Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob. Tabiatni xuquqiy muxofaza qilishning tarixiy jixatlari



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə8/10
tarix25.04.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#102119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qayimov Ural Kurs ishi

2.4 Tabiatdan foydalanish huquqi
Tabiatdan foydalanish jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiy etishining muhim shartidir, ta’bir joiz bo‘lsa, davlatning iqtisodiy qudrati va salohiyatining moddiy asosidir. Kishilik jamiyati tabiiy resurslardan foydalanmagan holda mavjud bo‘la olmaydi va bunday sharoitda barqaror rivojlanish to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Shunday ekan, tabiatdan foydalanish bu muqarrar voqelikdir. O 'z navbatida, inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishi lozim. Tabiatdan foydalanish - insonning turli ehtiyojlarini qondirish, respublikani samarali va barqaror rivojlantirish yo‘lida hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashtirgan holda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Tabiatdan foydalanish huquqi esa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat obyektlari, tabiiy resurslar va tabiiy komplekslardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari majmuyi sifatida ifodalanadi.
Tabiatdan foydalanish ma’lum me’yorlarda bo‘lishi, tabiatning o ‘zini o‘zi qayta tikiash qobiliyatini ta’minlashi kerak. Barqaror rivojlanish ham aynan tabiiy resurslardan hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanishni ta’minlashni ko‘zda tutadi. Tabiatdan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy-ekologik munosabatlarga kirishish, ushbu munosabatlarda ma’lum huquq va majburiyatlarga ega boMish hamda ulami amalga oshirish uning subyektlariga taalluqli bo‘lib, ular esa, o‘z navbatida, tabiatdan foydalanish huquqining subyektini tashkil etadi. Tabiatdan foydalanish huquqining subyektlari yuridik va jismoniy shaxslar boMishi mumkin. Tabiatdan foydalanuvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxs, chunki har qanday korxona yoki inson hayot shart-sharoitlari va tabiat resurslaridan foydalanadi, chunki ular tabiatsiz mavjud bo‘la olmaydi.
Tabiatga ta’sir etilishiga, undan foydalanish shakl va usullariga qarab, tabiatdan foydalanish asosan ikki yirik turda ya’ni umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g ‘risida”gi Qonunining 6-moddasida “Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalanish” tushunchalari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlami qondirish uchun tekinga tabiiy resurslami ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilib. fuqarolaming shaxsiy, kundalik va o‘zga ehtiyojlarini qondirishni hamda maxsus ruxsat va haq to‘lashni talab qilmaydigan tarzda foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, umumiy foydalanishdagi yerlardan (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo'llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan, yerlar, ya’ni daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar) foydalanish, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g ‘amlash, yig‘ish, jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalami qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlami qondirish maqsadida suvdan foydalafttshlarini (jumladan, cho‘milish) ko‘rishimiz mumkin.
Tabiatdan umumiy foydalanish ma’lum bir chegara, me’yor va miqdorlarda boiadi. Bunday qoida va talablar esa o ‘z navbatida qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bu esa tabiatdan chegarasiz, beayov foydalanishi uning ayrim obyektiari ishdan chiqishi, kamayib ketishining oldini oladi. Shuningdek, tabiatdan umumiy foydalanishni amalga oshiruvchi subyektlaming teng huquqliligini ta'minlaydi. Masalan, hayvonot dunyosidan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayvonlarni yashash muhitidan ajratib olmaisdan va hayvonlarga zarar yetkazmasdan amalga oshirilib, barcha tabiiy suv havzalarida 5.kilogrammgacha miqdorda baliqlami sport va havaskorlik tarzida ovlash mumkin. Tabiatdan maxsus yo'sinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi. Masalan, yer osti boyliklari asosan maxsus foydalanish uchun beriladi.
O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g ‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga asosan, yer qa’ri geolqgik jihatdan o ‘rganish, foydali qazilmalarni kovlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kovlab olish bilan bog‘liq bo‘lrnagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (uglevodorodlami), boshqa moddalar va materiallami yer ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, chiqindilami saqlash va ko'mib tashlash, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlami barpo qilish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlami va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to'plash maqsadlari uchun pullik tarzda foydalanishga beriladi. Tabiatdan umumiy va maxsus foydalanish turlaridan kelib chiqib, tabiatdan foydalanishning obyekti, subyekti, usuli, shakli, ularga bo'lgan huquqlar kabi turli mezonlarini quyidagicha tasniflashimiz mumkin: Tabiat obyektlariga ko‘ra yer, yer osti boyliklari, suv, 0‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy obyektlardan foydalanish. Tabiat obyektlarining o'ziga xos xususiyatlariga ko‘ra foydalanish. Masalan, o ‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut), ya’ni qo‘shni boMgan bir yoki bir nechta yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish. Tabiatdan foydalanish subyektlariga ko‘ra, faqat jismoniy shaxslar yoki faqat yuridik shaxslar foydalanshiga beriladigan obyektlar yoki foydalanish huquqi. Masalan, yer uchatkalaridan doimiy egalik qilish huquqi asosida foydalanish, yer qa’ri geologik jihatdan o ‘rganish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Tabiatdan fodalanuvchilar soniga ko‘ra, tanho va birgalikda foydalanish. Masalan, suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo'lishi mumkin. Yuridik yoki jismoniy shaxsiarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyekti bo‘Isa, tatiho foydalanishga berilmagan suv obyekti birgalikda foydalaniladigan suv obyekti hisoblanadi. Tabiatdan foydalanish muddatiga ko‘ra muddatli va muddatsiz. Masalan, yer uchastkalaridan muddatli foydalanish qisqa muddatli - uch yilgacha va uzoq muddatli - uch yildan o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin yoki suvdan vaqtincha foydalanish muddati qisqa muddatli - uch yilgacha va uzoq - yigirma yilgacha bo‘lishi mumkin. Agar tabiat obyektidan foydalanish muddati ko‘rsatilmagan va avvaldan belgilanmagan holda foydalanish berilsa, muddatsiz yoki doimiy foydalanish deb e ’tirof etiladi. Tabiatdan foydalanish huquqlariga ko‘ra ashyoviy yoki mulk huquqi asoslarida tabiat obyektlaridan foydalanish. Tabiatdan foydalanganlik uchun haq to‘lash shakliga ko‘ra ma’lum miqdor va chegarada tekinga hamda pullik tarzda amalga oshiriladi. Tabiatdan foydalanish maqsadiga ko‘ra masalan, suv iste’moli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xo'jaligi, sanoat, energetika, qishloq xo'jaligi suv iste’moliga va boshqa turlarga bo'linadi.
Tabiat obyektini tabiiy rauhitdan ajratib olinishi yoki oiinmasligiga ko‘ra foydalanish mumkin. Masalan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanishlari, shuningdek 0‘simlik yoki hayvonot dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan ajratib olgan holda foydalanishni ko‘rishimiz mumkin. Tabiatga ta’sir etish holatiga ko‘ra tabiatga zarar yetkazgan yoki zarar yetkazmagan holda foydalanish. Tabiat obyektlarining turli ko‘rsatkichlariga ta’sir etib foydalanilishiga ko‘ra, tabiatdan foydalanish oqilona va nooqilona bo‘lishi mumkin.
XULOSA
Insoniyat jamiyatining rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida odamlami tabiatga bo‘lgan munosabati shunchaki, ya’ni ongsiz bo‘lgan. Uning sharti inson o‘zi va jamiyat uchun foydali narsalarni, uning keyingi bo'ladigan oqibatlariga e’tibor bermay munosabat bildirgan. O'sha vaqtda sodda qurollar har jamoaning ehtiyojlarini eng kam miqdorda qondirgan. Shu bois inson bilan tabiat o'rtasida muvozanat — tenglik bo'lgan. Lekin ayovsiz ov qilish tufayli kam ko'payadigan hayvonlaming (mamontlar, seijun nosoroglar) qirilib ketishiga olib keldi. Ana shu paytdan boshlab tabiat hodisalari sababi o'rganilib, tabiat boyliklarini muhofaza qilish haqida fikr yuritilgan. Shu maqsadda tabiatni m uhofaza qilish urf-odatlar qatoriga kiritilgan. Qadimda odamlar o'z ehtiyojlarini boshlang'ich dehqonchilik va chorvachilik hisobiga qondira boshlashgan. Feodalizm vaqtiga kelib ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilar o'rtasida aniq ayirma hosil bo'ldi. Bu davrda qimmatbaho, kam tarqalgan hayvonlami himoya qilish haqida qonunlar chiqarildi.
Insoniyat jamiyatining rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida odamlami tabiatga bo‘lgan munosabati shunchaki, ya’ni ongsiz bo‘lgan. Uning sharti inson o‘zi va jamiyat uchun foydali narsalarni, uning keyingi bo'ladigan oqibatlariga e’tibor bermay munosabat bildirgan. O'sha vaqtda sodda qurollar har jamoaning ehtiyojlarini eng kam miqdorda qondirgan. Shu bois inson bilan tabiat o'rtasida muvozanat — tenglik bo'lgan. Lekin ayovsiz ov qilish tufayli kam ko'payadigan hayvonlaming (mamontlar, seijun nosoroglar) qirilib ketishiga olib keldi. Ana shu paytdan boshlab tabiat hodisalari sababi o'rganilib, tabiat boyliklarini muhofaza qilish haqida fikr yuritilgan. Shu maqsadda tabiatni m uhofaza qilish urf-odatlar qatoriga kiritilgan. Qadimda odamlar o'z ehtiyojlarini boshlang'ich dehqonchilik va chorvachilik hisobiga qondira boshlashgan. Feodalizm vaqtiga kelib ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilar o'rtasida aniq ayirma hosil bo'ldi. Bu davrda qimmatbaho, kam tarqalgan hayvonlami himoya qilish haqida qonunlar chiqarildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim. Yashash uchun tabiatni asrashimiz, tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur. Shuningdek, bugungi kunda yer sharidagi ko'plab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul tugab, ortga qaytarib bo'lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi nufusi o'sib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof-muhitni saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.
Insonning yakka o‘zi uncha katta kuch emas, lekin uning ongli ravishda, biron-bir maqsadni ko‘zlab, takomillashtirilgan mehnat qurollaridan foydalangan tarzda tabiatga nisbatan munosabati ekologik munosabatlarda juda ko‘p narsani belgilab beradi. Agarda ushbu maqsad faqatgina jamiyat ehtiyojini qondirishga qaratilsa, atrof-muhit holatida juda sezilarli darajadagi salbiy o‘zgarishlar yuz beradi. Aksincha, ushbu jamiyat kuchi tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish yoki uni qayta tiklashga qaratilsa, atrof-muhitda juda katta ijobiy ko‘rsatkichlarga olib kelishi muqarrar. Insonlarning muayyan hududda uyushgan qismi – davlat orqali salbiy yoki ijobiy jarayonlarga huquq orqali ta’sir etishi esa tabiatni, xususan, atrof- muhitni keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. Tabiatning muayyan hududda, salbiy yoki ijobiy o‘zgarishi, albatta, o‘zga ma’muriy birlik va undagi inson, jamiyat va davlatga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi isbot talab etmaydigan aksiomadir. Xulosa qilib aytganda, davlat, huquq va tabiat o‘zaro uzviy bog‘langan va ajralmasdir. Shuning uchun ham inson yashaydigan atrof-muhit holati ular o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni nechoqlik uyg‘unlashganligiga bevosita bog‘liq.


  1. Yüklə 45,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin