Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob. Tabiatni xuquqiy muxofaza qilishning tarixiy jixatlari



Yüklə 45,3 Kb.
səhifə4/10
tarix25.04.2023
ölçüsü45,3 Kb.
#102119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qayimov Ural Kurs ishi

1.3 Atmosferani muhofaza qilish
Yerdagi hayot sayyoramizning tashqi qobig‘i, koinotni dahshatli ta’sirdan saqlab turadigan qatlam atmosferaning tugashiga qadar davom etadi. Atmosfera yerning havo qatlami. Uning balandligini aniq aytish qiyin, chunki uning yuqorigi qatlamlarida havo nihoyatda siyrak. Barcha havoning 3/4 qismi uning pastki qallami iroposferada (uning o'rtacha balandligi 11 — 12 km, ya’ni 9 km qutblarda, 17 km. gacha ekvatorda). Keyingi qatlami strotosfera (80—90 km. gacha), undan qolgani 1/4 butun havo bo'ladi. Eng baland qatlam ionosfera va ekzosfera (1500—3000 km.gacha), unda ayrim gazlaming molekulalari bo'ladi. Ularning zichligi yer aobig'i ustki havosiga nisbatan bir necha million marta kichik. Yerdagi gazlarning ayrim molekulalari uchun 3000 km chegara emas, ular 10—20 ming km balandlikda ham uchraydi. Shunday qilib, sayyoramizning hayotni saqlab turadigan havo qobig'ining qalinligi 1,5 km bo'lib, u yerning masshtabiga ko'ra, juda kichik (yer radiusining 1/4 qismini tashkil qiladi). Koinot masshtabiga ko'ra (quyosh bilan yerning o'rtasidagi masofani), uning 1/100000 qismini tashkil qiladi.
Atmosferaning zichligi pastdan yuqoriga borgan sari kamayadi, ya’ni siyraklashadi. Uning zichligi, hatto dengiz yuzida 0,001 g/sm 3 yoki suvning zichligiga ko'ra 1000 marotaba kam. Shuning uchun olimlaming fikriashicha, u himoya qilish vositasi tushunchasini bermaydi. Shunga qaramay, «muallaq» havo yerdagi hayotni barqarorligini ta’minlaydi va koinotni zararli xavfdan saqlab turadi. Bu «metin» qobig'ini faqat bir necha yuz tonna massaga ega bo'lgan meteoritlar teshib o‘tishi mumkin. Bunday hodisalar juda kam, faqat favqulodda bo ‘lib turadi. Atmosferaning tarkibi mavjudotlar uchun muhim ahamiyatga ega. U 78 % azot, 21 % kislorod, 0,9 argon va 0,03 % karbonat angidrid va juda kam miqdorda uchraydigan boshqa gazlardan iborat. Bulardan tashqari, atmosferada suv bug'lari (4 %), bir qancha turli tabiiy mexanik bo‘lakchalarning aralashmalari ham uchraydi. Atmosfera havosining tarkibi turli sabablarga ko‘ra (mavsum, yillar, okeanlar, tog‘lar va hokazolar), o'zgarishi mumkin. Lekin bu o'zgarishlar atmosferaning xususiyatiga ta’sir qilmaydi.
Insoniyat jamiyatining rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida odamlami tabiatga bo‘lgan munosabati shunchaki, ya’ni ongsiz bo‘lgan. Uning sharti inson o‘zi va jamiyat uchun foydali narsalarni, uning keyingi bo'ladigan oqibatlariga e’tibor bermay munosabat bildirgan. O'sha vaqtda sodda qurollar har jamoaning ehtiyojlarini eng kam miqdorda qondirgan. Shu bois inson bilan tabiat o'rtasida muvozanat — tenglik bo'lgan. Lekin ayovsiz ov qilish tufayli kam ko'payadigan hayvonlaming (mamontlar, seijun nosoroglar) qirilib ketishiga olib keldi. Ana shu paytdan boshlab tabiat hodisalari sababi o'rganilib, tabiat boyliklarini muhofaza qilish haqida fikr yuritilgan. Shu maqsadda tabiatni m uhofaza qilish urf-odatlar qatoriga kiritilgan. Qadimda odamlar o'z ehtiyojlarini boshlang'ich dehqonchilik va chorvachilik hisobiga qondira boshlashgan. Feodalizm vaqtiga kelib ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilar o'rtasida aniq ayirma hosil bo'ldi. Bu davrda qimmatbaho, kam tarqalgan hayvonlami himoya qilish haqida qonunlar chiqarildi.
Hayot uchun atmosfera bosimi, tiniqligi, ya’ni quyoshning ko'rinadigan ultrabinafsha va infraqizil qismlarini o'tishi muhim ahamiyatga ega. Yerda hayot atmosferasiz, suvsiz mineral moddalar, mikroelementlar va boshqalarsiz mumkin emas. Odam ovqatsiz bir necha hafta, suvsiz bir necha kun, havosiz esa 1—2 minut, atmosfera bosimisiz bir necha sekund yashay oladi. Inson, boshqa mavjudotlar uchun har minutda toza havo zarur. Havoning tozaligini himoya qilish yangi masala emas, u sanoat transportining rivojlanishi bilan bir vaqtda kelib chiqqan. Atmosfera havosining ifloslanish manbalari. Havoning tabiiy ifloslanishi sayyoramizdagi 500 dan ortiq vulqonlar, changli bo'ronlar faoliyati natijasida ro‘y beradi. Ayrim hollarda bo‘ronlar, tuproqning ustki unumdor qatlamini uchirib ketadi. Qum va chang havoni xiralashtiradi. Inson va hayvonlaming nafas olish yo‘llariga, ko‘zlarining shilliq qavatiga kirib zararlaydi, hayvonlaming junlarini ifloslaydi. Chang havoda juda ko‘p mikroblar bo‘lib, ularning orasida kasal qo‘zg‘atuvchilari ham kam emas. Ayrim tumanlarda ommaviy ravishda turli gazandalar (chaqadigan chivinlar, eshak qurtlar, shilliq qurtlar) ko‘payadi. Gazandalar Shimoliy Amerikada, Sibir, Uzoq Sharqning tundra, tayga hududlarida, Dunay daryosi sohillarida ko‘p tarqalgan. Atmosferaning iflos bo'lishi manbalaridan eng xavflilari kelib chiqishiga ko‘ra, antropogenlar hisoblanadi.
Ayniqsa, sanoat va shahar chiqindilari juda zararli. Ularning yillik miqdori o ‘ta yuqori. Har yili atmosferaga 150 mln tonna oltingugurt oksidi, 60 mln tonna azot, 300 ming tonna qo‘rg‘oshin va boshqa chiqindilar tarqalad i. Inson faoliyati natijasida atmosfera ifloslanadi. Masalan, 1987- yil atmosferada 22 mlrd. tonna karbonat angidrid ajratilgan. Shundan AQSHda 23 %, MDH da 19 %, G 'arbiy Ovrupoda 13,5 %, Xitoyda 8,7 %, qolgan boshqa davlatlarda 28 % tarqalgan. S 0 2 gazining asosiy qismi 45 % k /m irn i, 40 % neftni va 15 % esa gazni yoqish hisobiga bo‘ladi.
Atmosferaning ifloslanishi snartii ravishda mexanik va kimyoviy ifloslanishga bo'linadi. Mexanik ifloslanish — bu sement zavodlari chiqindilari, ko‘mir yoqishdan chiqqan tutunlar, neftning yonishi, rezinkali g‘ildiraklarning yeyilishi va boshqalar. Kimyoviy ifloslanish — changsimon, gazsimon, kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalar. Kimyoviy ifloslanishda birinchi o‘rinda oltingugurt gazi turadi. Avtomobillar (CO) is gazi, azot ikki oksidi (NO,) ajratadi. Ular inson salomatligiga yomon ta’sir qiladi. Atmosferaning radioaktiv moddalar bilan mexanik ifloslanishi quyosh nuri o‘tishini kamaytiradi, ya’ni albedani nurni qaytib ketishini ko‘paytiradi.
Atmosferaning ifloslanishini va uning tashqi muhitga salbiy ta ’siri. Atmosferaning turli zaharli gazlar bilan ifloslanishi odamlar va hayvonot dunyosini turli kasalliklarga uchrashiga olib keladi. Havoning zaharlanishidagi «sezilmaslik» ta’siridan saqlanish uchun m a’lum maromli chegaralar belgilanadi. Bu marom lar zaharli m oddalarning eng ko‘p mumkin bo'lgan konsentratsiyasi (EM K) bilan belgilanadi. Eng ko‘p mumkin bo‘lgan ifloslanish konsentratsiyasi odam larning sog‘lig‘iga, mehnat unumiga, kayfiyatiga bevosita va bavosita salbiy ta’sir qiladi. Eng ko‘p mumkin bo‘lgan konsentratsiya (EM K) Sog‘liqni saqlash vazirligi tom onidan tasdiqlangandan keyin qonuniy kuchga kiradi, u mutaxassislarning ma’lumotlariga asoslangan bo‘ladi. Havoning EM Kdan ortiqcha ifloslanishi odamlar salomatligiga yomon ta’sir qiladi. Tutun, qorakuya va boshqa havo tarkibidagi mexanik birikmalar odam va hayvonlaming o'pkasiga kirib, ularda o ‘rnashib qoladi. Natijada, surunkali bronxit, emfizema va hatto o‘pka raki kabi kasalliklar kelib chiqadi. Tutundan tashqari, oltingugurt (serovodorod) gazlari o‘pka kasallildariga sabab bo‘ladi. Avtomashinalardan chiqadigan gazlar ham inson salomatligiga katta zarar yetkazadi va havoning turlicha ifloslanishiga olib keladi. Ayniqsa, qo‘rg‘oshin gazi odam organizmini kuchli zaharlaydi, asabni ishdan chiqaradi. Ftor yetishmaslik tishlami ishdan chiqaradi, kasallantiradi. Ayrim sanoat korxonalaridan chiqayotgan oltingugurt gazi uning atrofidagi 50 km masofadagi o‘simliklarga yomon ta’sir qiladi, dastlab daraxtlar bargini qoraytiradi, so‘ng qurib qoladi. Bunga misol qilib, kimyo zavodlaridan chiqayotgan havoni ifloslantirayotgan daraxtlar, o‘simliklar, odam ­ larning hayotiga xavf tug'dirayotgan gazlarni keltirish mumkin. Bunday misollar juda ko‘p. Havoning ifloslanishi imoratlar va turli inshootlarga katta zarar yetkazadi. Tutuni imoratlami qoraytiradi, bo‘- yoqlarini xiralashtiradi va ko‘chiradi. Hozirgi paytda atmosferaning ifloslanishi juda katta zarar keltirmoqda. Masalan, har yili havoni tozalash uchun Angliya 250 mln. funt sterling, AQSH 1,5 mln. dollar sarflayapti. Bu hisobga odam lar salom atligining yom onlashishi, o ‘limning ko‘payishi kirmaydi. Ekologiya ham , iqtisod ham, tibbiyot ham, jamiyat ham , atmosferani muhofaza qilish ham hech kechiktirib bo‘lmaydigan muammolar hisoblanadi. Amerikalik iqlimshunos olim Luis J. Bitgan: «Ikkitadan bittasi: odamlar havoni tozalaydi — havoda tutun kamayadi yoki tutun shunday qiladiki, yerdan odamlarni tozalaydi — qiradi», deb bashorat qilgan.Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning xalqaro va milliy huquqiy standartlari.

Yüklə 45,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin