Mundarija: Kirish Asosiy qism



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə4/12
tarix12.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#128929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundarija Kirish Asosiy qism

Qir-adirlik mintaqa. Bu mintaqa nam bilan yarim taminlangan bo’lib, dengiz sathidan 450-750 m balandlikda joylashgan. Yillik yog’in miqdori 250-350 mm ni tashkil etadi. Bu mintaqa Yangiobod (markaziy qismi), G’allaorol, Jizzax, Forish (markaziy qismlari), Pastdarg’om (janubiy qismi), Kattaqurg’on (g’arbiy), Qushrabot (shimoliy), Nurobod (janubiy va janubiy g’arbiy qismi),Nurota (markaziy qismi), G’uzor (shimoliy va g’arbiy qismlari), Chiroqchi va Yakkabog’ (g’arbiy), Boysun (markaziy va sharqiy qismlari) tumanlari kiradi.
Tog’ oldi mintaqa. Bu mintaqa nam bilan taminlangan dengiz sathidan 750-900 metr balandlikda joylashgan. Yillik yog’in miqdori 350-400 mm dan ko’proq bo’lib, suv eroziyasiga uchragan maydonlar 50-60 foizni tashkil etadi. Bu lalmikor mintaqaga Ohangaron, Bo’stonliq (janubiy-sharqiy qismi), Parkent (g’arbiy qismi), Yangiobod, Zomin, Forish (janubiy qismi), Baxmal (shimoliysharqiy qismi), Kattaqo’rg’on (sharqiy qismi), Qo’shrabot (markaziy qismi), Nurota (janubiy qismi), Dehqonobod (tog’oldi qismlari), Qamashi (sharqiy va janubiy qismlari), Kitob (janubiy-g’arbiy qismlari) va Chiroqchi (markaziy va sharqiy qismlari) tumanlari kiradi. Tog’ oldi va tog’li mintaqalari yog’insochin ko’p yog’ishi, nisbatan temperaturasi pastligi, havoning nisbiy namligi qulayligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadi. Ana shu o’ziga xos xususiyat tufayli tog’lik tumanlarda o’simlik suv bilan yaxshi taminlanadi, demak qurg’oqchilik va garmsel xavfi kam bo’ladi. Shu bilan birga bu mintaqada o’suv davrining ikkinchi yarmi ham qulay gidrotermik sharoitda o’tadi, bu o’z navbatida lalmikor mintaqadan boshqa yerlardagiga nisbatan ko’proq hosil olish imkonini beradi. Binobarin, respublika g’allakorligida tog’ oldi va tog’lik mintaqalar doimo barqaror hosil beradigan ishonchli g’alla koni hisoblanadi.
Tog’li mintaqa. Lalmikorlikning bu mintaqasi dengiz sathidan 1200-1600 metr balandlikda joylashgan. Bu mintaqa nam bilan yetarli taminlangan, (yillik yog’ingarchiliklar miqdori 400-600 mm dan ortiq), tuprog’i to’q tusli sur.
Bu mintaqaga Ohangaron (janubiy qismi), Bo’stonliq (shimoliy-sharqiy qismi), Parkent (sharqiy qismi), Baxmal va G’allaorol (janubiy-sharqiy qismi), Qo’shrabod (g’arbiy qismi), Urgut, Dehqonobod (tog’oldini yuqori qismi), Kitob (shimoliy qismi), Yakkabog’ (shimoliy-sharqiy qismi) va Boysun (g’arbiy qismlari) tumanlari kiradi. Yog’in-sochinning asosiy qismi (55-60 foiz) may, iyun, iyul oylarida kuchli jala tariqasida bo’lib o’tishi natijasida mintaqada eroziya jarayonlarining kuchayishi kuzatilmoqda.





    1. Yüklə 1,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin