Toza shudgor, uning turlari va toza shudgorga ishlov berish tizimi.
Ang’izni haydab yil davomida ekin ekilmay maxsus ajratilgan dala toza shudgor deyiladi. Shudgorga yil davomida yoki yozning yarmigacha ekin ekilmay faqat begona o’tlarni yo’qotish uchun quruq ishlov berib turiladi. Ishlov berish natijasida shudgor yumshoq va begona o’tlardan xoli bo’ladi, unda nam ko’proq to’planadi, oziq moddalar ko’payadi, ekinlarning kasallik va zararkunandalari kamayadi.
Quruq shudgor. Ko’p yillik benona o’tlar - kakra, kampirchopon va
Lalmikorlikda tuproq unimdorligini oshirish g’alla ekinlari hayoti uchun qulay sharoit yaratish uchun u toza shudgor bilan almashlab ekiladi. Toza shudgor tuproqni chuqur qatlamlarida suv rejimini yaxshilaydi, qurg’oqchilikni zararli ta’sirini kamaytiradi. Qamashida toza shudgor kuzgi bug’doy hosilini 56% oshirgan. Kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan. Yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillari toza shudgorda tuproq zichlashadi, bug’doyni o’sishi uchun sharoit yomonlashadi, ekinzor bir yillik begona o’tlar bilan ifloslanadi, samaradorlik kamayadi.
Jizzax viloyatidagi “G’alla” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi dalalarida toza shudgorga ekilgan bug’doy hosili 14-22 ts, ang’izda 4-8 ts tashkil etgan. Lalmi yerlarni shudgorlashning eng qulay muddati tekislik mintaqada martning ikkinchi yarmi, tekislik-adir mintaqasida martning oxiri aprelning birinchi yarmi, tog’ oldi mintaqasida aprel va tog’li mintaqada aprelning oxiri va mayning boshi hisoblanadi. Toza shudgor yoz davomida 2-3 marta 10-12sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Bu ish KRN-3.5, KRN-3, KPN-4.3, KP-4a, PPL-
10-25 rusumli kultivatorlar va KPL-2-150 rusumli yuza yumshatgichlar (ploskorezlar) bilan ishlanadi.
O’zbekistonning togli va tog oldi vodiylarning kup kismida lalmikor Dehqonchilik kilinadi. Bu erda asosan galla etishtiriladi. Xosildorlik yogin sochin suvlarini tuplanish, saklanishi va taksimlanishiga boglik. Urgokchiliklar bu erda Dehqonchilik ishlarini ancha murakkablashtiradi, shuning uchun xam bu erda utkaziladigan tadbirlar yogin-sochin suvlarini tuplash va saklashga karatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |