9. 120-bet. 526-misol. Qulay usul bilan yechish 9•25•7•4 = (9*7) * (25*4) = 63*100 = 6300
16•7•10•5 = (16*7) * (10*5) = 112 * 50 =5600
45•4•2•5 = (45*4) * (2*5) = 180 * 10 = 1800
25•8•9•4 = (25*4) * (8*9) = 100 *72 = 7200
10. 169-bet. 759-misol. Katakchalar o‘rniga >, <, yoki = belgilaridan mosini qo‘ying: 1) 7 km 046 m > 460 m; 2) 32 020 kg = 32 t 020 kg.
2.3. Boshlang’ich sinf matematika darsligidagi algebraik materiallar ustida qiziqarli ishlash va ularni tahlil qilish Boshlang‘ich matematika kursida o‘quvchilarni o‘zgaruvchi tushunchasini o‘zlashtirishgaasta-sekin tayyorlash masalasi ko‘zda tutiladi.
Bu ish 1 sinfdanoq boshlanadi, unda “darchali” misollar qarab chiqiladi.
Darslikda shu tarzdagi misollar keltirilgan (5+...=7, ...+...=4 va hakozo).
Bolalar uchinchi sinfda oddiy tenglamalar bilan ham tanishishadi, unda harf faqat noma‘lum sonni ifodalaydi. Biroq shu sinfning o‘zida bolalar noma‘lum son sifatidagi “x” harfi bilangina tanishmay, bu yerda harf tegishli ifodalarda turli son qiymatlarni qabul qiluvchi o‘zgaruvchi sifatida keladi. Bolalar eng oddiy harfiy ifodalarning ma‘nosini tushuna bilishlari, ularga kirgan harflarning berilgan son qiymatlarida, ularga kirgan harflarning berilgan son qiymatlarida ifodalarning qiymatlarini topa olishlari, o‘zgaruvchining qanday qiymatlarida 3+a>7 tengsizlik to‘g‘ri bo‘lishlarini bilishlari kerak.
Endi 2-sinf matematika darsligidagi algebraik mazmundagi masalalardan ko‘rib chiqamiz. 1. 5-bet. 14-misol. Har bir tengsizlikda a harfining qiymatini shunday tanlangki, tengsizlik to‘g‘ri bo‘lsin: 200 – a > 198 a · 9 < 54 a : 8 > 9 Yechilishi: 200 – a >198 tengsizlik a=0 va a=1 da o’rinli bo’ladi;
a*9 < 54 tengsizlik a=1, a=2, a=3, a=4 va a=5 kabi qiymatlarda o’rinli bo’ladi;
a : 8 > 9 tengsizlik esa a=80, a=88, a=160 kabilarda o’rinli bo’ladi. –bet. 104-misol.