16-rasm qorinoyoqli molyuskalar tipi
38
Ko‘pchilik olimlar e’tirof etgan Nef ta ’limotigako‘ra qorinoyoqlilaming
erkin suzib yurishdan o‘rmalab harakat qilishgao‘tishi asimmetriyaning kelib
chiqishiga olib kelgan. Chunki tananing oldingi tomonida joylashgan chig‘anoq
mollyuskaning harakatlanishiga imkon bermas edi.
Xuddi shu sababdan hozirgi qorinoyoqli mollyuskalarda chig‘anog‘i va
mantiya kompleksining 180° ga burilishi ular lichinkasining suzib yurishdan
o‘rmalab yurishga o‘tishi davrida sodir boiadi. Bunday tortsion ( burilish)jarayon
tufayli chig‘anoqning uchi mollyuska tanasining keyingi tomoniga o'giriladi va
uning o‘rmalashiga halaqit berolmaydi.Keyinchalik evolyutsiya jarayonida o
‘rmalab yurishga o‘tgan mollyuskalaming oyogi yiriklashuvi tufayli
chig‘anog‘ining hajmi ham ken- gaya borgan.
Chig'anoq xajmining kengayishi uning buramalarini har xil yuzada
joylashishi tufayli kelib chiqqan. Bu hodisa chig‘anoqni konussi-mon shaklda
boiishiga olib keladi. Lekin konussimon chig‘anoq turg‘un boiolmasdan
mollyuska harakatlanganidan uning tanasi bir tomoniga og‘adi. Bunday holat
chig‘anoq uchki qismining orqa tomonga og‘ishiga va teshigini bir oz o‘ng
tomonga burilishiga sabab boigan. Buning natijasida mollyuska tanasining о ‘ng
tomondagi mantiya bo‘shlig ‘i siqilib qolib, bu yerdagi organlar (ktenidiylar,
osfradiy, yurakoldi boimasi, buyrak) reduksiyaga uchragan.
Oldjabrali va orqajabralilaming ayrim vakillari chuchuk suvda va ba’ zan
qumqlikda hayot kechirishga moslashgan. 0 ‘pkali mollyuskalar asosan qumqlikda
va chuchuk suv havzalarida uchraydi. Dengizlarda ular har xil chuqurlikda,
quruqlikda esa turli iqlimda yashaydi. Quruqlikda hayot kechiradigan o‘pkali
mollyuskalar shimoliy mintaqada - qishda, janubda esaqishda va yozda uyquga
ketadi. Buning uchun mollyuska tuproqqa kirib, chig‘anog‘i ichiga bekinib oladi;
chig'anog'i og'zini ohak moddasiga boy bo'lgan shilimshiq modda bilan yopib
oladi.
39
40
|