4.Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti
Farg‘ona viloyati xo‘jaligi ko‘p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish majmuasini tashkil qiladi. Mintakaviy iqtisodiyot, umuman olganda, industrial-agrar yo‘nalishga ega. 2013-yilda yalpi xududiy mahsulotning 16,6 foizini sanoat ishlab chiqarishi bergan, qishlok xo‘jaligining hissasi esa 20,4 %; qurilish - 6,3 %, transport va aloqa - 12,3 %, savdo va umumiy ovkatlanish - 8,7 %, soliqlar - 10,9 %. Qishloq xo‘jaligining nisbati taxminan respublika urtacha darajasiga yaqin keladi. Sanoat ko‘rsatkichi bu yerda Navoiy, Qashkadaryo, Toshkent va Andijon viloyatlaridan pastroq, qolganlaridan esa yuqori. Qishlok xo‘jaligining ulushi bo‘yicha faqat Navoiy viloyati Farg‘onadan pastroq, xolos.
Yalpi hududiy mahsulotning 61,8 %, jami xizmatlarning 59,9 % kichik biznes hissasiga tushadi. 2013-yilda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari 20,5 ming ta, shundan 2,2 mingtasi kichik korxonalar, qolganlari mikro-firmalardan iborat. Ushbu sektor 19,0 % sanoat, 96,5% qishloq xo‘jaligi mahsulotini beradi, qurilishda uning ulushi 81,9%, chakana savdoda -43,1%. Kichik biznesda iktisodiyotda band bo‘lganlarning 77,2 foizi ishlaydi, hudud eksportida uning hissasi 18,5 %, importida - 22,3%.
Kapital ko‘yilmalar hajmining % qismidan Farg‘ona shahriga to‘g‘ri keladi. Bu borada Qo‘qon, Kuvasoy shaxdrlarining, Qo‘shtepa, Toshloq, Dang‘ara qishlok tumanlarining o‘rni ham sezilarli darajada. Qurilish geografiyasi ma’lum darajada investitsiyaning hududiy tarkibini aks ettiradi. Masalan, 23,0 foiz qurilish ishlarining 1/5 qismi viloyat markazida, 18,2 % - Qo‘qonda, 6,2 % - Oltiariq, 5,2 % Dang‘ara tumanlarida bajarilgan. So‘ngti yillarda Qo‘qon shaqrida respublika Prezidenti ko‘rsatmasi asosida katta obodonchilik ishlari olib borildi. Sanoati. Mintaqa sanoati o‘zining ko‘p tarmokli yo‘nalishlari bilan mamlakatimizning boshqa hududlaridan farq qiladi. Bu yerda an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoati bilan bir qatorda, og‘ir sanoat tarmoqlari korxonalari ham mavjud. Xususan, kimyo va neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat va boshkalar yaxshi rivojlangan. Ko‘pgina korxonalar Farg‘ona iqtisodiy rayonida yagona qisoblanadi (masalan, IEM, Farg‘ona furan birikmalari zavodi, Quvasoytsement va b.).
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan jami 3624 sanoat korxonalari qayd etilgan, ularning yiriklari 46 ta. Xalq iste’mol mollari ishlab chikarish xajmn ham ancha katta. Uning tarkibida noozik-ovkat maxsulotlari 59,5 foizga barobar, shundan yengil sanoat- 12,0 %. Sanoat ishlab chikarishining tarmoklar tarkibi kuyidagicha (mahsulot kiymati bo‘yicha, 2012 y.): yoqilg‘i-energetika sanoati - 33,5 %, kimyo va neft kimyosi - 10,4 %, mashinasozlik va metallni kayta ishlash -2,4 %, qurilish materiallari sanoati - 10,5 %, farfor - fayans sanoati -4,1 %, yengil sanoat - 24,0 %, ozik-ovkat sanoati - 10,2 %, un-yorma va kombikorm sanoati - 3,9 %. Takkoslash uchun: 2000 yilda yokilg‘i sanoatining maxsulot kiymati 50,4 %, kimyo va neft kimyosi - 5,8 %, qurilish materiallari - 5,0 %, yengil sanoat - 19,6 %, oziq-ovkat - 5,7 foizni tashkil kilgan. Umuman olganda, Farg‘ona viloyati sanoat tarmogining diversifikatsiya l anish ko‘rsatkichi respublikamizda faqat Toshkent viloyatida uchraydi, xolos.
Dostları ilə paylaş: |