1.2.SOLIQLARNING FUNKSIYALARI
Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash
vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, — «Soliqlar – milliy daromadni
taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish
shaklidir».2 O. Olimjonovning fikriga ko‘ra: «Soliqlar — davlat va jamiyatning pul
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab
qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat
ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir».3 Soliqlarga berilgan
mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo‘lib, soliqlarning mohiyati, ularning
iqtisodiyotdagi o‘rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan
chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq,
shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va
o‘rnini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va to‘liqroq yorita oladigan ta’rifni
keltirish muammosi fanda mavjuddir. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun
zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.
Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning
iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining
shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning
ham bilvosita quroli hisoblanadi. 10 1 Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. Ò.:
1996. 18-bet. 2 O‘lmasov À., Sharifxo‘jayev Ì. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò.: «Ìåhnàt»,
1995-y. 377-bet. 3 Olimjonov Î. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati.
«Hayot va iqtisod», 1992. Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar
bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi
hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki
soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina
qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni
rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni
ko‘paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan
bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini
qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat
o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini
soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar
daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz
yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning
8
tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx
belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi,
imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya
qilishni tashkil etishga yordam beradi. U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini
chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi.
Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan
miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar
kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi
soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar
soliqlarning boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Soliqlarning belgilari
borasida iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof.
Q.Yahyoyev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi. 1. Soliqlar
va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini
majburiy badal sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis 11
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari tasdiqlab bergan Soliq kodeksining qoidalari asosida
amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan
kafolatlanadi. 2. Soliqlar xazinaga — davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa
turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq
munosabatlarini aks ettirmaydi. 3. Soliqlar qat’i belgilangan va doimiy harakatda
bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy
asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’i va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat
qiladi. 4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi,
ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir.1 Rus iqtisodchisi A. Medvedev o‘zining
«Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki
belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash
mumkin: 1. Soliq to‘lovchi daromadining u yoki bu summasini davlatga to‘lap ekan,
buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq
to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy
ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu
xususiyatiga ko‘ra soliq narxdan, ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik
yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada,
biroq hamma vaqt davlat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf)
ko‘rilishi bilan bog‘liqdir. Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga
olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi
ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar uchun soliqqa tortishni yuk
9
sifatida baholashlariga sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan
davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Alohida olingan soliq
to‘lovchi, odatda, jamiyat va o‘zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan
soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqi12 1 Yahyoyev Q.
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.: «G‘afur G‘ulom», 2000-y. 10-bet. batda
fuqarolarning bir qismi soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashga, o‘z daromadlarini
yashirishga urinadi. Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va
oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy
ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi
bo‘lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi. 2. Soliqlar majburiy
to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun
javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas,
majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni
qonunchilikda belgilangan tartibda jazolaydi. 3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali
daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda
tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonning
ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat qonun
chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan davlat organlari
haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zining xohish-istagiga qarab yangi
soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas.
To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi
hisoblanadi. 4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy budjetga
kelib tushishidir, ya’ni soliqlar budjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa
fondlarga kelib tushmaydi. 5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida
davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash
jarayonining yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan
olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga
o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk
daromad shaklida majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi. Yuqorida qayd
etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilar ularning iqtisodiy mohiyatini
ochishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda soliqlarning umumiy belgilarini to‘liqroq va
aniqroq, batafsil yoritishi mumkin bo‘lgan, har qanday iqtisodiy vaziyatlarda
o‘zgarmaydigan optimal umumiy belgilarini yaratish muammosi hal etilishi
lozimdir. 13 Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit,
sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya’ni ularning
barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos yuqorida
10
qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy
kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun
savollar 1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati deganda nimani tushunasiz? 2. Iqtisodchi
olimlar tomonidan soliqlarga berilgan tariflarni o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib
bering. 3. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi? 4. Soliqlarning boshqa
iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimalardan iborat? 5. Adam Smit o‘zining qaysi
asarida ilk bor soliqlarning tamoyillarini asoslab bergan? 6. O. Olimjonov soliqlarga
qanday ta’rif bergan? 7. Soliqlarning xususiyatlarini tushuntirib bering. 8. Soliqlarga
oid bilimlarni olimlar tomonidan turlicha talqin etilishi sabablari nimada? 9. Soliqlar
belgilarining mohiyatini tushuntirib bering. 10. Soliqning ekvivalentsizlik belgisining
mohiyatini tushuntiring. 1.2. SOLIQLARNING FUNKSIYALARI Soliqlarning iqtisodiy
mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi
obyektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali
xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,
milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar
qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan
kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil
kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq
kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda,
kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish
lozim. Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq
Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi.
Bu 14 ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy
funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat
funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi. G‘arb iqtisodchilari
ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga
asoslanadi. By konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni
tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga
ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror
o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P.
Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega.
Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan bu
funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni
boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning
nazariyasi asos bo‘lgan.
11
Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini
qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish
mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar
A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi.
Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer to‘lovlaridan foydalanish yo‘li
bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu
nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan
xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. I. Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch
funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalaridir. Uning
fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan
bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni
nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.1 O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy 1 Ìàëüìèãèí È.
Íàëîãè êàê ýëåìåíòû ôèíàíñà. Ì.: ïåðåâîä ñ àíãë., 1997 ã., ñòð. 69. adabiyotlaridagi
daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda
harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq
mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i
takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib
chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funksiyalari masalasida
hozirga qadar olimlar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga
kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi,
rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. Soliqlarning
quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning
fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat
funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi.
Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan
olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan
iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat
faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va
fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini,
umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li
bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal
funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi
bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy
tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati
12
bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini
ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga
ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi
o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning
o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda
iqtisodiyotning umumiy 16 Soliqlarning fiskal funksiyasi tuzilmasida buzilishlar sodir
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlarning
ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta
taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga,
ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy
himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad
oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining
kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir
qismi qayta taqsimlanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi
sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga
soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab
chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan
iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan
«soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir
ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi
yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan
boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining
to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi
sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu
davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz
holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar
yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining
o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning
rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati
saqlanib qoladi. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim
funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo
resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol17
Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi
mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq
yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni
mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi.
13
Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini
ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab
chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan
soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi
ta’minlanadi. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim
etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va
hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha
murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi
shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday
bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. Soliqlarni
hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb
etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning
qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot
berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to‘liq,
o‘z vaqtida va oson kechadi. Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar
moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni
ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim
vazifalarni bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi. Soliqlarning
iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha
funksiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish
bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish
mumkin: œ Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning
zarurligi. Ma’lumki, respublikamizda 18 Soliqlarning nazorat funksiyasi Soliqlarni
hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi iqtisodiyotni isloh qilish va
davlat qurilishini amalga oshirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari
surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy
siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi,
ayniqsa, uning kam ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan
bo‘lishi kerak. œ Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish
zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar
sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya
iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu
tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo,
uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini
o‘tamoqda. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit vositalari
14
yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb
masalalaridan biridir. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil
10-oktabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
26-dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga
budjetga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi joriy
qilindi. œ O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini belgilovchi
asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb
qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga keltirish. Bozor munosabatlarining
rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va
xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga
olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik,
xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq
mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy
xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. 19 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik korxonalar
uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o‘rniga budjetga ixchamlashtirilgan
soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda
ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat
tomonidan ko‘rsatilgan katta yordam bo‘ldi. Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy
rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga
bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni
bajarishga xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarning funksiyalari va vazifalari
o‘rtasidagi aniq farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini tashkil etish
mobaynida bu chegaralarni asoslashni qayd etib o‘tish lozim. Soliqlar bajaradigan
vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga
ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: œ
Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar
ta’minlab berish. Soliqlarning fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga
xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada
aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa,
soliqlarning fiskal funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu
vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab
chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga
muhtojligini keltirib chiqaradi. œ Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya
15
muhitini yaratishga ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu
vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri
shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga
yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu
sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish
sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak. œ Aholining mehnat
faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani
bajaradi. 20 Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi
hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini
sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy
oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70—80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining
aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa
mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. œ Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish
maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari
o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan
soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga
zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar
ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va
stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliqqa tortish tizimida
mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati
susayadi. Soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-
navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh
qilinishi yangi paydo bo‘lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini
tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish mumkin. Shunday qilib, soliqlarning vazifalari
ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli
vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar
nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki
davlat daromadlarini budjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash
maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. O‘z-
o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud? 2.
Soliqlarning funksiyalari va vazifalarini farqlab bering. 3. Soliqlarning fiskal
funksiyasini tushuntirib bering. 4. Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasini
tushuntirib bering. 5. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini tushuntirib bering.
21 6. Soliqlarning nazorat funksiyasini tushuntirib bering. 7. Soliqlarning axborot
16
bilan ta’minlash funksiyasini tushuntirib bering. 8. Soliqlarning o‘rnini belgilovchi
asosiy omillarni ko‘rsatib o‘ting. 9. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishda soliqlarning o‘rni qanday? 10. Tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi kichik biznes subyektlarini rivojlantirishda soliqlarning o‘rni qanday
ahamiyatga ega? 1.3. SOLIQ ELEMENTLARI Soliq elementlari haqida gap borganda
ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda
soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimi
tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa,
soliqqa tortish tizimi esa soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy
munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun
chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro
hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari
majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o‘zgarmas bo‘lib
ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatiga, qolaversa, soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, soliqqa
tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari
va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat
siyosati yo‘nalishiga bog‘liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq
stavkasining qaysi turlarini ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi,
soliqlarni undirishning qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro
hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Binobarin, shu ma’noda xuddi
soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarzda
amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. Demak, davlat qonunchiligi bilan belgilangan
va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil 22 Soliqqa
tortish tizimi va uning elementlari etish usullari, elementlari va tamoyillari
majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini
hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar
bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat budjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni
to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari
muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday
soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir.
Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha
iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.
|