2. Bitta yurakoldi bo‘Imalilar (Monotocardia ). Mantiya komple-ksi
organlari bittadan, faqat tananing chap tomonida joylashgan. Chuchuk suvda
yoki quruqlikda yashashga moslashgan bir qancha vakillarida ktenidiy butunlay
bo‘lmaydi yoki u ikkilamchi jabralar bilan almashinadi. Pedal gangliylari
rivojlangan. Dengizning litoral qismida odatda Littorinako‘p uchraydi. Atlantika
va Tinch okeanlaming Shimoliy qismida uchraydigan Buccinium iste’mol
qilinadi. Ko‘llarda Viviparus va Bithyniauchraydi (136-rasm).
Dengizlarda uchraydigan eshkakoyoqlilar (Heteropoda) plankton hayot
kechiradi. Mollyuskalar oyog‘ining o ‘rta qismi yon tomonlardan siqilgan tik
suzgichni hosil qiladi; keyingi qismi dumga o'xshash cho'ziq bo‘ladi. Ular yirtqich
hayot kechiradi. Ayrim turlari ignaterililarda parazitlik qiladi.
Orqajabralilar (Opistobranchia) kenja sinfi Orqajabralilarning mantiya komleksi organi oldingi tomondan tanasining
o‘ng tomoniga siljigan. Yagona jabrasi yuragining orqasida joylashgan. Odatda
chig‘anog‘i reduksiyaga uchragan. Germafrodit. Faqat dengizlarda uchraydi.
Yopiqjabralilar (Tectibranchia) va yalang'ochjabralilar (Nudibranchia)
turkumlariga bo‘linadi. Yopiqjabralilarning ktenidiysi va odatda chig‘anog‘i
boiadi. Bu turkumga qanot oyoqlilar(Pteropoda) va Shimoliy dengizlarda keng
tarqalgan dengiz avliyosi (Clione limacina) kiradi (100-rasm). Dengiz
avliyosining chig‘anog‘i boimaydi, tanasi pushti qizgish rangda, tishsiz kitlaming
ozig‘i hisoblanadi.Yalang‘ochjabralilar ktenidiysi reduksiyaga uchragan; uning
o‘rniga ikkilamchi jabra hosil boiadi. Chig‘anog‘i boimaydi. Shimoliy dengizlarda
keng tarqalgan Dendronotus va Catriona urugiariga mansub
yalang‘ochjabralilar tanasining orqa tomonida juda ko‘p jabralari boiadi.o‘pkali
43
mollyuskalar (Pulmonata) kenja sinfiO‘pkali mollyuskalar yoki shilliqqurtlaming
ktenidiy jabralari yo‘qolgan.