2.2. XX asr 60-yillaridan yangi rivojlanish bosqichiga o’tish Uzoq tanaffusdan so'ng 1960-1980-yillarda Sobiq Sovetda din psixologiyasiga yangi qiziqishlar paydo bo'ldi. Birinchi din psixologiyasiga oid ilmiy maqolalar 1960-1961-yillarda chop etildi. 1969-yilda birinchi Din psixologiyasi Umum Konferensiyasi bo'lib o'tdi. Bunda asosan Vigotskiy va Leontevning amaliy yondashuvlari ko'rib chiqildi. Marksizm g'oyasi asosidagi bu yondashuvni shunday izohlash mumkin: ong faoliyatni aniqlamaydi, balki faoliyatni ong aniqlaydi. Bu konferensiyada "din psixologiyasi" deganda " dindorlarga ateistik hamda o'sib kelayotgan avlodga anti diniy profilaktik ishlarni olib borishda shaxsiy yondashuv" masalasi nazarda tutilgan. 16
Sobiq Sovetda din psixologiyasiga qarashlar qanday bo'lganligini 1971-yilda chop etilgan psixologiya va dinga bag'ishlangan "Ilmiy ateizm bo'yicha savollar" degan jurnalning 11-sonida ko'rish mumkin. Jurnalda din psixologiyasini o'rganish predmeti, uning fanlar tizimidagi o'rni hamda dinning psixologik ildizlari, diniy his, diniy qayg'uning hususiyatlari, xalq diniyligining o'rganilishi, tadqiqot o'tkazishga qaratilgan metodlarni yaratish va rivojlantirish masalalari keltirilib o'tilgan.
Bu davrda Sovet Ittifoqi klassikasiga mos ishlarni olib borgan mualliflardan K.K.Platonov (1906-1984) u psixolog dinni o'rganishi kerak degan savolga u quyidagicha javob beradi: psixolog dinni o'rganishi kerak chunki din murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, u o'z ichiga madaniyat, din psixologiyasi va diniy mafkurani oladi. U diniy marosim va udumlarni "diniy neyrodinamik stereotiplar" deb ataydi.17 Pavlov bilan bir qatorda u ham bu udum va marosimlarning bajarilishi insonda ijobiy emotsiyalar va hotirjamlik hissini vujudga keltiradi deydi. Dmitriy Modestovich Ugrinovich (1923-1990) 1969-yilda Din psixologiyasi monografiyasini e'lon qiladi. Bu monografiyada u SSSRga notanish bo'lgan bir qancha chet ellik mualliflarning maqolalarini kiritadi. U chet ellik hamkasbdoshlari maqolalarini tahlil qilibgina qolmay balki din psixologiyasini alohida fan sifatida ko'rsatib o'tgan. Ugrinovichning fikricha, psixika o'z o'zidan diniy e'tiqodni vujudga keltirmaydi, insonda hayot davomida ma'lum bir psixik holatlar vujudga keladi va u individga ijtimoiy muhitdan diniy e'tiqodni o'zlashtirishiga asos bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda Rossiyada dinga bo'lgan munosabat cheklab qo'yilishi natijasida: xalq orasida diniy va ruhiy sog'inch hissi paydo bo'la boshlaydi. Bu esa o'z navbatida sotsial va psixologik muammolarni yuzaga keltirdi. Endilikda malakali psixologlar ham bu muammoni hal qilish uchun din psixologiyasi bilan shug'illana boshlashdi. Va Rossiyada psixologiya bilan bir qatorda xristian psixologiyasi ham yuzaga keldi. Hozirda bu yo'nalish Rossiyada rivojlanayotgan sohalardan bo'lib din psixologiyasining bir qismi sifatida ko'riladi. Lekin Rossiyada Din psixologiyasi bilan shug'ullanish asosan teologik yondashuv orqali bo'lib bu bilan asosan dinshunoslar shug'ullanib kelishmoqda.18