Mundarija Kirish Asosiy qism I bob asosiy miqdorlar tushunchasi va ularning kelib chiqish tarixi


§. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi



Yüklə 59,44 Kb.
səhifə7/9
tarix07.04.2023
ölçüsü59,44 Kb.
#94491
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Asosiy miqdorlar tushunchasi Asosiy miqdorlar va ularning ke

4 §. Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o`lchovlarini o`rganish hamda tegishli malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish metodikasi.

Boshlang`ich sinflarda «Vaqt o`lchovlari temasini o`rganishda bolalar vaqt o`lchovining asosiy birliklari» haqida konkreti fikrlarga ega bo`lishlari kerak. Bular yil, oy, hafta, sutka, soat, minut. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarni vaqtini aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga, shuningdek, hodisaning qancha vaqt davom etganligini, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog`liq bo`lgan har xil masalalarni yechishda tabel – kalindardan foydalanishga o`rgatishdan iborat.


Ma'lumki vaqt o`lchovlari, o`lchovlarning metrik sistemasidan farqli o`laroq bevosita o`lchash imkoniyatini bermaydi. Bu hol turli ko`rsatma va ko`nikmalrdan keng foydalanish kerakligini ko`rsatadi. Bu tyemani o`rganishda quyidagi eng ko`p tarqalgan ko`rsatma qo`llanmalardan foydalaniladi:
1.Tabel – kalendar. Bu har bir o`quvchida bo`lish kerak. Joriy yil uchun bunday tabel – kalendarni o`quvchilarning o`zlari o`qituvchilar rahbarligida tayyorlaydilar.
2. Soatning demontstratsion modeli. Darslikda berilgan mashqlarning ko`pchilik bilan ishlashni talab qilganligi uchun har bir o`quvchi soat modellarini tayyorlangan bo`lishlari kerak.
3.«Maktab o`quvchisining kundalik rejimi» jadvalari. «Vaqt o`lchovlari» temasini o`rganish vaqtiga qadar o`quvchilar hafta bilan tanish bo`ladilar. Yildagi oylarning nomlarini va ularning kelish tartibini bilib olgan bo`ladilar. Bolalarda yig`ilgan bunday tasavvurlar boshlang`ich sinfda vaqt o`lchovlarini bilishga zamin bo`ladi.
Endi vaqt o`lchovlari bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalar qanday kiritilishi, bolalarda tegishli tushunchalarning shakllanishi nimaga asoslanishi masalani qarab chiqamiz. Berilgan tyemani o`rganishga bag`ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqida tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Bolalarni yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o`qituvchi tabel – kalendardan foydalanadi. Bolalar bir yilda 12 oy borligini o`zlashtiradilar va birdaniga davomiyligi bir xil bo`lgan oylarni ajratadilar, apryel, iyun, syentyabr, noyabr, 30 kundan qolgan 7 oy esa 31 kundan iborat.
Oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisi yilning fevrali esa 29 kundan iborat. O`quvchilar kalendardan oyning tartib nomerini aniqlaydilar. Agar oy va kun ma'lum bo`lsa, haftaning kunnini aniqlaydilar va aksincha, haftaning kunlari ma'lum bo`lsa, bu kun oyning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlaydilar va hakozo.
Tabel - kalendarning qanday tuzilganini qarab chiqqandan keyin bugungi kunni va haftaning shu kunigina bilgan holda o`quvchilarga mustaqil ravishda shu kalendar namunasida o`tayotgan oy uchun kalendar tuzishni topshirish foydalidir. Bunday ish bolalarning joriy yil kalendarini mustaqil tuzishlarini osonlashtiradi. Bolalar tuzilgan kalendar bo`yicha quyidagi savollarga javob beradilar:
- Bu yil 1 yanvar, 1 may, 7 noyabr haftaning nechanchi kuniga to`g`ri keladi?
- Yanvar, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda uchinchi bo`lib keluvchi oyning nomi nima?
- Yozgi ta'tillar 1 iyundan boshlanib, 1 syentyabrgacha davom etadi. Kalendardan bilingchi yozgi ta’tillar necha kun davom etarkan?
Bunday savolarni yana davom ettirish mumkin. Yilda oylarning kelish tartibini mustahkamlash maqsadga rim raqamlar (I-XII) yozish kiritiladi.

Yüklə 59,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin