Mundarija Kirish i-bob. Din tushunchasi va mohiyati


III bob. Hozirgi kundagi zamonaviy davlatlarda din psixologiyasi rivojlanishi



Yüklə 106,84 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2023
ölçüsü106,84 Kb.
#191479
1   2   3   4   5   6   7
din psixologiya

III bob. Hozirgi kundagi zamonaviy davlatlarda din psixologiyasi rivojlanishi.
3.1. Din psixologiyasida zamonaviy tadqiqot yo`nalishlari.
Din psixologiyasi taraqqiyoti yangi bosqichga ko’tarilganligini keyingi paytdagi tadqiqotlar bilan isbotlasa bo’ladi. Din psixologiyasi insonning sof psixologik va ijtimoiy psixologik jihatlarini qamrab ola boshladi. Shaxsning psixologik jihatlarini tadqiq qilish bo’yicha Amerikada, Rossiyada, Germaniyada, Turkiyada, Pokistonda, Malayziyadava boshqa davlatlarda fundamental tadqiqotlar olib borilayotganligi ayniqsa diqqatga sazovordir.
Tadqiqotchi A.Jabbor shunday deb yozadi: “din psixologiyasining rivojlanayotganligi qator davlatlarda amalga oshirilayotgan amaliy tadqiqotlar va loyihalar bilan bog’liqdir. Masalan, AQSH da Massachusets va Verjiniya universiteti olimlari Emi Vachxoltz va Usha Sambabortlar tomonidan 2002-2007 yillarda o’tkazilgan tadqiqotda ibodat namozdagi jarayonlar salomatlikni ta’minlovchi mexanizm sifatida taxlil etilgan”19.Dinning psixoterapevtik funksiyasining kelajakda insonlar uchun muhimligi ko’plab tadqiqotlar bilan isbotlangan holatdir. Bu yo’nalish din psixologiyasining kelajagini belgilab beruvchi yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
“Din psixologiyasining XXI-asrda rivojlanish jarayonini Rossiya psixologiyasi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Qozon davlat universiteti qoshida psixolog olima O.C.Pavlova tomonidan tashkil etilgan “Musulmonlarga psixologik yordam ko’rsatish asotsiatsiyasi” din psixologiyasi doirasida amaliy fundamental tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. Ushbu asotsiatsiya maqsadi dindorlar psixologik muammolarini hal etish, psixologik yordam ko’rsatish, barcha manfaatdor mutaxassislar tomonidan kompleks holda o’rganadigan muammolarga ega. Ularni, bir tomondan, psixologlar, ikkinchi tomondan dinshunoslar hamkorligida tadqiq etish samaraliroq bo’ladi. Shuning uchun bugungi kunda diniy muammolarning turli xil mutaxassislar tomonidan hamkorlikda o’rganilishi maqtovga sazovor holatdir.
Din psixologiyasi bo’yicha Amerikada o’tkazilayotgan tadqiqotlar ayniqsa diqqatga sazovor. U yerdagi Amerika psixologlar asotsiatsiyasi (APA) 118000 a’zoga ega bo’lgan psixologlarning yirik ilmiy va kasbiy tashkiloti hisoblanadi.Ma’lumki ushbu tashkilotning maqsadi quyidagilardan iborat:
Jamiyatning muhim muammolarini hal etishda psixologiyadan foydalanish;
Jamiyatda psixologiyani tushinish, uni hurmat qilish va hayotga tadbiq etish darajasini oshirish;
Kelajakda psixologiyani ham fan sifatida, ham kasb sifatida tayyorlash;
Psixologiyada obro’li fikr sifatida APAning pozitsiyasini mustahkamlash.20

Ma’lumki mazkur asotsiatsiya 54 ta bo’limdan iborat bo’lib, ulardan 36 bo’lim “Din va ma’naviyat psixologiyasi” bo’limi hisoblanadi. Bu bo’limning asosiy ikkita maqsadini maqola muallifi ajratib ko’rsatadi:


“1) din psixologiyasi va turli sohalarda o’tkaziladigan tadqiqotlarning rivojiga, nazariyasiga va amliyotiga yordam berish;
2)diniy va boshqa turli masalalarda qo’lga kiritilgan tadqiqot ma’lumotlarini tarqatishda va mazkur materiallarning dolzarb psixologik tadqiqotlar, nazariyalar va amaliyotlar bilan integratsiyasini ta’minlashda hamkorlik qilish”21
Mazkur asotsiatsiya doirasida o’tkazilgan tadqiqotlardan ayrimlariga to’xtalib o’tamiz. I.Oulali, Y.Bos, A van len Akker, R.G.Fukkink, M.S.Merry, G.Overbeeklar tomonidan diniy jamoaviy o’zini o’zi baholashning bolalar uchun mo’ljallangan shkalasini ishlab chiqish va validlash bo’yicha olingan ma’lumotlar din psixologiyasidagi muhim masalani yechishga qaratilgan. Mualliflar tomonidan taklif etilgan metodika bolalarning ma’lum bir diniy guruhga taaluqligi bo’yicha bildirgan fikrlarni baholash imkoniyatini beradi. Shkala o’zida uchta subshkalani mujassamlashtirgan: sof diniy o’zini o’zi baholash (PrRSE), jamoaviy o’zini o’zi baholash (PuRSE) va diniy identiklikning ahamiyati (RI). Shkalani ishlab chiqish bo’yicha Niderlandiyaning beshta hududidagi 39 ta (9 ta protestant, 9 ta islom, 3 ta iudaistik va 19 ta davlat) boshlang’ich maktablarda tadqiqot o’tkaziladi. Natijalar shkalalar o’rtasidagi yetarli darajadagi ichki muvofiqlik mvjudligini tasdiqladi (a=0,85), PrRSE (a=0,77), PuRSE (a=0,73) va RI (a= o,60), subshkalalar o’rtasidagi ozginadan yuksak darajagacha bo’lgan korrelyatsiyaning va bir yil davomida qaytadan test o’tkazilganda ozginadan yuksak darajagacha bo’lgan ishonchlilikning mavjudligi aniqlandi.22
Mazkur tadqiqotlarda aniqlangan shkala din psixologiyasining metodik arsenalini boyitadi va kelajakda diniy psixologiyaga taaluqli bo’lgan masalalarni tadqiq etish imkonini beradi.
Malayziya va Islomobod xalqaro islom universitetlarida din psixologiyasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Din psixologiyasining bir qancha dolzarb muammolarida, jumladan qocholarning ruhiy salomatligi bo’yicha, dindorlarning motivatsiyasi, ruhoniyati bo’yicha va yana bosqa bir qancha yo’nalishlarda ilmiy va amaliy ishlar olib bormoqda. 23

Xulosa.
1. Din psixologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini oʼrganish, Gʼarb olimlari tomonidan, deyarli bir asrdan buyon muayyan kontseptsiyalar asosida tadqiq etib kelinyapti. Shuning uchun din psixologiyasiga oid koʼplab kitoblar va manbalarda ularning ilmiy tadqiqot natijalari keltiriladi. Mamlakatimizda bu fan endigina shakllanib kelyapti. F.Аbdurahmonov va Z.Аbdurahmonovalarning “Din psixologiyasi” (2011) kitobi va bir qator mualliflarning maqola va maʼruzalari bu yoʼlda qoʼyilgan dastlabki qadamlardandir. Bu fanga boʼlgan qiziqishning ortib borishi, avvalo dinning jamiyat maʼnaviy hayotida tutadigan oʼrni, ijtimoiy zarurat va ehtiyojlar bilan bogʼliqdir. Qolaversa, Oʼzbekiston koʼp millatli davlat boʼlib, unda 16 xil konfessiyaga eʼtiqod qiluvchi xalqlar yonma-yon yashaydi.
2. Din psixologiyasi diniy ibodatlar va amallar jarayonida ibodat qiluvchi qalbidagi katarsis (forigʼlanish) jarayonini, uning bosqich va darajalarini psixologik jihatdan tahlil etadi. Diniy tuygʼu insonning boshqa hissiy kechinmalaridan farq qilib u intim (yashirin, sirli) va ilmiy tushuncha, soʼzlar bilan ifodalab berish qiyin boʼlgan ruhiy holat va xususiyatdir. Din muxoliflari diniy tuygʼuni insonning boshqa hissiy kechinmalaridan, masalan, qoʼshiq va musiqa tinglashdan hosil boʼlgan zavqlanishdan, yaqin doʼstini, qarindoshini koʼrgandagi xursandchilikdan, narkotik modda isteʼmol qilganda vujudga keladigan sarxushlik holatidan nima farqi bor? deb eʼtiroz bildiradilar. Bir qarashda, savol oʼrinli, javob berish ham murakkab koʼrinadi. Chunki, barcha hissiy kechinmalar inson vujudida, ruhida sodir boʼlganligi uchun, ularni farqlash, izohlash ham qiyinchilik tugʼdiradi. Lekin farq shundaki, diniy tuygʼulardan boshqa barcha hissiy kechinmalar, insonning besh xil sezgilari asosida hosil boʼladi. Masalan, qoʼshiq va musiqa tinglash orqali tugʼiladigan zavqlanish, eshitish aʼzolarimiz orqali olingan tovushlar yordamida tugʼilsa, qarindosh va doʼstni koʼrgandagi xursandchilik, koʼrish sezgimiz asosida hosil boʼladi. Narkotik moddalarning isteʼmolidan vujudga keladigan sarxushlik holati esa, taʼm-maza sezgisi va oshqozon- ichakdagi retseptorlarning kimyoviy moddalardan taʼsirlanish hosilasidir. Bularning barchasi inson vujudidagi fiziologik va ruhiy oʼzgarishlar bilan bogʼliq boʼladi.
3. Inson ruhining makoni boʼlgan qalb esa moddiy narsa emas. Zero, ruhning oʼzi ham moddiy boʼlmagan latif javhardir. Moddiy boʼlmagan narsaning makoni ham nomoddiy boʼladi. Shuning uchun qalbda boʼladigan tuygʼular, evrilishlar ilohiy manbaga ega boʼlib, ularni vujudda sodir boʼladigan hissiy kechinmalar bilan tenglashtirib boʼlmaydi. Diniy tuygʼular manbaining ilohiyligi, nomoddiyligi ularni ilmiy jihatdan oʼrganish mumkin emas, degan fikrni tugʼdirmaydimi? Yoʼq, tugʼdirmaydi. Zero, bir necha ming yillik tarixga ega boʼlgan falsafa, mantiq kabi fanlar ruh va inson tafakkuri, uning hosilalari boʼlgan fikrlarni, nomoddiy xususiyatga ega maʼnaviy hodisalarni oʼrganib keladi.
4. Din psixologiyasi fani dindor inson ruhiy hayotining mazmun-mohiyatini tadqiq etishi, oʼrganganda ham uni diniy eʼtiqodi boʼlmagan individ ruhiy hayoti bilan taqqoslab tadqiq etishi lozim. Dindor kishilarning ruhiyatida qanday farqlovchi xususiyatlar boʼladi? Аvvalo bular sezgi aʼzolarida namoyon boʼladi. Masalan, diniy ramzlar, belgilar va turli atributlar dindor tomonidan tez idrok etiladi va xotirada toʼla saqlanib qolishi aniqlangan. Shuningdek, bu xil fenomenni eshitish sezgilarida uchratish mumkin. Bomdod namoziga chorlovchi azon ovozi uzoqdan kelayotgan boʼlsa ham, uxlab yotgan namozxonni uygʼotib yuborgan holda, diniy eʼtiqodi yoʼq odamga “eshitilmasligi” va uni uygʼotmasligi mumkin.

Yüklə 106,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin