3.Fargona viloyati
Farg‘ona viloyati respublikamizda 1938-yilda tashkil topgan 5 ta viloyatlardan biridir. Uning maydoni 6,76 ming kv km bo‘lib, bu borada Sirdaryo, Andijon va Xorazm viloyatlaridan oldinda turadi. O‘zbekiston Respublikasi maydoniga nisbatan esa Farg‘onaning xududi atigi 1,5 foizga teng, xolos. Vaholanki, bu yerda, 1.01.2014-yil ma’lumotlariga ko‘ra, 3386,1 ming yoki mamlakat axolisining 11,1 foizi yashaydi. O‘zining demografik saloxiyati bo‘yicha, u mamlakatimizda Samarkand viloyatidan keyingi 2-o‘rinda turadi.
Ma’muriy tuzilishiga kura viloyatga bo‘ysunuvchi 4 ta shaxar. 15 ta kishloq tumanlari mavjud. Shunchalik qishloq tumanlari yana fakat Toshkent viloyatida mavjud, xolos. Shaharchalar soni 197 ta, kishloq fukarolar yitinlari 161 ta, kishloq aholi punktlari - 1020 ta. Yukorida keltirilgan rakam va xolatlar shundan dalolat beradiki, Fargona viloyatining demografik "yuki" ogir, axoliyey zich, xududi yuqori darajada o‘zlashtirilgan, boshkaruv tizimi murakkab. Viloyat darajasida eng birinchi tashkil etilgan kishlok tumanlari - Oltiarik, Beshariq va Uchko‘prik sanaladi. Ular 1926-yilda vujudga kelgan. Nisbatan "yangiroq tuman" esa - Furqat tumani, u 1992-yidda ushbu maqomni olgan.
Asosiy shaxarlari, xususan, Ko‘kon va Marg‘ilon xam 2000 yillik tarixga ega. Viloyat markazi Yangi Marg‘ilon, (keyinchalik Skobelev), xozirgi Fargona 1877-yilda Farg‘ona vodiysi Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng barpo etilgan. Bu xozirgi mustaqil mamlakatimiz xududida ruslar asos solgan 3 ta shaharlardan biridir. Viloyatning ma’muriy-siyosiy jihatdan "zichligi" uning qishlok tumanlarini uncha kagga emasligi va bir-biridan bu borada katta farq kilmasligiga sabab bo‘ladi. Darxaqiqat, mintakaning har bir kishlok tumaniga o‘rtacha 0,45 ming kv. km maydon to‘gri keladi. Bu respublikaning ayrim hududlari, jumladan, cho‘l va tog‘li mintaqalariga Karaganda juda kichik rakamdir.
Eng katta tuman - Beshariq 0,77 ming kv km maydonni egallasa, Toshloq tumanida 0,24 ming kv. km maydon bor; farq 3,2 martaga teng. Hududi birmuncha kattaroq qishloq tumanlari viloyatning tog‘oldi, adir yoki "cho‘lroq" kismlarida joylashgan. Masalan, Uzbekiston yoki Besharik tumanlari shular jumlasidandir. Tipik tog‘li tuman - Sux maydoni bo‘yicha uncha yirik emas, u Rishton tumanidan ajralib chikkan. Ancha qumliklarga ega bo‘lgan Furkat tumani esa, bir vaktlar Beshariq tumani tarkibida bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati respublikamiz ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishida muhim o‘rinni egallaydi. U mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 6,7 fozini, sanoat ishlab chikarishininig - 7,6 %, kishloq xo‘jalik mahsulotlarining - 8,3 % ta’minlaydi; investitsiyalar qajmi 5,5 va kapital qurilishlar - 4,8 %. Viloyatga Uzbekiston eksportining 2,7 va importning 4,5 foizi to‘g‘ri keladi (2013 y.). Ko‘rinib turibdiki, Fargona viloyati ba’zi sohalarda ko‘zga ko‘rinarli nisbiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa-da, bu raqamlar ko‘p hollarda uning mavjud demografik sig‘imidan past. Demak, bu yerda ham ijtimoiy-iktisodiy salohiyatni oshirish masalasi dolzarbdir.
Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. Viloyat Farg‘ona vodiysining garbiy va janubiy kismida joylashgan. U garbda va janubi-g‘arbda Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati, janubda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh va Botken viloyatlari bilan chegaradosh, reslublikamizda esa, shimolda Namangan va sharkda Andijon viloyatlari bilan qo‘shni. Viloyatning shimoli-g‘arbidagi chegarasi Sirdaryo okimi bo‘ylab o‘tadi.
Fargona viloyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning hududi geografik jihatdan yaxlit emas; Farg‘ona tumanining bir kismi (Shohimardon) va So‘x tumani Qirg‘iziston hududining ichida, eksklav holatda joylashgan. Bunday geosiyosiy vaziyat xizmat ko‘rsatish sohalarini rivLklantirish, suv va yer zaxiralaridan foydalanish va, umuman, hududni boshqarish tizimida ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Viloyatning yer usti tuzilishi uncha murakkab emas, u janubdan shimolga tomon pasayib boradi. Shimolda mutlaq balandlik dengiz sathidan 360-380 m, janubda eng baland nuktalar 2200 m dan ortadi (Turkiston tizmasining shimoliy kismi, So‘x tumani xududida Sariqamish davoni). Relyef shaklining bunday tuzilishi viloyat janubiy qismidagi yerlarni tog‘lardan oqib chiqadigan soylar suvi bilan sug‘orish uchun tabiiy qulaylik yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |