Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob. Tabiatni xuquqiy muxofaza qilishning tarixiy jixatlari


Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə7/10
tarix25.04.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#102119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qayimov Ural Kurs ishi

2.3 Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida1 o'z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida fuqarolaring ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan, 50-moddada "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir", deyiladi. 100-moddada atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimlik organlari vazifasiga kirishi ta'kidlangan.
Shuningdek, 1996 yil 27 dekabrda O'zbekiston Respublikasining "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan. Qonun 30 ta moddadan iborat bo'lib, unda atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari, fuqarolarining huquq va majburiyatlari, standartlar va me'yoriy hujjatlar, havo muhitiga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kabi moddalar mavjud.
1994 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan. Qonun 10 ta bo'lim va 51 ta moddadan iborat.
1993 yil 6 mayda O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvlardan foydalanish to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan.
1999 yil 14 aprelda O'zbekiston Respublikasining "O'rmon to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan.
2000 yilda O'zbekiston Respublikasining "Ekologik ekspertiza to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan.
2001 yil 6 dekabrda O'zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to'g'risida”gi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonunda respublika hududida chiqindilardan foydalanish, ularni qayta ishlash, eksport qilish tartibi, bu borada korxona va tashkilotlarning huquq va majburiyatlari o'z ifodasini topgan. Shuningdek, ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7- sessiyasida O'zbekiston hududida Biologik rang-baranglikni saqlash konventsiyasi ham qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo'lgan davrda o'zbekiston respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni2 qabul qilingan. Farmon doirasida Kontseptsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko'rsatkichlar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha tegishli davrga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlardan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch yil muddatga alohida-alohida tasdiqlanadigan «yo'l xaritalari» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Kontseptsiya ko'rsatib o'tilgan davrda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi. Ularning amalga oshirilishi esa kelajak avlodlarning manfaatlari yo'lida davlatni barqaror rivojlantirishni ta'minlash imkonini beradi.
Kontseptsiyaning maqsad va vazifalari.
O'zbekiston Respublikasi aholisining hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zarur sharti sifatida atrof-muhitning qulay holatini ta'minlash;
atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy ta'sirni pasaytiruvchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanish;
atrof muhit ob'ektlaridan oqilona foydalanishni va biologik resurslar qayta tiklanishini ta'minlash.
Quyidagilar Kontseptsiyaning vazifalari hisoblanadi:
atrof muhit ob'ektlarini (yer, suv, atmosfera havosi, yer qa'ri, o'simlik va hayvonot dunyosi) saqlash va qo'riqlanishini ta'minlash;
qo'riqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini, shuningdek, atrof muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish;
atrof muhitni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan ta'minlash;
aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish;
atrof muhitga minimal og'irlik tushiradigan barqaror rivojlanishni ta'minlovchi jamiyatni shakllantirish;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda BMTning atrof-muhit muammolari bilan shug'ullanuvchi 7 ta missiyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ayniqsa, Orol va Orol bo'yidagi ekologik muammolar Xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo'lib ushbu yo'nalishda turli tadbirlar o'tkazilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi 1993 yil 18 mayda Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risidagi Vena konventsiyasiga va Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal protokoliga qo'shildi.
2030 yilda gidroxlorftoruglerodlar ishlatishni batamom to'xtatish O'zbekiston uchun Monreal protokolining xalqaro majburiyatlarini bajarishga rioya etishning strategik yo'nalishi hisoblanadi.
O'zbekiston 1993 yildan buyon BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi hadli konventsiyasining (Nyu-York, 1992 yil may) a'zosi hisoblanadi. Ushbu Konventsiyaga Kioto protokoli 1998 yilda imzolangan va 1999 yilda ratifikatsiya qilingan, Parij bitimi esa 2017 yilda imzolangan va 2018 yilda ratifikatsiya qilingan.
O'zbekiston 1992 yilda imzolangan MDH Davlatlararo Ekologiya Kengashining teng huquqli a'zosi hisoblanadi.
Bugungi kunda, O'zbekiston Xitoy, Gruziya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Malayziya, Koreya Respublikasi, Slovakiya, Shveytsariya, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Turkmaniston va Ukraina bilan atrof-muhitga tegishli komponentlar kiritilgan bir qator ikki tomonlama bitimlar imzolagan.
Ushbu bitimlarda O'zbekiston quyidagi sohalarda hamkorlik qilishi ko'zda tutilgan:
Suv va havoning ifloslanishi monitoringi texnologiyalari. Tabiatni muhofaza qilish ilmi va texnologiyalari tadqiqotlari. Ekologik ta'lim, mutaxassislarni tayyorlash va targ'ibot. Tabiatni muhofaza qilish jarayonlarini boshqarish va biologik turlarni himoya qilish. Ekologik toza ishlab chiqarish texnologiyasi. Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunlar, qonun-qoidalar, siyosat va standartlar, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishi va mahsulotlari uchun ekologik standartlar. Tomonlar kelishib olgan atrof-muhitni muhofaza qilish va yaxshilashga taalluqli hamkorlikning boshqa sohalari. Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalalari O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik me'yorlarida belgilangan. Ma'muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to'lash va ma'lum huquqdan mahrum qilish jazolari ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4-bo'limi "Ekologiya sohasidagi jinoyatlar" deb yuritiladi. Jinoyat kodeksida Ekologiya sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima to'lash, muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkni musodara qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish choralari belgilangan.

Tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirildi


2017 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanganidek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yildagi faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarishga, qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga hamda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirishga, mamlakatdagi ekologik holatni sog‘lomlashtirishga qaratildi.
Hisobot davrida insonlar salomatligini mustahkamlash, ekologik muvozanatni, jonli tabiat turlarining boyligini va genetik fondini, ekologik tizimlar rang-barangligini saqlab qolish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, ekologik xavfsizlikni ta'minlashga, tabiat obektlari bilan bog‘liq madaniy merosni saqlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 6 ta qonun loyihasining yangi tahriri, Vazirlar Mahkamasining 10 dan ortiq qarori tayyorlangani va shundan 8 tasi qabul qilingani qayd etildi.
Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan olib borilgan nazorat davomida 18 270 dan ziyod mansabdor shaxs va fuqaro ma'muriy javobgarlikka tortildi, 2 400 dan ortiq korxona va tashkilotlarga da'vo kiritildi, 4,13 mlrd. so‘m undirildi.
2016 yilda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari uchun, xizmatlar, ekologik xavfli chiqindilarni va mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun 3 860 dan ortiq ekologik sertifikat berildi. 27 500 ta loyiha davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi, 3 350 dan ortiq ekologik norma belgilandi. Davlat ekologik ekspertizasining tavsiyalariga muvofiq energetika, neftgaz, metallurgiya, kimyo, qurilish tarmoqlarining, sanoat, kommunal va qishloq xo‘jaligining 318 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektida energiya tejovchi, kam chiqindi chiqaradigan texnologiyalar joriy etildi. Ekologik, shuningdek idoraviy va jamoat nazoratini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
2013–2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi atrof muhitini muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturini bajarish choralari ko‘rildi. Orolbo‘yi mintaqasini ekologik sog‘lomlashtirish bo‘yicha choralar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Orol dengizining qurib qolgan tubidagi 76,1 ming gektar maydonda yangi ihota daraxtzorlari barpo etildi.
2016 yilda beshta xalqaro loyihani amalga oshirish davom ettirildi, 25 ta yangi xalqaro loyiha ishlab chiqildi va 2017 yilda 6 ta yangi loyihani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hisobotni muhokama qilish vaqtida senatorlar ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan ishlash, biologik xilma-xillikni saqlash hamda ko‘paytirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish sohalaridagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligiga e'tibor qaratdilar. Davlat ekologik nazorati, atrof muhit monitoringi, shuningdek xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlarining infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.
Shundan so‘ng senatorlar Oliy Majlis Senatining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisini saylash, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.
Huquq normalari o‘z tuzilishiga ko‘ra uch tarkibiy qismdan iborat:
1. Gipoteza – kimlarga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi qoidalar;
2. Dispozitsiya – subyektlarning (ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining) huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi qoidalar;
3. Sanksiya – gipoteza va dispozitsiya normalarini bajarmaganlar uchun belgilanadigan jazo (majburlov) choralari. Huquq normalarining mazmunidagi qoidalar xarakteriga ko‘ra: vakolatlovchi, majburiyatlovchi, taqiqlovchi, buyruqlovchi (imperativ) va to‘ldiruvchi (dispozitiv) turlarga ajratiladi. Vakolatlovchi normalar ijtimoiy munosabat subyektlarining o‘z vakolatidan kelib chiqadigan vazifalarni, ya’ni funksiyalarini aniqlaydi. Majburlovchi normalar esa ular nimalarni qilishlari shart ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha, taqiqlovchi normalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining nimalarni qilishlari mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Imperativ normalarda ishtirokchilarning qat’iy harakat yoki harakatsizliklarini cheklashni o‘rnatadi. Dispozitiv normalar ijtimoiy munosabat qatnashchilariga real sharoitdan kelib chiqqan tarzda alternativ ko‘rinishdagi xulq-atvor variantlarini tanlash imkoniyatini beradi. Huquq normalari tizimi – huquq normalarini mazmun va mohiyatga ko‘ra turli qismlarga ajratish va ularni iyerarxik pog‘onalashtirish. Masalan, O‘zbekistonda huquq normalarini tizimlashda konstitutsiyaviy normalar (birlamchi) → qonun normalari (ikkilamchi) → qonun osti normalari (uchlamchi) ahamiyat kasb etadi. Lekin turli davlatlarning shakli, tuzilishi, rejimi va boshqaruv mexanizmiga qarab huquq normalari turlicha tizimlashtiriladi. Islom respublikalarida Qur’oni Karim, totalitar mamlakatlarda esa davlat hokimiyati boshlig‘i farmonlari birlamchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Huquq manbalari – ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy odat, huquqiy presedent va normativ-huquqiy hujjatlar. Tarixan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ishlatilib kelingan, ya’ni ko‘p marotaba takrorlangan, so‘ngra huquq normasi sifatida davlat tomoni dan qabul qilingan qoida huquqiy odatga kiradi.
Huquqiy presedent esa muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda sud hokimiyati yoki ma’muriy organlar qaroriga umummajburiy kuch berilishi. Huquqiy odat va huquqiy presedent O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimi- da qo‘llanilmaydi (Saidov, Tadjixanov, Odilqoriyev, 2002). Normativ-huquqiy hujjatlar – vakolatli davlat organining belgi- langan tartibda qabul qilgan, umummajburiy kuchga ega bo‘lgan va yozma tarzda ifoda etilgan yuridik hujjati.
Ularda huquqiy normalar belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi, qoidalarning mazmun va mohiyati bayon etiladi. Huquqiy munosabatlar – huquq normalari bilan tartibga solina- digan ijtimoiy munosabatlar. Huquqiy munosabat tuzilishiga ko‘ra obyekt, subyekt va mazmun kabi elmentlardan iborat bo‘ladi. Ushbu munosabat ishtirokchilarning harakati nimaga qaratilgan bo‘lsa – obyekt, uning ishtirokchilari – subyekt, ularning huquq va muajburi- yatlarini amalga oshrish yo‘llarini ko‘rsatuvchi normalar – mazmu- niga kiradi. Huquqiy munosabat subyektlari bo‘lishi uchun ijtimoiy muno- sabat ishtirokchilari, albatta, huquqiy va muomala layoqatlariga ega bo‘lishlari kerak. Huquqiy layoqat – huquqiy munosabat ishtirokchi- larining muayyan huquqlarga ega bo‘lish va yuridik majburiyatlarni zimmasiga olish qobiliyati. Muomala layoqati esa o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarini bajara olish qobiliyati. Huquqiy munosabat qatnashchilari o‘z huquq va majburiyatla- rini bajarmaganda huquqbuzarliklar kelib chiqadi.
Huquqbuzarlik – huquqiy va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan harakat yoki harakatsizlik ko‘rinishida sodir etiladigan, huquq normalari talablari- ga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfl i qilmish. Bunday qilmish qonun bilan muho- faza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfi ni tug‘dirishi mumkin. Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud: jamiyat va shaxs uchun ijtimoiy xavfl i; huquqqa zid; ayb; zararli oqibat; qilmish bilan zararli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish; yuridik javobgarlik va h. Ijtimoiy xavfl ilik darajasiga ko‘ra, huquqbuzarlikning jinoyat (odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, fi ribgar- lik va h.) va nojo‘ya ish ko‘rinishidagi turlari mavjud. Nojo‘ya ish ko‘rinishidagi huquqbuzarlik o‘z navbatida fuqarolik-huquqiy (mod- diy zarar yetkazish, majburiyatni bajarmaslik va h.k.); ma’muriy (mayda bezorilik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va h.k); intizomiy (ishga kelmaslik, kech qolish va h.k.)larga bo‘linadi.
Huquqbuzarlik huquqiy normalar orqali muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki yetkazish xav fi ni tug‘dirishi mumkin. Uning belgilari – ijtimoiy xav fl ilik, huquqqa zidlik, ayblilik, jazolanish. Huquqbuzarlik quyidagi turlarga ajratiladi – fuqaroviy (mulkiy va shaxsiy nomulkiy zarar yetkazish), intizomiy (mehnat, ta’lim, xizmat kabi ichki tartib-qoidalarni buzish), ma’muriy (boshqaruv qoidalarini buzish), jinoiy (ijtimoiy xav fl i bo‘lgan aybli harakatlar yoki harakatsizliklar). Asrlar davomida buyuk allomalar «Inson va tabiat nima?» degan savolga javob qidirib kelganlar. Inson tirik organizm sifatida boshqa tabiiy obyektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuchqudrati, uni alohida bir mavjudot sifatida qarashga da’vat etib keldi. Ayniqsa, bunday dunyoqarash XX–XXI asrlar, ya’ni ilmiy-texnika yutuqlari davriga kelib avjiga chiqdi. «tabiat ustidan g‘alaba»ga erishgan inson hamma ilm-fan tarmoqlarida alohida bir omil sifatida qaraladigan bo‘ldi. Lekin inson aslida alohida bir «individ» yoki hech kimga bo‘ysunmaydigan «yakka hokim» emas, u tabiatning bir bo‘lagi, «tabiat oshxonasining bir anjomidir». Insonni tabiatdan va uni o‘rab turuvchi atrof-muhitdan ajratish o‘limga mahkum etish demakdir. Falsafada tabiat deb obyektiv borliq, ya’ni bizni o‘rab turuvchi olam va uning xilma-xil shakllari tushuniladi. Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda uni kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbayi bo‘lgan atrof tabiiy muhit deb qaraladi. Falsafiy yoki astronomik nuqtayi nazardan qaraganda, birinchi keng ma’no to‘g‘ridir. Zero yulduzlar, sayyoralar, osmon va uning cheksiz keng liklari, albatta, inson ishtirokisiz kelib chiqqan va tabiiydir. Lekin inson kundalik hayot faoliyatida ulardan foydalanmaydi va ulardagi jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Balki u o‘zini o‘rab turuvchi atmosfera havosi, suv, yer, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiat ne’matlaridan «oldi-or qasi»ga qaramasdan foydalanadi va ularga ta’sir etadi. Nafaqat inson, balki butun jonzodlar ham bundan istisno emas.
Inson Yer kurrasining jonli qobig‘i – biosferada yashovchi va tirik organizmlar (to‘g‘rirog‘i, organizmlar) turkumiga kiruvchi, lekin u murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir. U ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa organizmlardan tubdan ajralib turadi. Insonlarning muayyan bir hududda tarixan qaror topgan uyushgan guruhi – jamiyatdir. Xuddi ana shu insonlar guruhi bilan tabiat juda uzviy munosabatdadir. Barcha fanlarda bo‘lgani kabi ijtimoiy fanlarda ham jamiyat so‘ziga turli tushunchalar beriladi. Lekin biz yuristlar A.A.Dadasheva va Sh.U.Yakubovlarning (2011) fi krlariga qo‘shilgan holda jamiyatni ongli kishilar, ya’ni insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimi deya olamiz. Inson doimo jamiyat bilan aloqada va uni jamiyatsiz tasavvur etish qiyin. Jamiyat – ehtiyoj va manfaatlariga ko‘ra birlashgan kishilarning ma’lum tarzda tashkil etgan tizimi. Kishilar, ularning tashkilotlari, jamoalari turli iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, diniy va boshqa munosabatlar orqali jamiyatga birlashadilar. Jamiyatda tabiiy qonunlar emas, balki ijtimoiy qonuniyatlarga amal qilinadi. Lekin ijtimoiy qonuniyatlar tabiiy qonuniyatlar bilan qay darajada uyg‘unlashganligini bilish uchun jamiyatga tarixiy nuqtayi nazardan yondashmoq lozim.
Insonning yakka o‘zi uncha katta kuch emas, lekin uning ongli ravishda, biron-bir maqsadni ko‘zlab, takomillashtirilgan mehnat qurollaridan foydalangan tarzda tabiatga nisbatan munosabati ekologik munosabatlarda juda ko‘p narsani belgilab beradi. Agarda ushbu maqsad faqatgina jamiyat ehtiyojini qondirishga qaratilsa, atrof-muhit holatida juda sezilarli darajadagi salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Aksincha, ushbu jamiyat kuchi tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish yoki uni qayta tiklashga qaratilsa, atrof-muhitda juda katta ijobiy ko‘rsatkichlarga olib kelishi muqarrar. Insonlarning muayyan hududda uyushgan qismi – davlat orqali salbiy yoki ijobiy jarayonlarga huquq orqali ta’sir etishi esa tabiatni, xususan, atrof- muhitni keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. Tabiatning muayyan hududda, salbiy yoki ijobiy o‘zgarishi, albatta, o‘zga ma’muriy birlik va undagi inson, jamiyat va davlatga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi isbot talab etmaydigan aksiomadir. Xulosa qilib aytganda, davlat, huquq va tabiat o‘zaro uzviy bog‘langan va ajralmasdir. Shuning uchun ham inson yashaydigan atrof-muhit holati ular o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni nechoqlik uyg‘unlashganligiga bevosita bog‘liq.

Yüklə 45,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin