Masalan, “ruh” so‘zining asosiy va umumiy ma’nosi bor. Badiiy matnda kayfiyat(Safarov odamlarning avzoyiga zehn soldi: odamlarning ruhi tetik), bardamlik, tetiklik(Otabek sumbul isli sochlardan ruh olar, Kumush go‘yo uning bag‘riga singib ketgan edi) kabi ma’nolarni bildirsa, publitsistik matnda esa boshqa ma’no kasb etadi: maqola ruhi, zamon ruhi, ya’ni g‘oyaviy yo‘nalish ma’nosida keladi. Ilmiy-falsafiy matnda ruh so‘zi yuqori darajada uyushgan materiyaning mahsuli deb qaraluvchi ong ma’nosini anglatadi. Matnlar bir-biridan so‘z va atamashunoslikdan foydalanish usullari va tuzilishi jihatidan badiiy to‘qima, har xil gap qurilishlarini ishlatish bilan farq qiladi. Nutqning ifoda maqsadiga va mazmuniga hamda ekspressivligiga ko‘ra matnlar turli xil bo‘ladi. Matnlarning turli xil bo‘lishi unga ta’sir qiluvchi leksik vositalarga bog‘liqdir. Ular tantanali so‘zlar, betaraf so‘zlar, betakalluf so‘zlar, qo‘pol so‘zlardan iborat bo‘ladi. Biz bu so‘zlar vositasida atrofimizdagi predmetlar va voqea-hodisalarni, ularning xususiyatlarini, belgilarini, holatlarini butun nozikligi, o‘ziga xosligi bilan anglash uchun matn tuzamiz. Buni misollar orqali quyidagicha ko‘rsatish mumkin: yuz, bet, aft, bashara, chehra, jamol, diydor, oraz, uzor, ruxsor. Bu so‘zlardan bet so‘zi qo‘llanishi bilan yuz so‘ziga juda yaqin bo‘lib, yuz nisbatan salbiy ottenkaga ega. Aft so‘zi bet so‘ziga nisbatan salbiy ottenkaga ega. Bashara so‘zida salbiy ottenka aft so‘zidagiga nisbatan ham kuchli. Chehra ijobiy ottenkaga ega. Jamol so‘zida ijobiy ottenka chehra so‘zidagiga nisbatan ham kuchli bo‘lib, bu so‘z asosan poetik stilga xos. Badiiy uslub insonning fe’l-atvorini, uning ichki dunyosini, ruhiy holatlarini, tabiatdagi turli voqea–hodisalarni tugal, butun murakkabligi bilan ifodalash imkoniyatini o‘zida mujassam qilganligi bilan ham diqqatga sazovordir. Badiiy matn ma’lumki, badiiy nutq uslubida yaratiladi. “Badiiy nutq asar ichida muallif tomonidan qay tarzda hikoyalanishiga qarab yozuvchining fikrlash doirasi, yozish uslubi, falsafiy mushohadasi haqida tasavvur hosil qilamiz. Muallif bayon jilovini badiiy-estetik niyatga ko‘ra goh o‘z qo‘lida ushlab turadi, goh personajlar qo‘liga tutqazadi, goh o‘zga hikoyachiga topshiradi. Natijada kitobхonni zeriktirmaydigan, realizmning mundarijasini kengaytira oladigan ko‘p qirrali tasvir-hikoya nutqi – polifonik nutq paydo bo‘ladi.”13 Badiiy asar matnida muallif nutqi va qahramonlar nutqi farqlanadi. Qahramonlar nutqi ichki yoki tashqi, dialogik yoki monologik nutq ko‘rinishlarida bo‘ladi. Muallif nutqi badiiy asar tilining muhim qismi hisoblanadi. Unda qahramonlarga, voqelikka nisbatan yozuvchi munosabati ifodalangan bo‘ladi. Muallif nutqi ikki хilda ifodalanadi:
Muallif-hikoyachi nutqi. Bunda asar voqealarini so‘zlab beruvchi odam yozuvchining o‘zi bo‘ladi. Peyzaj tasviri va qahramonlar qiyofasi, fe’l-atvori, ularning ruhiy holati, ma’naviy takomili hamda ularning ongida ro‘y bergan o‘zgarishlar muallif-hikoyachi nutqida хolis bayon shaklida keltiriladi. Badiiy asar tilining qiziqarli, ta’sirchan bo‘lishi til birliklarining to‘g‘ri tanlanishi, matn mazmuniga mos kelishi muallif-hikoyachi nutqiga bog‘liq. Muallif-hikoyachi nutqida voqelikni tashqaridan kuzatish, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga o‘z
munosabatini oshkora yoki yashirin bildirish tarzi sezilib turadi. Agar muallif qahramonga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lsa, tasvirda unga nisbatan muallif hikoyachi хayriхohligini sezib turamiz.

Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin