Mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sistematik holati, tarqalishi va ahamiyati



Yüklə 233,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix07.01.2024
ölçüsü233,81 Kb.
#202551
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sist

Nafas olish organi
-о‘pkasi mantiya bo‘shlig‘idan hosil boiadi.
Tovonining,oldingi qismida shilimshiq bezi joylashgan. Bez suyuqligi tovonini
ho‘llab turadi. Mollyuska ana shu shilimshiq moddadan hosil boiadigan yupqa
parda ustida sirpanib harakat qiladi. Hamma o ‘pkalilar germafrodit.
Faqatquruqlikda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. 0 ‘pkali molly-
uskalar o‘troq ko‘zlilar va poyacha ko‘zlilar turkumlarini o‘z ichiga oladi.
1. O‘troq ko‘zlilar (Basommatophora) ga asosan chuchuk suvlarda hayot
kechiradigan shilliqqurtlar kiradi. Ular o ‘pkasini havoga to‘ldirish uchun damba-
dam suv yuzasiga ko‘tarilib turadi. Ko'zlari ikkinchi juft paypaslagichlari asosida
joylashgan. Bu turkum vakillaridan chuchuk suv shilig'i (Lymnaea stagnalis) ko‘l
va hovuzlarda uchraydi. Uning kattaligi 6-7 sm ga yetadi. Bu shilliqqurt suv
o‘simliklari va mayda jonivorlar bilan oziqlanadi. Chuchuk suv havzalarida
kichik suv shilig‘i Lymnaeatruncatula keng tarqalgan. Shillikqurt turli
botqoqliklar, ko'hnak suvlar va buloqlarda uchraydi. Bu kichkina mollyuska
qoramollar va odamning xavfli paraziti jigar qurtining oraliq xo‘jayini hisoblanadi.
Mollyuskalar ko'p uchraydigan joylarda qoramollar ham jigar qurti bilan ko‘proq
zararlangan bo'ladi. Chorva mollarini jigar qurti bilan zararlanishini oldini olish
uchun shilliqqurtlar suvga ohak sepib yo'qotiladi.
Chuchuk suvlarda suv g'altakchalari ham ko‘p uchraydi. Ular orasida
shoxligi altakcha Planorharius comeus ayniqsa ko‘p tarqalgan. Uning kattaligi 25-
30 mm, chig‘anog‘i ko‘ng‘ir yoki malla rangda; bosh qismida ipsimon uzun
paypaslagichlari bo'ladi. U suv tubidagi loyga va o'simliklarga yopishgan har xil
mayda organizmlar, 0 ‘simlik qoldiqlari, hayvonlaming murdalari bilan oziqlanadi.
O‘troq ko‘zlilaming ayrim vakillari dengizlaming birmuncha chuchuk suvli
ko‘rfazlarida va quruqlikda hayot kechirish- ga moslashgan.
44


2. Poyachako‘zliIar (Stylommatophora)turkumi vakillari asosan
quruqlikda hayot kechiradi .Ular eng yuksak tuzilgan qorinoyoqlilar hisoblanadi.
Paypaslagichlari ikki juft bo‘lib, ko'zlari ikkinchi juft pay- paslagichlarining
uchki qismida joylashgan. Paypaslagichlari va terisi tuyg ‘u hamda hid bilish
vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik poyachako‘zlilaming yaxshi rivojlangan chig'anog'i
bo'ladi. Janubiy Yevropa mamlakatlaridakeng tarqalgan tok shillig4 (Helix
pomatia) chig'anog'ining balandligi 5 sm ga yetadi. Shilliq o'simliklaming yashil
qismlari bilan oziqlanganidan katta ziyon keltiradi.Janubiy mamlakatlarda,
shuningdek, 0 ‘rta Osiyo respublikalarida yalang ‘och shilliqlarkeng tarqalgan.
Ular chig'anog'ining qoldig'i mantiya bilan qoplangan. Ba’zi turlarida chig'anoq
qoldig'i ham bo'lmaydi. Ular salqin, nam va qo'yosh tushmaydigan joylarda
uchraydi. Issiq yoz kunlari daraxtlaming kovagiga yoki tuproqqakirib bekinib
oladi. Yalang‘ochshilliqlar yashil o ‘simliklarbilan oziqlanib, katta ziyon keltiradi.
Ayniqsa, yog‘ingarchilik ко ‘p bo ‘lgan yillari ular tez ко ‘paya boshlaydi- Yoz
quruq va issiq boiganida ular ko‘plab qirilib ketadi. Yalang‘och shilliqlar orasida
dala shillig 'i Agriolimax arion keng tarqalgan. Salqin joylarda uchraydigan
qaxrabo shillig‘i Succinea so‘rg‘ichlilaming oraliq xo‘jayini hisoblanadi.
45



Yüklə 233,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin