Mundarija kirish Andijon viloyati Namangan viloyati Fargona viloyati Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti Xulosa Foydalangan adabiyotlar Ilovalar kirish


Farg’ona viloyatini hududiy tuzilishi 3-rasm



Yüklə 442 Kb.
səhifə7/10
tarix18.04.2023
ölçüsü442 Kb.
#99541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Fargona viloyati tayyor

Farg’ona viloyatini hududiy tuzilishi 3-rasm
https://uz.wikipedia.org/wiki/
Farg‘ona viloyati ham, qo‘shni hududlar singari, qazilma resurslarga boy emas. Bu yerda biroz neft va qurilish sanoati uchun xom ashyo mavjud, xolos. Neft qazib olish o‘tgan asrning dastlabki yillarida chet mamlakatlar sarmoyasi yordamida (Belgiya va boshqalar tomonidan tashkil etilgan «SANTO» kompaniyasi) boshlangan. Respublikadagi eng qadimiy neft koni ham shu viloyatda (Chimyon). Sho‘rsuvda ilgari oltingugurt va ozokerit qazib olinardi, hozirda esa uning zaxiralarining sanoat ahamiyati qolmagan. Bu yerda keramzit, shuningdek, qurilish materiallari - gisht. sement hamda chinni, oyna ishlab chiqarish xom ashyosi ham mavjud. Umuman olganda, viloyatning mineral-resurs salohiyati katta emas, binobarin, uni rayon hosil qiluvchi yoki mintakaviy rivojlanishining asosiy omili sifatida baholash qiyinroq.
Iqlimi quruq - kontinental: yillik yog‘in-sochin miqdori Namangan viloyatidan sap ko‘proq, Andijondan esa biroz kamroq (300-400 mm atrofida). Viloyatning shimoliy kismida Markaziy Farg‘ona cho‘llari -Qoraqalpoq va Yozyovon cho‘llari mavjud bo‘lib, ularning davomi qo‘shni Namangan va Andijon viloyatlariga o‘tib ketadi, chekka g‘arbida, xususan, Beshariq va Furkat tumanlarining Sirdaryo qirg‘og‘ida ham qisman cho‘l hududlar bor (masalan, Qayrokkum kumlari). Ushbu cho‘llarni o‘zlashtirish fakat sun’iy sugorish yordamida bo‘lishi mumkin. Chegaradagi Sirdaryoni hisoblamaganda, bu yerda katta suv manbalari yo‘q. Farg‘ona viloyati ham Namangan viloyatiga o‘xshash soylar o‘lkasidir. Bu yerda soylar qadimdan klassik tipdagi vohalarni vujudga keltirganki, bunday madaniy landshaftlar reslublikamizda juda kam uchraydi. Chunonchi, So‘x va Isfara soylari tog‘ oraliqlaridan tskislikka chiqish kismida panjasimon taralib ketadi, juda ko‘p kanal va ariqlarni suv bilan ta’minlaydi. Binobarin, Farg‘ona viloyatida ariqlar juda ko‘p. Masalan, So‘x soyi Rishton, Samarkand, Nursuq ariklariga, Qo‘konsoy, Yanginayman, Tomosha, Avgonbog‘, Shohimardon, Naymansoy, Turksoy, Sassiqsoy kanal va ariqlarga taqsimlanib ketadi. Isfara daryosining quyi qismidan esa Oltiariq, Yangiqishloq ariklari, Beshkapa, Isfara, Janubiy Isfara, Jo‘ga, G‘amboy, Rapqon kanallari boshlanadi.
Viloyat ijtimoiy-iktisodiy hayotida Shohimardonsoy va Isfayramsoylarnnng ham ahamiyati katta. Shohimardonsoyning davomi Marg‘ilonsoy, Oltiariksoy va ulardan taralib ketgan ko‘plab ariklar muhim sug‘orish manbai va agrolandshaftlarning asosini tashkil qiladi. Shohimardonsoy Isfayramsoy bilan birgalikda Fargona, Oltiarik, Qo‘shtepa, kisman Toshloq va Yozyovon tumanlarini suv bilan ta’minlaydi. Isfara daryosining ta’sir doirasi esa asosan Beshariq tumani bilan chegaralanadi. Ayni vaqtda, eng katta va sersuv So‘x o‘zining tipik geografik yoyilmasi (konusini) hosil kilgan va uning suvlari bilan Qo‘qon vohasi, ya’ni Dang‘ara, Yaypan, Uchko‘nrik, Buvayda, So‘x, Rishton, Furkat tumanlarining yerlari sug‘oriladi.
O‘tgan asrning o‘rtalarida qurilgan Sariqo‘rg‘on (Sirqo‘rg‘on) gidrouzeli So‘x daryosini to‘sib, uning suvini turli qismlarga
taksimlaydi. Qizig‘i shundaki, soylar o‘zlarining gidrologik xususiyatlariga moye holda (eng avvalo, suv \ajmiga ko‘ra) o‘ziga xos va moye gidroxo‘jalik rayonlarni tashkil etgan. Ular gorizantal yo‘nalishda o‘tkazilgan Katta Farg‘ona kanali hamda Janubiy Farg‘ona va Katta Andijon kanallari bilan birga mintakaning tarixiy-geografik o‘zagi, "kovurg‘asi" xisoblanadi va yagona Fargona vohasini tashkil kiladi. Suv rejimi va mikdoriga qarab bu soylar turli yiriklikdagi shaharlarga hayot bag‘ishlaydi. Masalan, So‘x Qo‘qonni, Shohimardonsoy (Marg‘ilonsoy) Marg‘ilon va Farg‘onani suv bilan ta’minlaydi. Viloyat sug‘orish tizimi yoki irrigatsiya infratuzilmasiga Karkidon, Sho‘rsuv, Qo‘rg‘ontepa suv omborlari ham kiradi. Ular soy suvlarini yig‘ib, vegetatsiya davrida pastki hududlarga suv beradi. Ayni paytda, aksariyat suv manbalari qo‘shni mamlakatlar hududidan boshlanganligi sababli, ular strategik axamiyat ham kasb etadi va xalqaro tartib-koidalar asosida davlatlararo to‘g‘ri foydalanishni talab kiladi. Farg‘ona viloyatining kuyi, ya’ni shimoliy kismida melioratsiya tizimiga daxldor zovur va kollektorlar qurilgan. Ular jumlasiga Pastki Qiziltepa, O‘rta Qiziltepa, Shimoliy Bogdod, Rishton - Bog‘dod kollektorlari va kagor zovurlar kiradi.
Ta’kidlash joizki, tog va adirlarda kurilgan suv omborlari, sug‘orish kanallarining pastki qismida yer osti suvlari (grunt suvlari)ning sathi yuqori va yer yuzasiga yakin. Natijada, zax joylar va ular bilan bog‘lik zoo- va geoekologik vaziyatlar, turli xil termitlar, kemiruvchilarning ba’zan ko‘payish holatlari kuzatiladi.
Shunday qilib, viloyat tabiiy sharoiti, anikrog‘i suv resurelari -soylar, ular asosida o‘tkazilgan arikdar, qazilgan kanallar mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yetakchi omili hisoblanadi. Bu yerdagi ko‘plab oromgohlar, rekreatsiya manbalari (Shohimardon, Vodil, Rapqon va b.) ham mazkur gidrologik omillar sababli vujudga kelgan.
Axoli geografiyasi va demografik jarayonlar. 'Tabiat - axoli -xo‘jalik" uchlik tizimida axoli markaziy o‘rinda turadi. U tabiatga ta’sir kiladi, undan foydalanadi, xo‘jaligini tashkil etadi va o‘z hayotini kechiradi. Tabiat, axoli va xo‘jalikning o‘zaro munosabati umumgeografik va, ayni vaqtda, geoekologik vaziyatni yuzaga keltiradi. Shu sababdan ham, bu "uchlik" geografiya fanida olib borilayotgan tadkiqotlarda muhim metodologik ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona vodiysi, jumladan, Farg‘ona viloyatida tabiat, aholi va xo‘jaligi piramida shaklida tasvirlansa, tabiati "yupka" va nozik, demografik yuki katta, xo‘jaligi o‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘ladi1. Aholi va xo‘jalikning birgalikdagi ta’siri o‘ziga xos zo‘rikish, kuchli antropogen bosimni keltirib chikaradi. Mintakaning asosiy ijtimoiy geografik muammosi ham ana shu bosimni yengillashtirish, aholi hayoti va faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo‘lmogi lozim. Sababi, ayni demografik bosim. yer-suv zaxiralarining yetishmasligi, ozligi mintaqa ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishida yangicha, zamonaviy, industrial-innovatsion rivojlanish strategiyasi va yo‘nalishlarini taqozo etadi.
Viloyatda aholi o‘sish sur’ati o‘rtacha darajada, qishloq tumanlarida 1989-2014-yillardagi o‘sish ko‘rsatkichlari esa 27-ilovada keltirilgan. Ko‘rilayotgan davr maboynida nisbatan yukori o‘sish Quva, Yozyovon va Toshloq tumanlarida qaid etiladi. Shu bilan birga, Farg‘ona, Beshariq, Rishton, Qo‘shtepa va Uzbekistan tumanlarida aholining o‘sishi birmuncha pastroq bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati respublikamizda axoliyey o‘ta zich joylashgan mintaqalardan biridir. Bu yerda har bir kv. km maydonga 501 kishi to‘g‘ri keladi. Bu xususda, ayniksa, Toshloq (749 kishi), Uchko‘prik (725 kishi) va Buvayda (724 kishi) ksskin ajralib turadi. Mazkur tumanlarda yer maydonining tanqisligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, yetarli ish o‘rinlarning ozligi tufayli ichki va tashqi migratsiyani zaruriyat qilib qo‘yadi. Zichlik ko‘rsatkichi eng past So‘x tumanida - 222 kishi. Biroq, bu daraja respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan deyarli 3,5 marta ziyod. Fargona viloyatining cho‘l hududlarini o‘zlashtirish asosida vujudga kelgan. Yozyovon tumanida ham, mahalliy nuqtai nazardan Karaganda, aholi zichligi pastroq (240 kishi).


Yüklə 442 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin